Kitob amal bilasturlobot“
Xorazmiyning „Kitob amal bilasturlobot“ („Astrolyabiyalar bilan amallar haqida kitob“) asarida qadimiy va oʻrta asr astronomiyasining asosiy kuzatuv asbobi boʻlgan astrolyabiya (arabcha asturlob) yasash va undan foydalanish, osmon yoritqichlarining balandligi, burjlarga kirish vaqti, bir kunlik harakati va ekliptik koordinatalari, geografik obʼyektlarning koordinatalari, yangi Oy chiqish muddatlarini aniqlash va boshqa aniq va loʻnda qoidalar tarzida (algoritmik uslubda) bayon qilingan. Bundan tashqari, kitobda asr namozi vaqtini aniqlash, sinuskvadrat deb ataluvchi asboblar toʻgʻrisida ham soʻz boradi. Bu esa Xorazmiy ilmiy asbobsozlik bilan ham shugʻullanganligidan dalolat beradi.
„
Do'stlaringiz bilan baham: |