2. Kasb-hunar kollejlari tasviriy san`at darslarida tabiat manzaralarining rasmini chizish



Download 24,17 Kb.
bet2/3
Sana25.03.2022
Hajmi24,17 Kb.
#509766
1   2   3
Qush rasmini chizish. Qushlar gavdasi, pat-parlari bilan qoplangan, oldingi oyoqlari qanotga aylangan va uchishga moslashgan, issiq qonli, umurtqali hayvoilardan iboratdir. Qushlarning oyoqlari daraxtlarda turish, erda yurishga yaxshi moslashgan bo`ladi.
Qushlar uzining tashqi ko`rinishiga ko`ra xilma-xildir. Bu tuzilish ularning yashash sharoitiga bog’liq holda shakllanadi. Ularning pat-parlarining rangi ham, hatti-harakatlari ham yashash sharoitiga, tevarak atrof-muhitga bog’liqdir.
Qushlar rasmini chizish biroz murakkabroq. Shu boisdan ularni tasvirlashni eng avval yon tomomdan boshlash ma`quldir. Yon tomondan qush rasmini chizishda avval uning gavdasini, so`ngra bo`yini, boshi, dum iva oyog’i chiziladi.
Rasmlarni kuzatar ekansiz, rasm chizuvchi eng avval qushni turish holatini yaxshilab kuzatishi, shu ko`rinish bo`yicha kontur chiziqlar chizishni, so`ngra gavda ko`rinishini tuxum shaklida chizib olishi, so`ngra boshi va dumini kontur chiziqlarda belgilab oladi, sungra naturaga tez-tez qarab, qushning to`la shakli va asosiy belgilarini chiziladi. So`ngra unga tushayotgan yorug’-soyalar asosida, mayda shtrtsxlar vositasida to`la tasvir yaratiladi. Rasm chizish mashqini kitobingizdagi rasmlardan foydalangan holda olib borishingiz mumkin.
Rasm chizish buyicha mashqingiz biroz takomillashgach, kitobni yopib qo`yib, natura bo`yicha (qushlarni qotirilgan nusxasi, chuchelo) olib borishga harakat qiling. YOki tirik tovuq, kaptar, olahakka, qaldirg’och, o`rdak kabilarni o`ziga qarab rasmini chizishga urinib kuring.
Hayvonlar rasmini chizish. Hayvonlar – tiriklik mavjudoti olamining eng katta turidir. Hayvonlar - tabiat va kishilik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishida juda katta omil bo`lib kelganligini yaxshi bilasiz. SHu boisdan hayvonlar tasvirini yaratish odamlarni ibtidoiy jamoa davridanoq boshlanganligi bejiz emasdir. Hayvonlar rasmini chizish va tasvirlash butun kishilik jamiyati taraqqiyotida asosiy kompozitsion tema bo`lib keldi. Jahonning ko`zga ko`ringan rassomlaridan P.Pottera, A.Keypa (gollandiyalik), K.Troyone (frantsiyalik), N.Sverchkova, P.Kovalevskaya, P.Klodt, P.Sokolov, V.Serov, A.Stepanov, V.Vatagin, I.Efimov, A.Laptiev, A.Komarov, V.Trofimov va boshqalar (rossiyalik) kabilar hayvonlar tasvirini juda ko`p yaratganlar.
Hayvonlar rasmini chizish tabiatni o`rgapish, undan foydalanish va unga mehr-muhabbatli bo`lish ruhida tarbiyalashni ham yo`lga qo`yadi. SHu boisdan bolalar tarbiyasi bilan shug’ullanadigan, bo`lajak pedagoglar hayvonlar rasmini chizishni o`rganishlari g’oyat ahamiyatlidir. Chunki, pedagoglar bolalarga tabiat sirini o`rganish, ularga mehr-shafqatli bo`lish ruhini singdirishlari zarurdir.
Hayvonlar rasmini chizish ham xuddi qushlar rasmini chizish kabi o`rganiladi va olib boriladi.
Rasmda hayvonlarni gavdasi, bo`yni, boshi, oyoqlarining tuzilishi qushlarga biroz bo`lsada o`xshab ketadi. SHu boisdan hayvon rasmini chizish mashqi ham xuddi qushlar kabi yon profildan boshlanishi lozimki, bu o`rganuvchiga biroz bo`lsada osonrok malaka hosil qilishni ta`minlaydi. Biroq malaka hosil qilingach, xayvonlarni oldi, orqasi va turli tomonlaridan, turli harakat-holatlarida typgan davrdagi rasmini ishlashi maqsadga muvofiqdir.

Tasviriy san’atda hamma rassomlarni o’ziga jalb qilgan narsa bu tabiatdir. Shuning uchun mavzuli kartinalarni ishlaganda albatta ko’plari tabiat bilan qushib chizadi. Tong vaqtini eslang! qanday tozo xavo, endi yorishib kelayotgan tong tabiatning mujizasi. Bu quyosh chiqishi, yer uning atrofida aylanishi bilan bog’liq. Yomg’ir yog’ayotgandagi kurinish bundan ham o’zgacha. Shunday go’zalliklardan zavqlanib rassom asarini yaratadi. O’zbekiston xalq rassomi O’rol Tansiqboyevning «Tog’dagi qishloq. Oqshom» asarini ko’raylik. Asarda tik holdagi kompozisiya yaratilgandir. Undagi kurinish Respublikamizning tog’li manzarasini aks ettiradi. Asarning mazmuni ham Vatanimizning bir bo’lagi, bir tog’ qishlog’i misolida akslantirilgan. O’zoqlardan ko’rinib turgan baland tog’lar, chiroqlaridan derazada nur taratib turgan xonodonlar, yaqindan kurinib turgan soylik. Ba’zi elas-elas ko’rinib turgan odamlarning shakllari manzaraga hamoxang tasvirlangan va u yerda hayot qaynayotganidan dalolat beradi.


Asardan ma’lumki, oqshom kirib quyosh botgan, tog’ chuqqilarini, qoyali toshlarni tun o’z domiga tortmoqda. Tepaliklardan tushib kelayotgan quylarning maragan tovushlari, chigirtkalarning chiyillashi, soyning sharqirab oqishi eshitilayotgandek seziladi. Kechki payt bo’lsada uning turli tovlanishidan bolalar zavqlanib yurganlari har bir yerlarda borligi kuzga tashlanadi. Endi quyosh tog’ ortiga burkanib olganu, bir pastda oy chiqmoqchi. Asarning go’zal kurinishi har qanday odamni o’ziga tortadi. Uni ko’rib zavqlanamiz. Asarlarning tahlilini shu tarzda olib borilsa o’quvchilar har qanday rasmdan mazmun axtaradigan bo’ladi.

Download 24,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish