2-joriy nazorat Innovatsion tadqiqotlar



Download 18,49 Kb.
Sana26.08.2021
Hajmi18,49 Kb.
#156616
Bog'liq
ИТМ


2-joriy nazorat

Innovatsion tadqiqotlar



Hozirgi vaqtda, innovatsiyalarni boshqarish milliy iqtisodiyotni tashkiliyiqtisodiy boshqarish mexanizmining kam rivojlangan qismlaridan biri sifatida bo‘lib qolmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalar iqtisodiyotni intensiv rivojlantirishga imkon beradi, fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilishning jadallashtirilishini ta’minlaydi, iste’molchilarning turli xildagi yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirishga imkon yaratib beradi. O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimni shakllantirish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tegishli makroiqtisodiy sharoitlar mavjudligini ko‘ramiz. Milliy innovatsion tizimni shakllantirish va barqaror rivojlantirish mexanizmlarini yaratish omillari sifatida O‘zbekistonda qabul qilingan qator farmon va qarorlarni sanab o‘tish mumkin. Milliy fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish borasidagi dastlabki direktiv hujjatlar qatoriga 1992 yil 8 iyuldagi «Fan va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va ushbu farmonni ijro etishga yo‘naltirilgan 1992 yil 21 iyuldagi «Fan va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» Vazirlar Mahkamasining qarori kiradi. Shuningdek, 2002 yil 20 fevralda e’lon qilingan «Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarida ham innovatsion tizim yaratishning strategik yo‘nalishlari belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi «Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-436 sonli qarorida mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini zamonaviylashtirish, texnik talablardan kelib chiqqan holda, kelajakda innovatsion mahsulotlar va xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga oid tadbirlar majmuasi asoslab berilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan «Innovatsion loyihalarni va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi [2] qaroriga muvofiq, amaliy tadqiqotlar, innovatsiya loyihalari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni moliyalash, ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida xo‘jalik boshqaruvi organlari va korxonalarining ilmiy ishlanmalarni yanada keng o‘zlashtirish uchun «modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armalarini» tashkil etish belgilangan edi. Bugungi kunda milliy innovatsion tizimni shakllantirish va rivojlantirish omillarning asosi bo‘lib, O‘zbekistonda innovatsion faoliyatining turli jihatlariga tegishli bo‘lgan huquqiy-me’yoriy baza yaratilgan hisoblanadi, ayniqsa keyingi yillar mobaynida hukumatimiz tomonidan bu borada muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Innovatsion infratuzilmani yanada shakllantirish, tadbirkorlikni, investitsion salohiyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, innovatsion g‘oyalarni, texnologiyalar va loyihalarni ishlab chiqarish jarayoniga keng joriy qilish hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarga muvofiq qator ishlar amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining 2018 yildan boshlab har yili xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznesinkubatorlarning faol ishtirokida xalqaro interaktiv innovatsiya yarmarkalarini va xalqaro innovatsion-investitsion forumlarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrda «O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ3416-sonli qarori qabul qilingandan so‘ng mamlakatimizda innovatsion faoliyatga e’tibor yanada kuchaydi. Endilikda fan va innovatsiyalar bo‘yicha barcha jarayonlar ushbu vazirlik tomonidan amalga oshirilmoqda va muvofiqlashtirilmoqda. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi-ni innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organiga aylandi.

2,

Fundamental tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlash mezoni mavjud emas, chunki ularning natijasi kelgusida bo‘lishi mumkin. Shuning uchun fundamental mavzularning dolzarbligi haqidagi fikrlarni yirik olimlar yoki ilmiy jamoa belgilab beradi.



Amaliy tadqiqotlarning dolzarbligi ishlab chiqarishning muayyan tarmog‘ini rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorlik talablariga ko‘ra belgilanadi.

Mavzu yangi ilmiy masalani yechishga qaratilgan bo‘lib, unda albatta ilmiy yangilik bo‘lishi kerak.

Iqtisodiy samaradorlilik va ahamiyatlilik darajasi. Bunda amaliy tadqiqotlar uchun taxminiy iqtisodiy samaradorlikning miqdori aniqlanadi, fundamental tadqiqotlar uchun esa ushbu mezon ahamiyatlilik mezoni bilan almashtiriladi.

Mavzu jamoa bajarayotgan ilmiy yo‘nalishga mos tushushi kerak, shundagina ilmiy jamoa malakasi va vakolatidan to‘liq ravishda foydalanish imkoniyati tug‘iladi, uni sifatli va yuqori nazariy darajada bajarilishi uchun zamin yaratiladi, bajarilish muddati kamayadi.

Mavzuni tanlash jarayonida mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi adabiyot manbalarini o‘rganish, ya’ni axborot izlash vazifasi ham bajariladi.

Keyingi yillarda mavzuni tanlashda eksperiment baholash usuli keng qo‘llanilmoqda. Bu usul bo‘yicha rejalashtirilayotgan mavzu mutaxassis- ekspertlar tomonidan baholanadi. Har bir ekspert mavzuni tegishli talablar asosida baholaydi, bunda eng ko‘p ball to‘plagan mavzu maqbul deb topiladi.

Ilmiy mavzu bu yechimini talab qiladigan murakkab vazifadir. Ilmiy-tadqiqotchilik ishi mavzui mauyyan ilmiy yo‘nalishga yoki ilmiy muammoga tegishli bo‘lishi mumkin.

Fundamental (nazariy) tadqiqotlar atrof borliqdagi yangi qonunlarni ochishga, hodisalararo aloqalarni aniqlashga, yangi nazariya va tamoyillar yaratishga yo‘naltiriladi. Ular ijtimoiy bilimni kengaytirishga, tabiat qonunlarini yanada chuqurroq anglashga imkon beradi. Bu tadqiqotlar fanning ichida ham, ijtimoiy ishlab chiqarishda poydevor va asos (fundament) hisoblanadi.

Amaliy tadqiqotlarning ilmiy negizi (bazasi) ishlab chiqishga yo‘naltiriladi. Mazkur negiz ishlab chiqarishning yangi vositalari (uskunalar, mashinalar, materiallar va texnologiyasi)ni yaratish yoki mavjudlarini takomillashtirish bilan bevosita bog‘liq. Bu tadqiqotlar jamiyatning ishlab chiqarish muayyan tarmoqlarini rivojlantirishga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida bajariladi.

Ishlanmalar yoki tajriba konstruktorlik ishlari (TKI)dan maqsad amaliy (yoki fundamental) tadqiqotlarning natijalaridan texnika va ishlab chiqarish texnologiyasining yangi xillarini barpo qilish hamda o‘zlashtirish yoki mavjud namunalarni takomillashtirish maqsadida foydalanishdan iboratdir. TKI jarayonida ilmiy-tadqiqotlar texnikaviy takliflarga aylanadi.



Fundamental va amaliy ITIlarni bajarish jarayoni bir qator asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Ular muayyan mantiqiy ketma-ketlikda joylashadi. Mavzuning dolzarblashtirilishi uning muhim ilmiy va amaliy vazifalar bilan bog‘lanishini nazarda tutadi.

Ilmiy jihatdan dolzarblik – bu mavzuning fanni rivojlantirish yo‘nalishlari va fundamental hamda amaliy tadqiqotlar vazifalariga muvofiq ishlab chiqilishi zarurligi. Fundamental fanlar vazifalari bu mavzuning yangi faktlarni izohlash uchun ishlab chiqilishini talab qiladi.
Download 18,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish