2. Johannes Gensfleisch zur Laden zum Gutenberg


Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi



Download 18,2 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2022
Hajmi18,2 Kb.
#675792
1   2   3
Bog'liq
5 NFKBR

4. Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi. Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari Portugaliya va Ispaniya dengiz sayyohlari bo’lishdi. Tabiiyki, buyuk geografik kashfiyotlarni dovyurak dengizchi–sayyohlargina amalga oshira olar edilar. Shunday dengiz sayyohlaridan biri admiral Xristofor Kolumb (1451–1506) edi. U o’z oldiga Hindistonga Atlantika okeani orqali boradigan yo’l ochishni maqsad qilib qo’ydi. Dengiz sayohatini amalga oshirishga birgina dovyuraklik kamlik qilardi, albatta. Buning uchun ilm–fan yutuqlariga ham tayanish, ulardan amalda foydalana bilish ham zarur edi. Bu o’rinda italiyalik olim P.Toskanelli yerning dumaloqligi haqidagi ta’limotdan kelib chiqib, dunyo xaritasini yaratganligi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu xaritada Osiyo qit’asi qirg’oqlari Atlantika okeanining g’arbiy sohillarida ekanligi belgilangan edi. Shu tufayli P.Toskanelli Yevropa qirg’oqlaridan G’arb tomonga suzib Hindistonga borish mumkin, deb ishonardi. Kishilardagi tadbirkorlik ruhi, capital jamg’arishga intilish, insonning imkoniyatlariga ishonch tuyg’usi eng dadil rejalarni ham amalga oshiradigan qilib qo’ydi. Shu tariqa Hindistonga boradigan yangi yo’l topish yev­ropaliklar uchun hayotiy zaruratga aylangani buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishini muqarrar qilib qo’ydi.
Nihoyat, 1492–yilda X. Kolumb Ispaniya qirollik oilasi bilan Hindiston sari suv yo’li ochishga xizmat qiluvchi ekspeditsiyani boshlash haqida shartnoma tuzishga muvaffaq bo’ldi.
Shartnomaga kо’ra, qirol ekspeditsiyaning pul ta’minotini о’z bo’yniga oldi. Ayni paytda X. Kolumb yangi ochiladigan yerlarning vitse–qiroli etib tayinlanadigan bo’ldi. Shuningdek, X. Kolumb yangi ochiladigan yerlardan olinadigan daromadning 1/10 qismiga, yangi yerlar bilan olib boriladigan savdodan tushadigan daromadning esa 1/8 qismiga egalik ham qilar edi. X. Kolumb 1492–yilning 6–avgustkuni 3 takemada 90 kishilik dengizchi bilan birinchi ekspeditsiyasini boshladi. X.Kolumb ekspeditsiyasi 12–oktabr kuni Amerika qit’asidagi San–Salvador («Muqaddas xaloskor») oroli (hozirgi Bagama orollari davlati hududidagi orol)ga keUb tushdi. Shu tariqa Hindistonga olib boradigan suv yo’li ochish maqsadida uyushtirilgan ekspeditsiya Amerikaning kashf etilishiga olib keldi. Bu dunyo xaritasini tuzgan XV asr olimlarining, xususan, P. Toskanellining xatosi oqibati edi. ChunkiP. Toskaneffiyerningekvatorbo’ylabuzunliginianiqlashda 12ming kilometrga adashgan edi. Keyinchalik olimlar bu xatoni Buyuk kashfiyotga olib kelgan buyuk xato, deb atadilar


5. Buyuk geografik kashfiyotlar davri deb - XV asrning o’rtasi yoki oxiridan XVII-asr o’rtalarigacha bo’lgan davrlar aytiladi. Buyuk deb atalishga loyiq geografik kashfiyotlar har doim ham bo’lgan, lekin hech qaysi davr Buyuk geografik kashfiyotlar davridagidek dunyo taqdiriga kuchli ta’sir ko’rsatadigan kashfiyotlarga boy bo’lmagan.
Ushbu davrga qadar yevropaliklarga Yevropa, Osiyo va Afrikaning bir qismigina ma’lum edi. Sharqdan kelayotgan turli savdogarlarning ma’lumotlariga suyanib Xitoy, Hindiston va Yaponiya haqida dunyodagi eng boy hududlar sifatida tasavvur hosil bo’lgan edi. Bu mamlakatlardan olib kelinayotgan mollar, ayniqsa ziravorlar Yevropada juda qimmat turar, yevropaliklarning oltin va kumushlarikamlik qilib qolgan edi. Shuning uchun ham o’rta asrlarda har qanday metallnioltinga aylantirishni va’da qiluvchi alximiya fani rivojlanib ketdi. Yevropaliklar Sharqning boy o’lkalariga yetib borishga urinardi, ammoXV- asrda Usmoniylar imperiyasi quruqlik yo’lini to’sib qo’ygan edi.
Buyuk geografik kashfiyotlar jahon taraqqiyotiga benihoya katta ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Kashfiyotlar jahon savdo yo’llarini butunlay o’zgartirib yubordi. Endisavdo yo’llari O’rta Yer dengizi bo’ylab emas, balki okeanlar orqali o’tadiganbo’ldi.Yangi ochilgan yerlar bilan savdo aloqalari –jahon savdosini vujudga keltirdi. Geografik sayohatlar kashf etilgan “Yangi dunyo” bilan “Eski dunyo”madaniy o’choqlari orasida bevosita iqtisodiy va madaniy aloqalar o’rnatilishigaimkoniyatyaratildi.
XVII asr o’rtalariga kelib Pireney davlatlari ochilgan yerlardagi boyliklar dan qoniqib, yangi yerlarni izlashdan voz kechdilar. O’sha davr hujjatlariga ko’ra Osiyoga boriladigan yo’llar shu ikki davlatga Rim papasining qarori – bullasi bilan tasdiqlangan edi, Chunonchi, 1481 yilda papa Sikst VII portugallarga Boxador burnidan janubga to hindlarga qadar bo’lgan hududni “Aeterni Regis” bullasi bilan taqdim etgan. Kolumbning Hindistonga yetib borganligi haqidagi xabardan keyin portugallar Rim papasi huzurida da’vo ishini qo’zg’adilar. Natijada endi 1493 yilda papa Aleksandr VI yangi “Inter cetera” bullasini e’lon qildi. Bulladagi so’zlar geografik jihatdan mantiqsiz bo’lsada ispanlar va portugallarning kemalari suzadigan hududlar uchun demarkasion chiziqni belgilab berdi, bu chiziq ta’xminan 380 g’arbiy uzunlikdan o’tadi. Ushbu bulladagi geografik xatoliklarni,masalan “meridiandan janubga tomon” kabi so’zlarni tuzatish asnosida ispan va portugal hukumatlari o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi va 1494yilda Tordesil’yas shahridagi sulh bilan yakunlandi. Bu sulh natijalariga ko’ra yangi demarkasion chiziq o’tkazilib, bu 460 30׳g’arbiy uzunlikdan o’tadi. Shundayqilib, Atlantika okeanining sharqiy qismi va Afrika qirg’oqlari, Hind okeani orqali Hindiston va Molukka orollarigacha boriladigan dengiz yo’llari Portugaliyaga, Atlantika okeanining g’arbiy qismi va Yangi dunyo qirg’oqlari orqali Tinch okeani va undan Hindixitoy yarimorollarigacha boriladigan dengiz yo’llari IsIspaniya tegishli bo’ldi. Shu bilan Buyuk geografik kashfiyotlar davrining birinchi bosqichi tugadi.
Download 18,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish