1-savol: Chester Karlson o‘zining nusxa ko‘chiruvchi ixtirosini nima uchun XEROX, ya’ni o‘zbekchasiga “quruq” deb nomlagan?
1.Javob: O’sha davrda faqat namlik orqali nusxa ko‘chiruvchi apparatlar bo‘lgan xolos.
2-savol: Nemis kimyogarlari Gans Tropsh va Frants Fisher 1924 yilda uglerod oksidi va vodorod aralashmasidan past bosim ostida uni sanoat miqiyosida olishning yangi usulini ochdilar. Nimaning?
2.Javob: Benzin.
3-savol: Autfild, Bol, Ketcher, Pitcher, Xoum-ran atamalari qaysi sport turida ishlatiladi?
3.Javob: Beysbol.
4-savol: Siverra narretis non opustis testibus. Qadimgi lotin aforizmiga ko‘ra, agar siz haqiqatni gapirsangiz, uning hojati yo‘q. Ularni kimni nazarda tutishgan?
4.Javob: Guvoh.
5-savol: Ularning birinchisi yevrey, keyingilari yunon, italyan, fransuz, ingliz, portugal, ispan.
Menga bularning xozirgisi va undan oldingisini nomma-nom ayting.
5.Javob: Benedikt XVI va Ioan Pavel II.
Izoh: Rim papalari haqida gap ketmoqda.
6-savol: AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm. ga) yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektoe va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol: loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?
6.Javob: Kitoblar og’irligini.
7-savol: 1492 yilning avgustida Ispaniya sohilidan Palos shahriga 3 ta yelkanli kema yo‘lga chiqdi. Bular: «Santa Mariya», «Ninya» va «Pinta» edi. Ularning kapitani kim bo‘lgan?
7.Javob: Xristofor Kolumb.
8-savol: Rossiyaga u dastlab Mongoliyadan 1638 yilda dori sifatida yuborilgan; Rossiyada uni iste’mol qilish XVIII asr o‘rtalaridan boshlab odat tusiga kirgan. U nima?
8.Javob: Choy.
9-savol: II jahon urushi davrida nemislar Leningradni bosib olganlarida bir itlar fermasiga duch keladi. Undagi barcha itlarni o’ldirmoqchi bo’ladilar. Lekin nemislar bu fikridan qaytadi. Agarda bunda hech qanday harbiy maqsadlar ko’zlanmagan bo’lsa, unda ularning bunday qarorga kelishining sababi nimada edi?
9.Javob: Bu itlar mashhur olim Pavlov tajribalar o’tkazgan itlar edi. Shuning uchun ilm-fan yo’lida ularni o’ldirmaganlar.
10-savol: 2006 yilda may oyida San-Paulu shahri qamoqxonasida xaqiqiy janjal boshlandi. Maxbuslar qamoqxona ma’muriyatidan o‘zlari uchun ma’lum bir vaqtga qo‘shimcha imtiyoz berishlarini talab qildilar. Savol, ushbu tartibsizliklarga qanday voqea bilvosita sabab bo‘lgan?
10.Javob: futbol bo‘yicha JCh.
11-savol: Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil
bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima ekanligini toping.
11.Javob: Soat.
12-savol: Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar arqonini uzib qochadi, otlar oldinig ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydi va zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?
12.Javob: Sher na’rasi.
13-savol: Eng yirik va baquvvat qushlardan biri bo‘lgan bu qush qadim zamonlardan buyon
go‘zallik va sevgi, poklik va nafislik ramzi hisoblanadi. Bu qush xalq rivoyatlari va ertaklarida ko‘p kuylangan. Qadimgi rivoyatlardan birida bu ajoyib go‘zal qush o‘z o‘limi oldidan qo‘shiq kuylashi haqida hikoya qilinadi. Bu qaysi qush?
13.Javob: Oqqush.
14-savol: U juda iste’dodli edi, ximiyaga qiziqib, 27 yoshida professor bo‘ldi. Uning tadqiqot va kashfiyotlari olimlarni hayratda qoldirardi. Hech kim uning yaqin orada ximiya qolib, butunlay boshqa soha bilan shug‘ullanib ketishini hayoliga ham keltirmagan edi. Bu olim kim edi?
14.Javob: Lui Paster.
15-savol: Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy ta’siri to’g’risida tajribalar
o’tkazdi. Ularning aniqlashicha televizor yonida ko’p o’tirish ko’z kasalliklarini keltirib chiqara ekan. Ular bu holat yana bir mintaqaga xos bo’lgan kasallikni keltirib chiqarmoqda deya ma’lumot berishdi. Bu qanday kasallik?
15.Javob: Semizlik.
16-savol: 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg’ash mumkin.
16.Javob: Neft.
17-savol: Turklar uni “shayton ovozi”, nemis dengizchilari “musson shamoli”, inglizlar “eng
baxtsiz kishilar ovozi” deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor. Gap nima haqida ketmoqda?
17.Javob: Hushtak chalish.
18-savol: U narsani biz deyarli har kuni ko‘ramiz. U haqidagi birinchi ma’lumotlar 1254 yilda ma’lum bo‘la boshladi. Lekin uning ilk ko‘rinishlari metalli bo‘lib, u bronzaga sayqal berish yo‘li bilan tayyorlangan. U nima?
18.Javob: Ko‘zgu.
19-savol: Rossiyaga bu sabzavot Petr I davrida olib kelingan. U paytlarda uning donalari
maydaroq va taxir bo‘lgan. Ular zich ekilgan, shuning uchun yanada maydalashib ketgan.
Dexqonlar uzoq vaqt bu sabzavotni ekishdan bosh tortishgan. Uni ekishga majbur qilinganda xatto qo‘zg‘olonlar xam bo‘lib o‘tgan. Bunday isyonlar xarbiy qo‘shinlar bilan bostirilgan. Dexqonlar shunchalik ekishni xoxlamagan sabzavot qaysi?
19.Javob: Kartoshka.
20-savol: Shotlandiyada yangi yil kechasi ular xonadoniga men yoki G’anisher Rahmatullaev, Bobur Yoqubov, Furqat Qurbonov, boringki Obid Asomov birinchi bo‘lib qadam qo‘ysa, bu oila yil bo‘yi baxt-saodatli bo‘larmish. Nega shunday bo‘lishi mumkin?
20.Javob: Chunki bizlarning barchamizning sochlarimiz qora rangda.
21-savol: Aynan shu sport inventarining mustahkamligi 120 mil/soat tezlikda yadro otish qudratiga ega bo‘lgan pnevmatik pushka orqali sinaladi. Qaysi inventar?
21.Javob: Xokkey darvozaboni shlemi.
22-savol: Ilgaridan olimlar ushbu osmon jismlarini «ko‘rinadigan hech narsa» deb atashardi. Qaysi osmon jismlarini?
22.Javob: Kometalar.
Izoh: Chunki, ba’zi kometalarning boshi ham, dumi ham juda siyrak – ularning zichligi biz nafas oladigan havo zichligidan milliardlarcha marotaba kichik bo‘ladi.
23-savol: Bu so‘z Italiyada to‘rt yuz yil muqaddam paydo bo‘lgan. Yetimlar yashaydigan bolalar uylari shunday nomlangan. Bu uylarda yetimlarni etik tikishga, devorlarni bo‘yashga, shuningdek musiqa asboblarini chalish va qo‘shiq aytishni o‘rgatishgan. Ushbu uylar qanday nomlangan?
23.Javob: Konservatoriyalar.
24-savol: Sovet haykaltaroshi Kuratov 1 kishining yubileyi uchun uning haykalini yasaydi. Unda o’sha inson yoniga kuchuk, mushuk, maymun, g’oz kabi bir necha hayvonlarning ham haykallarini joylashtiradi. Diqqat savol, u kimning haykalini yasagan edi?
24.Javob 9: Mashhur masalchi Krilov.
25-savol: Moviy ko‘llari va daryolarining betakror go‘zal manzarasi, bu davlat qarag‘ayining nafis yam-yashilligi tufayli bu davlatni qadimdan «Tonggi musaffolik mamlakati» deb atashadi. Bu qaysi mamlakat?
25.Javob: Koreya.
26-savol: G’arbiy Yevropada o‘rta asrlarda ritsarlarning xarbiy musobaqasi bo‘lib o‘tgan. Uning maqsadi – ritsarlarning jangovarlik qobiliyatlarini namoyish qilishdan iborat bo‘lgan. 16-asrga kelib ko‘pchilik mamlakatlarda barham topib ketgan. Ushbu musobaqa qanday nomlangan?
26.Javob: Turnir.
27-savol: Hozir Moskva konservatoriyasi buyuk rus kompozitori P.I. Chaykovskiy nomi bilan yuritiladi. Toshkent konservatoriyasi esa o‘zbek kompozitori Muxtor Ashrafiy nomida. Sankt Peterburg konservatoriyasi esa boshqa bir rus kompozitori nomi bilan ataladi. U kim?
27.Javob: Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov.
28-savol: Ochiq dengiz Kolumb boshchiligidagi dengizchilarni cho‘chitardi, chunki ular avvallari faqat sohil bo‘ylab suzishardi. Shuning uchun ufqda yashil tasmani ko‘rishganida bexad sevinib ketishdi. Lekin u yer emas, balki u edi. Nima edi?
28.Javob: Yuzi qalin suvo‘tlar bilan qoplangan Sargasso dengizi edi.
29-savol: Albatta bizga juda ko‘p o‘yin turlari mavjud. Xar bir o‘yin ishtirokchilarining
foydalanadigan predmet va atributlari mavjud. Biz miriqib o‘ynaydigan bir o‘yinda, xammamiz bir narsadan foydalanamiz, ushbu narsa esa o‘z navbatida 85% suvdan iborat. Agar siz qaysi o‘yin xaqida gap ketayotganligini aniqlagan bo‘lsangiz, menga biz “foydalanadigan” narsani yozib bering va umid qilamanki bu narsa sizga savol topishingizda yordam beradi.
29.Javob: Miya.
Izoh: Bu o‘yin “Zakovat” o‘yini edi.
30-savol: Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib «tirikchilik, umr kechirish, yashash» degan
ma’nolarni bildiradi. Lekin hozirgi kunda bu narsa yashash va umr kechirish uchun unchalik ham yetmasligi mumkinligini ko‘rish mumkin. Bu qanday so‘z?
30.Javob: Maosh.
31-savol: 1502 yilning yozida Florentsiya aholisi ko‘chalarda ko‘pincha tashqi qiyofasi g‘alati bir kishini uchratishardi. Uning oq oralagan uzun sochlari bosh kiyimi tagidan yelkasiga yoyilagan, soqoli yuzini qoplab, ko‘ksiga tushgan edi. Quyuq qoshlari ostidan sinchkov ko‘zlari termulib turardi. Baland yirik gavdasiga keng kiyim yarashardi. Bu inson kim edi?
31Javob: Leonardo da Vinchi.Burun shakli inson fel atvoridan so‘zlaydi
32-savol: Bu puflama mundshtukli musiqa asbobining nomi uning ixtirochisi bo‘lgan belgiyalik puflama asboblar ustasi nomiga qo‘yilgan. Bu qaysi musiqa asbobi?
32.Javob: Saksofon (Saksa (1814-1894) sharafiga).
33-savol: Stokgolmdagi moliyaviy Boshqarmada ishlaydigan Elfrid Karlson 20 dan ortiq kuchukcha hurushni biladi. Bu nimaga kerak?
33.Javob: U kuchuklarga soliq soladi.
34-savol: Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi, kun ko‘rish uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi kabirning ayrim viloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu qaysi meva?
34.Javob: Xurmo.
35-savol: Ulug‘ Vatan urushi yillarida okop va yerto‘lalarda bu hayvonlar boqilgan. Chunki bu hayvonlar askarlarni jiddiy xavfdan saqlagan. O’sha okoplarda qaysi hayvonlar boqilgan?
35.Javob: Mushuklar.
Izoh: Harobaga aylangan dalalarda yemish topa olmagan kemiruvchilar jangchilar yaqiniga joylashib olardi. Ular tulyaremiya degan juda ham xavfli, og‘ir yuqumli kasalliklarni tarqatardilar.
36-savol: Eyfel minorasi ichidagi esdalik sovg‘alari magazinidan savol muallifi esdalik sifatida Eyfel minorasi maketini sotib oladi. Esdalikdagi narx belgisini olib tashlagach bir yozuvga ko‘zi tushadi va xafa bo‘lib ketadi. U yerdagi yozuvni siz aniq qilib yozib bering.
36.Javob: Made in China.
37-savol: O’tmishda yashab o‘tgan buyuk yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar ko‘pincha klassiklar deyiladi. «Klassik» so‘zi eng yaxshi, barkamol, namunali, hamma e’tirof qilgan kabi ma’nolarni anglatadi. Shunday bir alohida fan ham borki, u o‘zining barkamolligi tufayli klassik fan deyiladi. Bu qaysi fan?
37.Javob: Bu Nyutonning klassik mexanikasidir.
38-savol: Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernni yozishicha oroldagi juda yog‘li bir
qushning o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan. Nima sifatida?
38.Javob: Sham sifatida.
39-savol: 2007 yilning boshida bo‘lib o‘tgan bir voqeadan keyin ko‘pgina AQShning boylari
unga o‘z uylarini taklif qila boshladilar. Albatta uning vaqti ziq bo‘lganligi sababli u bu uylarni ko‘rib chiqib, tanlashni o‘zining yaqin bir insoniga topshirdi. Biz esa sizdan ishonib topshirgan insoniga bog‘liq guruh nomini yozib berishingizni so‘raymiz.
39.Javob: “Spice Girls”.
Izoh: Bu inson Bekxem edi. Uning xotini Viktoriya esa aynan shu guruh qo‘shiqchisi xisoblanadi.
40-savol: U 1855 yili sayyoh Livingston tomonidan kashf etilgan. Uning yonida bu sayyohning haykali o‘rnatilgan. Uning yaqinida «katta daraxt» o‘sib turibdi. U nimani kashf qilgan?
40.Javob: Viktoriya sharsharasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |