2. Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini tashkil qilish
Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarining (ITTKI) asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 1) tabiat va jamiyat rivojlanishi sohasida yangi bilimlarni olish, ularni qo’llashning yangi sohalarini; 2) tashkilot tovarlari raqobatbardoshligi me’yorlarining strategik marketing bosqichida ishlab chiqilgan ishlab chiqarish sohasidagi materiallashtirish imkoniyatini eksprimental va nazariy tekshirish; 3) yangiliklar va innvatsiyalar portfelini amaliy joriy etish. Sanab o’tilgan vazifalarni bajarish resurslardan foydalanish samaradorligini, tashkilot raqobatbardoshligini, aholining hayot darajasini oshirish imkonini beradi.
ITTKIning asosiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi: a) oqilona boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda har qanday muammoni hal qilishda menejmentning oldin ko’rib chiqilgan ilmiy yondashuvlari, tamoyillari, funktsiyalari, uslublarini bajarish. Ilmiy menejmentning qo’llaniladigan komponentlari miqdori boshqaruv ob’ektining murakkabligi, qiymati va boshqa omillar bilan aniqlanadi; b) innovatsiyaon faoliyatning inson kapitalini rivojlantirishga yo’naltirilganligi.
ITTKI ishlarning quyidagi bosqichlariga (ko’rinishlariga) bo’linadi:
· Fundamental tadqiqotlar (nazariy va qidiruv);
· Amaliy tadqiqotlar;
· Tajriba-konstruktorlik ishlari;
· Oldingi bosqichlarning barchasida bajarilishi mumkin bo’lgan tajriba, eksprimental ishlar.
Nazariy tadqiqotlarning natijalari ilmiy yangiliklarda, yangi tushunchalar va tasavvurlarning asoslanishida, yangi nazariyalarning yaratilishida yuzaga keladi. Qidiruv tadqiqotlariga mahsulot va texnologiyalarni yaratishning yangi tamoyillarini ixtiro qilish asosiy vazifasi hisoblangan tadqiqotlar; material va ularning birlashmalarining oldin noma’lum bo’lgan, yangi xususiyatlari; menejment uslubilari kiradi. Qidiruv tadqiqotlarida, odatda, belgilangan ishning maqsadi ma’lum, nazariy asoslari ma’lum bir darajada aniq bo’ladi, lekin aslo yo’nalish aniq emas. Bunday tadqiqotlar paytida nazariy tahminlar va g’oyalar o’z tasdig’ini topadi, modomiki, ular ba’zan rad etilgan yoki qayta ko’rib chiqilgan bo’lsa ham.
Innovatsion jarayonlar rivojlanishida fundamental fanlarning ustuvor ahamiyati shu bilan aniqlanadiki, u g’oyalarning generatori sifatida ishtirok etadi, yangi sohalarga yo’l ochadi. Lekin fundamental tadqiqotlarning xalqaro fanlar tarkibiga ijobiy kiritilishi ehtimoli bor-yo’g’i 5%nigina tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida tarmoq ilmi bu tadqiqotlar bilan shug’ullanmaydi. Fundamental tadqiqotlar, qoidaga ko’ra, davlat byudjeti hisobiga tanlov asosida moliyalashtirilishi, shuningdek, byudjetdan tashqari fondlardan ham qisman foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |