rasm. Ishlab-chiqarish logistik tizimi doirasidagi moddiy oqim boshqaruvini yetaklovchi tizimining prinsipial sxemasi.
Bunda ayrim bo‘lim xodimlari, markaziy boshqaruv tizimiga nisbatan, optimal buyurtma o‘lchamini aniqlovchi, ko‘proq o‘ziga xos omillarni hisobga olish imkoniya-tiga ega.
6.Qishloq xo‘jaligi ishlab-chiqarishda moddiy oqimlarni boshqarishga logistik yondashuvni qo‘llashning samaradorligi.
Ma’lumki, ishlab-chiqarish korxonasidagi materialning 95-98% vaqti ortish-tushirish va transport-ombor ishlariga to‘g‘ri keladi.
«Bosh», «Simens», «Mitsubisi» va «Djeneral motors» firmalari ma’lumotla-riga ko‘ra, korxonada moddiy oqimlarni boshqarishga logistik yondashish, logistik operatsiyalar majmui bajarilishini maksimal optimallashtirishga imkon beradi.
Korxonada moddiy oqimlarni boshqarishga logistik yondashuvni qo‘llashdan vu-judga keladigan umumiy samaraning tarkibiy qismlari quyidagilar:
Ishlab-chiqarish bozorga mo‘ljallangan. Kam hajmdagi va individual ishlab-chiqarishga samarali o‘tish mumkin bo‘ladi.
Yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik munosabatlari o‘rnatiladi.
Uskunalar to‘xtab turishi qisqaradi. Bu, ish joylarida kerakli materiallar doimo mavjud bo‘lishi bilan, ta’minlanadi.
Ishlab-chiqarayotgan mahsulot sifati oshadi.
Ishlab-chiqarish sikli kamayadi va xarajatlar minimallashtiriladi.
Ishlab-chiqarish jarayoni bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish imkonini be-radigan sabablarga to‘laroq to‘xtalib o‘tamiz.
Zaxiralar optimizatsiyasi – logistikaning markaziy muammolaridan biri. Zaxiralarni saqlash, moliyaviy mablag‘lar ajratilishini, moddiy texnika baza va mehnat resurslarining katta qismining ishlatilishini talab qiladi. Ishlab-chiqa-rishni tashkil etishning zamonaviy logistik uslublarini qo‘llayotgan qator G‘arbiy Yevropa firmalari taj-ribalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, logistikani qo‘lla-nilishi ishlab-chiqarish zaxi-ralarini 50% ga kamaytirish imkonini beradi.
Yordamchi ishchilar sonini kamayishi. Tizimlilik (ishni tizimli amalga oshi-shi) darajasi qancha past bo‘lsa, mehnat jarayoni shunchalik aniqlanmagan bo‘ladi, bu esa ishning katta hajmlarini bajarishda yordamchi ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj shuncha-lik ortishiga olib keladi.
Materiallar yo‘qotilishini kamayishi. Istalgan logistik operatsiya – bu po-tensial yo‘qotishlar. Logistik operatsiyalar optimizatsiyasi – bu yo‘qotishlarnig ka-mayishidir.
Ishlab-chiqarish va ombor maydonlari ishlatilishini yaxlitlash. Oqim ja-rayonlarining noaniqligi ko‘proq qo‘shimcha maydonlarni oldindan egallab qo‘yishga undaydi. Masalan, ulgurji savdo bazalari loyihasida, oqim jarayonlarining no-aniqligi ombor maydon-larini 30%ga oshirilishiga majbur qilgan.
Jarohatlarning kamayishi. Logistik yondashuv o‘z ichiga mehnat xavfsizligi tizimini ham kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |