12. Aktsiyadorlik kapitali hisobiga moliyalashtirish.
Aksiyadorlik kapitali – aksiyadorlar jamiyatining kapitali, sherikchilik asosida tashkil topgan kor-porativ mulk hisoblanadi. Aksiyadorlik kapitali tarkibi Nizom (Us t a v) kapitali, qoʻshimcha kapi-tal, rezerv fondidan va taqsimlanmagan foydadan iborat. Aksiyadorlik kapitali asosini Nizom kapitali tashkil etadi. Nizom kapita-li jamiyat tashkil etilgan chogʻda uning mol-mulkiga aksiyadorlar qoʻshgan ulush boʻlib, pulga chaqib hisoblanadi. Bu ka-pital ma’lum miqdordagi aksiyalardan iborat boʻlib, uning ta’sischilari orasida taqsimlanadi. Aksiyadorlik kapitali Nizom kapita-lidan tashqari qoʻshimcha aksiya chiqarib, jalb etilgan kapitaldan va kapitallashgan daromad hisobiga oʻsib boradi. Aksiyadorlik jamiyat beradigan dividend kapitallashganda Aksiyadorlik kapitali ga kelib qoʻshiladi. Aksiyadorlik kapitali pul shaklida chiqarilgan aksiyalar summasidan, moddiy shaklda jamiyat faoliyatini ta’minlovchi mol-mulkdan iborat boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |