Uyga vazifa:
“Inson odobi bilan go’zal” mavzusida uy inshosini yozish
O`qituvchi: - O`quvchilar biz bugun adabiyot darsimizda so`z mulkining sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, shoirning betakror, boy adabiy merosi bilan tanishamiz.
Ta`bir joiz bo`lsa olamda turkiy va forsiy tilda so`zlovchi biron bir inson yoqki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.
O`qituvchi tomonidan tayyorlab kelingan quyidagi ma`lumotlar slayd ko`rinishida navbatma-navbat ko`rsatiladi va o`quvchilarga batafsil tushuntiriladi:
-Alisher Navoiy 1441 yil 9-fevralda Hirotda tug`ilgan. -Alisher Navoiyning otasi G`iyosiddin Kichkina, onasi Sayida Changning qizi Xalimabonu bo`lgan.-Alisher Navoiy tarbiyasiga tog`alari Qobuliy va G`aribiylar mas`ul bo`lishgan. Shoirning ustozlari Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Nizomiy Ganjaviylardir.
-Alisher Navoiy bolaligidayoq Farididdin Attorning Mantiq ut- tayr ya`ni Qush tili asarini yod bilgan.
— So`z mulkining sultoni Zulliysonayn, ya`ni ikki tilda ijod qilgan shoir hisoblangan. U forsiy tilda Foniy va turkiy tilda Navoiy taxalluslarida ijod qilgan.
— Shoir 1483- 1485- yillar oralig`ida mashhur Xamsa asarini yaratgan.
-Xamsa beshlik degan ma`noni anglatadi: Hayratul abror, Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Sab`ai Sayyor, Saddi Iskandariy dostonlaridan iborat.
Buyuk she`riyat sultoni
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, siz bilishingiz lozim bo`lgan yana bir muhim ma`lumotni aytib o`taman. Alisher Navoiydan tashqari Nizomiy Ganjoviy, Xisrav Dexlaviy, Abdurahmon Jomiylar ham Xamsa yaratishgan.
Bilamanki, siz ham Navoiy bobomiz haqida ko`plab ma`lumotlarga egasiz. Keling, ularni biz bilan o`rtoqlashing, aziz oquvchilar!
O`quvchi: -Alisher Navoiy ota-onani ulug`lash to`grisida ko`plab fikrlar bildirgan. Masalan:
Boshni fido ayla ato boshig`a,
Jismni qil sadqa ano qoshig`a.
Tun- kuningga aylagali nur fosh,
Birisin oy angla, birisin quyosh.
O`qituvchi: - Shoirning Arba`in (Qirq hadis) asarida. Onalarning oyog`i ostidadur,Ravzai jannati jinon bog`i.Ravza bog`in istar ersang,Bul onalar oyog`in tufrog`i.Deya bitilganki, bu o`quvchini hayajonga solmay qo`ymaydi.
O`quvchilar: ulug` mutafakkirni hikmatli so`zlari ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Masalan :
Oz-oz o`rganib dono bo`lur.
Qatra- qatra yeg`ilib daryo bo`lur
Tilga e`tiborsiz- elga e`tiborsiz
Yigitlikda yig` ilmning maxzani,
qarilik chog`ida xarj qilg`il ani,
Haq yo`linda kim senga bir harf o`qitmish ranj ila,
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganch ila.
O`quvchilar fikrlarini tinglagach o`qituvchi ham bir necha hikmatlar aytib o`tadi:
Odamiy ersang demagil odamiy
Onikim, yo`q xalq g`amidin g`ami
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Aqliy hujum
Do'stlaringiz bilan baham: |