2.2 Stilistik ma'no
Stilistika (yun. stylos — yozuv, xat tayokchasi), uslubshunoslik, uslubiyat — tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksikfrazeologik, fonetik, morfologik, soʻz yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya nuqtai nazaridan funksional katlamlanishining mohiyati va oʻziga xosliklarini oʻrganuvchi, adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma adabiyotning xilmaxil tur va janrlarida, ijtimoiy hayotning turli sohalarida qoʻllash meʼyerlari va usullarini tavsiflovchi tarmogʻi. S.da parallel sinonimik til ifodalaridagi maʼnoviy va ekspressiv nozikliklar, lisoniy birliklarning oʻzaro munosabatdosh variantlari oʻrganiladi. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan nutqiy vaziyat uchun zarur boʻlganini tanlab olish imkoniyati mavjud boʻladi.
Zamonaviy S. turli lingvistik yoʻnalishlar va maktablarda turlicha tushuniladi, shu bilan birga har bir nuqtai nazar, S.ning asosiy oʻrganish mavzui boʻlmish uslubning serqirraligi sababli, oʻz obʼyektiv asosiga ega. S. til meʼyor (norma)lari bilan uzviy bogʻlikdir. S. oʻz navbatida funksional S, lisoniy birliklar S.si, matn S.si, badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si, amaliy S, qiyosiy S, tarixiy S. kabi turlarga boʻlinadi.
Funksional S. adabiy tilning oʻz tarixan shakllangan koʻrinishlari (funksionaluslubiy birliklari) asosida tabaqalanishini, yaʼni uslublar tizimini, bu tizimning ichki strukturaviy shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadi va tavsiflaydi. Funksional S. nazariy tadqiqot mavzui sifatidagi adabiy tilning asosiy funksionaluslubiy birliklarini tipologik tasniflash va ajratishning umumiy prinsiplarini ishlab chiqadi.
Lisoniy birliklar S. si adabiy tilda odatdagi nutqiy vaziyatlarda, turli maʼnoviy va ekspressiv mazmundagi matnlarda barcha satxlar birliklarining mavjud til meʼyorlari nuqtai nazaridan amal qilishi (qoʻllanishi)ni oʻrganadi. Bunda lisoniy birliklarning variantlari (variantdor shakllar, parallel tuzilmalar, lugʻaviy va sintaktik sinonimlar)ning uslubiy boʻyogʻini chogʻishtirish muhim ahamiyatga ega. Lisoniy birliklar S.si bir tomondan funksional S. bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan matn S. siga juda yaqin turadi.
Badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si tilning adabiyotda qanday qilib sanʼat hodisasiga aylanganini tekshiradi, uning badiiy qoʻllanishi, unda estetik va kommunikativ vazifalarning birga qoʻshilishi usullarini aniklaydi. Badiiy asar S. si faqat yozuvchining tildan foydalanishdagi oʻziga xosligini, asar tilining xususiyatlarini tadqiq etish bilan chegaralanadi. Uslubning muhim unsuri boʻlgan tilning asardagi vazifasini aniklashga yordam beradi, ammo asar tilining barcha xususiyatlarini oʻrganish uning mavzuiga kirmaydi. Koʻpincha bir masalani S. ham, adabiyotshunoslik ham oʻrganadi. Badiiy nutq S.si til materialining aniq bir badiiy tizimdagi estetik vazifasini aniqlashga harakat qiladi. Shuning uchun badiiy adabiyot S.sida eng muhim tadqiqot mavzui yozuvchi va muayyan badiiy asar tilidan iborat boʻladi, yaʼni individual uslub muammosi birinchi oʻringa qoʻyiladi. Aniq bir asar tilini taxlil qilish orqali umumlashma xulosalar chiqariladi, bir qancha asarlarga, yozuvchilar ijodiga xos xususiyatlar aniqlanadi (mas, Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Shuhrat ijodlarining oʻziga xos uslubiy xususiyatlari). Natijada badiiy nutqning bir qancha qonuniyatlari, tipologik prinsiplari ishlab chiqiladi.
Qiyosiy S. — turli tillardagi uslubiy hodisalarni qiyoslab oʻrganish. Qiyosiy S. tarjima nazariyasi bilan uzviy aloqadordir. Tarixiy S. tilning turli tarixiy davrlarda qoʻllanishini tadqiq etadi. U nafaqat muayyan til uslubiy meʼyorlarining oʻzgarib turishini, balki adabiy til tuzilishining shakllanish va rivojlanish yoʻllarini, adabiy til bilan badiiy nutqning oʻzaro munosabatlari tarixini ham oʻrganadi. Amaliy S. nutq madaniyati talablariga muvofiq keluvchi uslubiy tavsiyalarni qamrab oluvchi amaliy soha hisoblanadi.
S.ning fan sifatida shakllanishi, rivojlanishi va oʻrganilishi Gʻarbda antik davrlarga, Sharkda esa oʻrta asrlarga toʻgʻri keladi. S. Sharq mamlakatlarida, jumladan, Oʻzbekistonda, garchi hozirgiday aloqida sogʻa sifatida boʻlmasa ham, lekin tilshunoslik (grammatika, lugʻat), adabiyotshunoslik (ilmiy badeʼ, istiora, tafsir), shuningdek, ilmi insho, voizlik, notiklik sanʼati kabi fanlar tarkibida oʻrgatib kelingan. Oʻtgan asrda Oʻzbekistonda S, ayniqsa umumiyfunksional S. va badiiy adabiyot S.si mustaqil fan tarmogʻi sifatida shakllana va rivojlana boshladi. Bunda Fitrat, Choʻlpon, Oybek, P. Qodirov kabi yozuvchilarning , M. Qoʻshjonov, Q. Samadov, I. Qoʻchqortoyev, A. Shomaqsudov singari olimlarning hissalari katta.
Rus tilining passiv lug'atiga kiritilgan so'zlarning stilistik roli haqida bir necha so'z. Bu so‘z turkumlari ko‘proq badiiy adabiyotda qo‘llaniladi.
Shunday qilib, arxaizmlardan foydalanish yozuvchiga tasvirlangan davrni aniqroq tiklashga, nutqi yordamida xarakterni tavsiflashga yordam beradi. Ehtimol, siz ba'zi qahramonlarning nutqida bitta lug'at ustunligini, masalan, zamonaviyroq, boshqalarning nutqida - boshqasi, eskirgan yoki dialektik ekanligini payqadingiz. Shunday qilib, yozuvchi personajning psixologik va ijtimoiy portretini chizadi.
Ular she’riy nutqda ham asarga yanada tantanali, ulug‘vor rang berish uchun ishlatiladi. Satirada arxaizmlar hajviy yoki satirik effekt yaratish, kinoya berish uchun ishlatiladi.
Maktabda o'qish
Qisman arxaizmlar, istorizmlar, neologizmlar maktabda, rus tili va adabiyoti darslarida o'rganiladi. Odatda bu turkum so‘zlar bilan tanishish beshinchi va o‘ninchi sinflarda “Leksikologiya” bo‘limini o‘rganishda sodir bo‘ladi. Talabalarga so'zlarni farqlash, ularni har xil turdagi matnlardan topish o'rgatiladi. Qolaversa, mumtoz ijodkorlar ijodini o‘rganar ekanmiz, biz uchun notanish, ko‘pdan beri qo‘llanishdan chiqib ketgan so‘zlarga duch kelamiz, ularning ma’nosi, kelib chiqishi bilan tanishamiz.
Universitetda o'qish
Rus tilining faol va passiv lug'ati bilan batafsil tanishish universitetlarda "Leksikologiya" bo'limini o'rganishdan boshlanadi. Bu ko'pincha ikkinchi kursda, filologiya fakultetida sodir bo'ladi. Talabalarga arxaizmlarning istorisizmlardan farqi, bu so‘zlarning ma’nosini qanday va qayerda aniq topish mumkinligi, ularni kelib chiqishiga ko‘ra tasniflash, ayrim matnlardagi vazifasini aniqlash o‘rgatiladi.
Talabalar o'zlarining lug'atlarini tuzishlari, matnlarda passiv lug'atni topish va uni almashtirishni o'rganishlari, neologizmlarning kelib chiqishini, adabiy rus tilidagi ona tilida so'zlashuvchilarning faol qo'llanilishidan so'zlarning yo'qolishi sabablarini tahlil qilishlari mumkin.
xulosalar
Rus tilining passiv lug'ati quyidagi leksema guruhlarini o'z ichiga oladi: arxaizmlar - so'z va tushunchalarning eskirgan nomlari, istorizmlar - kundalik hayotimizdan chiqib ketgan narsa va hodisalarning nomlari, neologizmlar - yangi tushunchalarni belgilash uchun ishlatiladigan so'zlar. .
Asarda tasvirlangan davr muhitini tiklash uchun tarixiy matnlarni yozishda badiiy adabiyotda eskirgan so‘zlar qo‘llaniladi.
XULOSA
Maqsud Shayxzoda o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondasi.
U hozirgi zamon o‘zbek adabiy tiliga munosib hissa qo‘shgan, o‘ziga
xos uslubga ega bo‘lgan ijodkorlarimizdandir. Adabiyotimizni badiiy jihatdan
mukammal, sermazmun asarlar bilan boyitish barobarida adabiy tilimizning sofligi
va ravnaqi yo‘lida ham beqiyos jonbozliklar ko‘rsatgan adib. Shu jihatdan qaralganda atoqli so‘z san’atkoriShayxzoda o‘zbek tilimiz rivoji, uning sofligi va xalqchilligi yo‘lidagi faoliyati alohida o‘rganishga loyiq deb o‘ylaymiz.Adibning bir qancha asarlari, o‘nlab maqolalari ham o‘zbek tilining boyligini va uslubiy jihatdan keng qo‘llanishini ko‘rsatib turadi.
Xalqimiz hayotida ulkan o‘zgarish yuz berib, mustaqilligimizni qo‘lga
kiritdik. Jumladan, badiiy adabiyotga bo‘lgan munosabatlarda ham. Agar biz oldin
adabiy asarga g‘oyaviylik pozitsiyasidan, „ sotsialistik realizm“ nuqtai nazaridan
qaragan bo‘lsak, bugun biz unga adabiyotning bosh maqsadi-badiiy estetik zavq va
tarbiya berish darajasidan kelib chiqib munosabat bildirayapmiz.
Ushbu ishda o‘z oldimizga Shayxzoda asarlarini leksik tahlil qilish maqsadini qo‘yar ekanmiz, birinchi o‘rinda e’tiborni estetik g‘oyani shakllantiruvchi lisoniy vositalarni aniqlashga qaratdik. Badiiy asarni asosini tashkil qiluvchi estetik g‘oya va shakl mazmun doiralari uyg‘unligida shakllanadi. Bunda til vositalari tanlovi asosiy o‘rinni egallaydi. Badiiy matnning o‘zga funksional uslublardan, matnlardan farqi shundaki, unda til birliklari nafaqat axborot uzatish, balki obrazli tasvir yaratish vositasini ham o‘taydi. Obrazli so‘z qo‘llash o‘ziga xos usul bo‘lib, bu usul individual xususiyatga ega.
Shu sababli biz tadqiqot jarayonida e’tiborni”Mirzo UluG’bek” tragediya matnida
individual uslubning aks topgan ko‘rsatkichlarini, yozuvchining shaxsiy lisoniy
qobiliyatining badiiy tasvir vaziyati,tasvirlanayotgan voqelikning ijtimoiy muhit
bilan bog‘liq tomonlarini aniqlashga harakat qildik.Tahlil ” Mirzo UluG’bek” tragediya tilini umumfilologik yo‘nalishda „shaxs va lisoniy faoliyat“, „til va voqeylik “yo‘nalishlari nuqtai nazaridan o‘rganishda muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |