2.2. Duduqlanishni bartaraf etishda logopedik ta’sir Biz olib borgan izlanishlarimiz natijasida duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan korrektsion ishni quyidagi tamoyillar asosida olib borish maqsadga muvofiq bo’lishini aniqladik.
Korrektsiya va rivojlanishning birligi. Bu korrektsion ishning zarurligi to’g’risida qaror faqat bola rivojlanishining ichki va tashqi shart sharoitlarini psixologik-pedagogik taxlil asosidagina qabul qilinadi, demak.
Rivojlanishda yosh va o’ziga xoslikning birligi. Bu bolaga uning yoshiga qarab riqojlanishida individual yondoshishni bildiradi. Korrektsion ish bola shaxsi shakllanishi uchun ketma-ket keladigan yosh bosqichlari axamiyatini tushunish, psixik rivojlanishning asosiy qonuniyalarini bilishni ko’zda tutadi. Normal rivojlanishning yoshga ko’ra orienterlari mavjud. Normal rivojlanish deganda bolaning yoshiga mos ravishda uyg’un ruhiy rivojlanishi tushuniladi.
Har bir yoshning qimmatli ekanligiga shak-shubha yo’q. Ontogenezning har bir bosqichini to’laqonli yashab o’tish u yoki bu yoshning rivojlanish imkoniyatlarini amalga oshirishni barcha tomonlarini ta’minlash uchun xal qiluvchi hisoblanadi. Lekin bunda har bir alohida bola uchun yosh rivojlanishning bosqichma-bosqichligi, bir tekis emasligi, “latent” davrlar mavjudligi , bunda rivojlanish yashirin tarzda o’tadi va faqat ma’lum vaqtdan keyin namoyon bo’ladi, bu davrning o’tishi bolalarda turlicha bo’ladi. SHuning uchun korrektsion ish normal rivojlanish normasiga yo’naltirilgan bo’lishi va o’z oldiga har bir bolani aynan shu davrning o’zida shu yo’nalishda rivojlantirishni maqsad qilib qo’ymasligi kerak.
Rivojlanishni korrektsiyalashning birligi. Korrektsion ishning vazifalari faqat to’liq diagnozlash va rivojlantirishning eng yaqin prognozlarini baholash asosidagina qo’yilishi va tushunarli bo’lishi mumkin. Bu bolaning eng yaqin rivojlanish zonasidan kelib chiqib belgilanadi. Korretsiya va rivojlantirish o’zaro bir-biri bilan bog’liq. Psixologik korektsiya vazifalarini hal qilishga yo’naltirilgan faoliyatni diagnostik korrektsion yoki diagnostik-rivojlantiruvchi ish deb aytish mumkin.
D.B.Elkonin maxsus diagnostika zarurligini va bolalarni tanlab olishga emas, balki ularning ruhiy rivojlanishidagi aniqlanadigan nuqsonlarni to’g’rilash maqsadida nazorat qilishga yo’naltirilgan bo’lishi kerakligini ta’kidlagan .8 U ta’kidlaganidek, paydo bo’lishi mumkin bo’lgan nuqsonlarni imkon qadar ertaroq to’g’irlash uchun rivojlanish jarayonini juda jiddiy nazorat qilish zarur.
Psixodiagnostika bolalarning individual va psixologik xususiyatlari, kichik maktab yoshidagi bolalarning o’qishdagi qiyinchiliklari, bolalardagi individual farqlarning yosh dinamikasi. SHu jumladan jinsiy dimorfizmning namoyon bo’lishi to’g’risida axborot olish imkonini beradi.
Ontogenezda rivojlanish murakkab tizimli harakterga ega. Diagnostik tekshiruv aynan shu sabab-oqibat aloqalarining yaxlit tizimli ko’rinishini , ayrim buzilishlarning aniqlangan belgilari, og’ishishlar va ularning sabablari o’rtasidagi mohiyat munosabatlarini ochib berish imkonini beradi.
Psixologik diagnoz faqat psixologik tekshiruvlar asosida o’tkazilmay, balki olingan ma’lumotlarni aniqlangan xususiyatlar hayotiy vaziyatlarda qanday namoyon bo’lishi bilan taqqoslashni ko’zda tutadi psixologik diagnozni qo’yishda olingan ma’lumotlarni muayyan bolaning eng yaqin rivojlanish zonasini hisobga olgan holda yosh bo’yicha taxlil qilish katta axamiyatga ega.
Korrektsiyani amalga oshirish jarayonida turli faoliyatlarga tayanilsa, bu tamoyil quyidagi maqsadga erishishning vositalari, yo’llari va usullarini belgilab beradi. Faoliyat tamoyili bolani o’zining aynan faol faoliyatini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi ekanligini, har bir bosqichida ontogenezning ushbu davrida bolaning rivojlanishiga eng ko’p yordam beradigan yetakchi faoliyat mavjudligini, har qanday inson faoliyatini (bizning xolatda o’yin va o’qishning) rivojlanishi maxsus shakllantirishni talab etishini tan olishga asoslangan (A.N.Leontev, P.Ya.Galperin, S.L.Rubinshteyn va boshqalar).
Bu tamoyil bolaning o’zining kattalar bilan xamkorlikdagi faoliyatining tegishli turlarini tashkil etish orqali psixologik pedagogik ish olib borishni ko’zda tutadi. Masalan, o’quv faoliyatida bolaning qiziquvchanlik, intiluvchanlik, bilim va kashfiyotlarini bilishga, qidirishga chanqoqligiga asoslangan o’z faolligi muvafaqiyatga olib keladi. Maktabda bunday faollikni uyg’otish oson ish emas, lekin usiz xech qanday rivojlanish to’g’risida gap bo’lishi mumkin emas. Bolaga nisbatan kuch ishlatib, buyruqlar yoki ko’rsatmalar berib, ta’nalar qilib uni qobiliyatini rivojlantirib, muvafaqiyatlarga erishib bo’lmaydi. O’quv jarayonini o’qish-bilish faoliyatida bolaning o’z faolligini rivojlantirish imkoniyatlarini ko’zda tutadigan o’qish shart- sharoitlarini o’zgartirish yo’li bilan korrektsiyalash zarur.
Barcha bolalarga tabiatan rivojlanish qonuniyati: atrof dunyoni xis qilish va idrok etish, o’ylash, gapirish, muloxaza yuritish, tasavvur etish, eslab qolish, hoxlash, xis qilish, qayg’urish, zo’r berish, erishish va boshqa qobiliyatlar ato etilgan bo’ladi. Lekin bu qobiliyatlarni bola tug’ilgan vaqtdan boshlab rivojlantirib borish kerak. Bolalar bog’chasida va maktabda kattalarning korektsion xarakatlari bolalarni tarbiyalanishi va o’qishi uchun aynan shunday sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan bo’lishi zarurki, bu sharoitlar bola xayotining oldingi yillaridagi rivojlanishida yuzaga kelgan kamchiliklar va xatolarni bartaraf etishga yordam bersin.
Korrektsion ish olib borishda har bir bolaga iqtidorli bola sifatida yondoshish. Bu tamoyil shuni bildiradiki, psixo-korrektsion ish olib borilayotgan bolalarni “ikinchi” sortli bolalar deb qabul qilmaslik kerak. Bunday bolalar na marxamat qilish, na shavqat va na o’qitishning umumiy darajasini pasaytirishni, balki o’z rivojlanishlarini optimal normagacha korrektsiya qilishni talab etadilar.
Bola kattalar unga ishonishini, uni borgansari yanada qiynroq vazifalar va muammolarni hal qilishga jalb qilishayotganini xis qilgan xoldagina bolada rivojlanishning xarakatlantiruvchi kuchlarini safarbar etish yuz beradi. M.M.Pirishvining juda ajoyib bir gapi bor: “Sen mening qiyofamda sevadigan kishi, mening o’zimdan ko’ra ancha yaxshiroq: men unday emasman. Lekin sen meni sev, va men o’zimdan ko’ra yaxshiroq bo’lishga harakat qilaman”9 Ham umumiy ham maxsus qobiliyatlarni shakllantirish-juda murakkab jarayon bo’lib, bolaning har bir yosh davrida o’ziga xos xususiyatlariga ega va bola qiziqishlarining rivojlanishi uning u yoki bu faoliyatidagi muvafaqiyatlarini o’zi tomonidan baholanishi bilan uzviyravishda bog’liq bo’ladi. SHakllantirilmagan qobiliyat va qiziqishlar shaxsning yetarlicha rivojlanmasligiga olib keladi. Bolaning qobiliyatlari va qiziqishlarini rivojlantirishdagi kamchiliklarni korrektsiya qilish-psixologik-pedagogik ishning muxim yo’nalishidir.
Duduqlanuvchi bolalarga to’g’ri korrektsion ta’sirni tanlash, logopedik ishning samarasini ko’rish uchun bolani psixolog va pedagogik o’rganish katta axamiyat kasb etadi. Logopedik ish amalda psixologo-pedagogik o’rganishdan boshlanadi, bu ish davomida foydalaniladigan vosita va yo’llarni tanlashga va ish samarasini oshirishga yordam beradi va o’rgangandan so’ng tavsiyalar berishga yordam beradi.
Duduqqanishni bartaraf etishga zamonaviy yondashishning qaror topishidan oldin nuqsonni yo’qotishdagi turli usul va snstemalarni izlanish yuzasidan ishlar olib borildi. Duduqlanishni bartaraf etish metodikalarining ko’pligi va yetarlicha samarasizligi uning ko’rinishlariniig murakkabligi va uning tabiati haqidagi bilimlar darajasining yetarli emasligi bnlan tushuntiriladi.
Duduqlanishni bartaraf etishning amaldagi usullari, vositalari va metodlarini o’rganishda ularning duduqlanuvchiga taklif etiltan ta’sir vositalari (tibbiy yoki pedagogik) xususiyatlarini ham ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Birinchi holatda - bu davolash tadbirlari (terapevtik, jarrohlik, ortopedik, psixo-terapevtik), ikkinchisida pedagogik (didaktik) tadbirlar va uchinchisida — duduqlanuvchiga davolash va pedagogik jarayonlarni turli holatda qo’shib olib borgan holda ta’sir etish.
Duduqlanishni bartaraf etishga zamonaviy atroflicha yondashuv deganda duduqlanuvchi ruhiy-jismoniy holatining turlicha tomonlariga turli mutaxassislarning har xil vosita va usullari bilan pedagogik-davolash orqali ta’sir etishi tushuniladi. Pedagogik-davolash tadbirlari miqyosiga davolash dori-darmonlari va tadbirlari, davolash fizkulturasi, psixoterapiya, logopedik mashg’ulotlar, logopedik ritmika, tarbiyaviy tadbirlar kiradi. Ulardan ko’zlangan maqsad — pay tortishishi va tovush zaiflashuviga, nafas olish, harakat va nutq bilan birga kechadigan xastaliklarni bartaraf etish yoki yengillashtirish; asab sistemasini va umuman butun organizmni sog’lomlashtirish va mustahkamlash; bolani o’z nutqiy nuqsoniga nisbatan noto’g’ri munosabatda bo’lishdan, ruhiy tushkunlikdan xalos etish, uning shaxsiyati va hulq-atvorini qayta tarbiyalash, duduqlanuvchi shaxsning sotsial jihatlarini soddalashtirish va muvofiqlashtirishdan iborat.
Barcha pedagogik-davolash majmuini duduqlanuvchilarga' ta’sir etish xususiyatiga qarab shartli ravishda ikkita guruhga ajratish mumkin: davolash-sog’lomlashtirish va pedagogik tuzatish. Tibbiyotchi olib boradigan davolash-sog’lomlashtirish ishlari quyidagi asosiy vazifalarni o’z ichiga oladi duduqlanuvchining asab sistemasi va jismoniy holatini mustahkamlash hamda sog’lomlashtirish; ularning ruhiy-jismoniy holatidagi og’ish va patologik ko’rinishlarni bartaraf etish va davolash (nutq tortishishi, vegetativ asab sistemasining zaiflashuvi, vegetativ asab sistemasi buzilishi va boshqalarni yengillashtirish yoki tugatish).
Logoped olib boradigan pedagogik-tuzatish ishlar quyidagi asosiy vazifalarni o’zida mujassamlashtiradi; duduqlanuvchi nutqidagi nuqsonlar (noto’g’ri nutqni qayta tarbiyalash) va ruhiy noto’kis jihatlarini bartaraf etish. Logoped o’z uslubi va vositalarini duduqlanuvchiga ta’sir etishda qo’llana biladigan zarur mutaxassislarning (tibbiyotchilar, tarbiyachilar, oxangshunos, LFK bo’yicha instruktor, musiqachi va boshqalar) hamkorlikdagi tibbiy-pedagogik ishini tashkil etadi.
Xulosa Muammo bo’yicha adabiyotlarni o’rganish, tahlil qilish va o’tkazilgan tekshirish ishlarimiz asosida quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin:
Kursni tugatish ishiimiz maqsadiga ko’ra biz duduqlanuvchi bolalarda fonematik idrokning o’ziga xosligini va tovushlar talaffuzida uchraydigan kamchiliklarni mukammal o’rganishga harakat qildik hamda buzilish mexanizmlariga ko’ra ularni bartaraf etish bo’yicha metodik tavsiyalar berdik.
Fonematik idrokni tekshirish jarayonida duduqlanuvchi bolalarning deyarli barchasida kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
Tovushlar talaffuzini tekshirish natijalarining ko’rsatishicha, maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalarda nutqning talaffuz tomoni normadan orqada qolishini aniqladik:
tovushning yo’qligi;
noto’g’ri aytish;
tovush alishtirish;
almashtirib yuborish.
Duduqlanuvchi bolalarning fonematik idrokini tekshirish natijalari ularda uchraydigan tovushlar talaffuzi kamchiliklarining sabablarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Duduqlanuvchi bolalarning fonematik idrokida kamchiliklarning namoyon bo’lishini inobatga olgan holda metodik tavsiyalar berildi.