2. Hayotning faydo bо‘lishidagi shart sharoitlar



Download 32,89 Kb.
bet6/7
Sana14.04.2022
Hajmi32,89 Kb.
#551222
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yodgora hayotning paydo bo\'lishi

Ikkinchi bosqich. Murakkab organik birikmalarni biopolimerlardan hosil bо‘lishi. Million yillar davomida ibtidoiy okean suvida aminokislotalar va boshqa monomerlar tо‘planib ultrabinafsha nurlar va chaqmoq razryadlari ta’siri ostida aminokislotalar о‘zaro qо‘shilib eng sodda yarim suyuq oqsil tomchilarni hosil qilgan. Organik moddalar ibtidoiy okean suvida tо‘planib bir-biri bilan о‘zaro ta’sir etib ancha murakkab birikmalar hosil qilgan. Bu reaksiya maxsulotlari orsida ehtimol, uglevodorodlar, yog‘lar, oqsillar, hatto nuklein kislotalar ham bо‘lgan. Birlamchi okean suvida mazkur birikmalar bо‘lganligi va sintezlanishi mumkinligi hozirgi davrda tajribalarda isbotlangan. Organik moddalar ibtidoiy okean suvida tо‘planavergan. Dastlabki organik moddalar avvaliga juda suyuq eritma holida bо‘lgan. Keyinchalik har xil jinsli polimerlarning yagona sistema bо‘lib birikishi rо‘y bergan.
Bu hodisani akademik A.I.Oparinning koatservatlar nazariyasi tushuntirib berdi. Koatservatsiya (tо‘planish) hodisasi shundan iboratki ma’lum sharoitda polimer birikmalar bir-biriga yaqinlashib «g‘uj» bо‘linishi va odatda nihoyat kichik tomchilar kо‘rinishida eritmadan ajralib chiqishini kuzatish mumkin. Bordiyu, eritmada bir necha polimerlar bо‘lsa, ular murakkab yoki kompleks koatservatlarni hosil qiladi.
Uchinchi bosqich. Dastlabki tirik tana namunalarining hosil bо‘lishi. Akademik Oparin tidqiqotlariga kо‘ra koatservat tomchilar sirtdan qaraganda tirik sistema xossalarini eslatadigan bir qancha xususiyatlarga ega: masalan, ular atrofdagi eritmadan turli moddalarni tanlab yuta oladi. Bunday boshlang‘ich modda almashinishi tufayli tomchilar о‘sib kattalashadi.
Koatservat tochilarda ba’zi moddalar (kalsiy, temir, mis va boshqadar) bо‘lganligi natijasida imyoviy reaksiyalar tezlashib borgan. Ehtimol shu tariqa bо‘lg‘usi fermentning eng boshlang‘ich murtaklari paydo bо‘la boshlagan. Bu jarayonga sirtdan qaraganda hujayralarning о‘sish, rivojlanishini eslatadi. Koatservat tomchilar keraksiz mahsulotlarni atrof muhitga ham chiqarishi mumkin. Oparin fikricha koatservat tomchilar о‘rtasida xatto hayot uchun kurashish ham rо‘y bersa kerak, natijada atrof muhitga kо‘proq moslashgan, ancha barqaror koatservat tomchilar bu kurashda omon qoladi. О‘z-о‘zini saqlab qolib, о‘sishgagina emas, balki о‘z-о‘zini yangidan tiklashga ham qodir bо‘lgan koatservatlar birlamchi okeanda zо‘r berib rivojlangan. Tarkibida biopolimerlar, oqsil va nuklein kislotalar bо‘lgan murakktb koatservatlar asta-sekin davom etib borgan evolyusion jarayon natijasida tirikligiga xos belgilarga ega bо‘lib, shu tariqa eng sodda hayot formalari-prokariot hujayralar paydo bо‘lishi mumkin bо‘lgan.
Hayotning paydo bо‘lishini tushuntiruvchi boshqa bir gipoteza S.Foksning protenoid mikrosferalar nazariyasidir. Protenoidlar yoki oqsilsimon proimerlar nisbatan qisqa aminakislotalar zanjiridan iborat. Protenoidlarni sun’iy ravishda, aminakislotalarning quruq qorishmasini 120-200 gradus qizdirib hosil qilish mumkin. Protenoidlar oqsillar singari, fermentativ xususiyatga ega. Shuningdek protenoidlar qizib sovugach mikrosferalar hosil qiladi. Mikrosferalar diametri 0,5-0,7 mkm teng. Atrofi zich qobiq bilan о‘ralgan bо‘ladi.
Dastlabki tirik jonivorlarning yashash sharoitlari hozirgi zamon sharoitlaridan keskin farq qilar edi. Atrof muhitda harorat yuqori bо‘lib, tirik mavjudotlarni kosmik nurlarning halokatli ta’siridan himoyalovchi ozon qatlami yо‘q edi. Atmosferada erkin kislorod ham bо‘lmagan.
Dastlabki organizmlar oziqlanish usuliga kо‘ra, chinakam geterotrof edi. Chunki ular ibtidoiy okean suvidagi tayyor organik moddalardan foydalanar edilar. Organizmlar kо‘paygan sari organik moddalar zahirasi tugab borgan, yangi moddalar sintezi esa ehtiyojni qoplab ulgurmagan. Natijada ovqat uchun kurash boshlanib, kо‘proq moslashgan organizmlar bu kurashda omon qolgan.
Hayot evolyusiyasi yо‘lidagi katta bosqich, aftotrof organizmlarning hosil bо‘lishidir. Organik birikmalarni mustaqil sintezlash uchun zarur energiyani eng oddiy kimyoviy reaksiyalar-oksidlanish qaytarilish reaksiyalari yordamida hosil qilinadigan bо‘lgan. Shu tariqa xemosintez hosil bо‘lgan. Aromorfoz tipidagi yirik ijobiy о‘zgarish natijasida fotosintez jarayoni vujudga kelgan. Fotosintezning vujudga kelishi va rivojlanishi hayotning keyingi evolyusiyasiga juda katta ta’sir kо‘rsatgan. Fotosintezni rivojlanishi atmosferada erkin islorod hosil bо‘lishiga, shuningdek eneogiya hosil bо‘lishining yangi yо‘li, Ya’ni kislorodli parchalanishning paydo bо‘lishiga imkoniyat yaratdi.

Download 32,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish