Kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan havo liniyalarini montaj qilishda ishlatiladigan simlarning tavsiflari
1–jadval.
Simning markasi
|
Simning diametri, mm
|
1 km simning oxirligi, kg
|
Simning qurilish uzunligi, m
| A–16 |
5,1
|
44
|
6000
| A–25 |
6,3
|
68
|
5500
| A–35 |
7,5
|
95
|
4500
| A–50 |
9,0
|
137
|
3500
| A–70 |
10,6
|
188
|
2500
| A–95 |
12,4
|
266
|
2000
| A–120 |
14
|
323
|
1500
| AS–16 |
5,4
|
62
|
3000
| AS–25 |
6,6
|
92
|
3000
| AS–35 |
8,3
|
128
|
4500
| AS–50 |
9,9
|
183
|
3000
| AS–70 |
11,6
|
296
|
2000
| AS–95 |
13,9
|
431
|
1400
| AS–120 |
15
|
524
|
1400
| PS–25 |
6,8
|
194
|
1500–3000
| PMS–25 |
7,8
|
296
|
1500–3000
| PS–35 |
9,2
|
396
|
1500–3000
| PMS–35 |
|
|
1500–3000
| PS–50 |
11,5
|
632
|
1500–3000
| PMS–50 |
|
|
1500–3000
| PS–70 |
|
|
1500–3000
| PMS–70 |
|
|
1500–3000
| PS–95 |
12,6
|
755
|
1500–3000
| PMS–95 |
|
|
1500–3000
| PSO–4 |
4
|
99
|
500
| PSO–5 |
5
|
154
|
240
| PSO–6 |
6
|
222
|
230
|
Eslatma.1. Simlarning markalaridagi belgilar: A–alyuminiy, AS–po’lat–alyuminiy, PSO–bir simli po’lat, PS–oddiy po’lat, ko’p simli po’lat; PMS–ko’p simli, mis qoplangan po’lat.
2. Jadvalda kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan havo liniyalarida eng ko’p ishlatiladigan simlarning tavsiflari keltirilgan.
Ovalsimon ulagich (gilg’za)da ulash usuli ko’p simli alyuminiy simlarni ulashda qo’llaniladi. Ulash uchun simlarni ularning kesimlariga qarab tanlangan ulagich (gilg’za)ga kiritiladi va ularning bir–birining qarshisiga, simlarning uchlari ulagich (gilg’za)ning qarshi tomonidagi (chiqish) teshigidan chiqadigan qilib itariladi, so’ngra ulagich (gilg’za) presslanadi, simlarning bo’sh uchlari esa sirtmoqda uchma–uch payvandlanadi. Simlarni ikkita ulagich (gilg’za)da birga presslab ulash usuli asosan, kesimlari 70 mm2 va undan katta bo’lgan ko’p simli alyuminiy simlarni montaj qilishda qo’llaniladi. Ulagich (gilg’za)lar presslash mexanizmlarida presslanadi.
Simlarni oldindan uchma–uch payvandlab oval’ ulagich (gilg’za)larda ulab, keyin ulagich (gilg’za) va simlarni quymasi bilan birga presslash yo’li bilan ulash usuli ko’pincha III va IV darajali muz qoplash rayonlarida joylashgan va liniya simlariga katta shamol kuchlari tahsir qilish mumkin bo’lgan, tayanchlarning oraliqlari katta bo’lganda, ularning o’rtasida havo liniyalarining ko’p simli simlarini montaj qilishda qo’llaniladi.
Simlarni oval’ ulagich (gilg’za)da ustma–ust qo’yib presslash yo’li bilan ulash eng oddiy usul hisoblanadi, bu usul kesimlari 16–50 mm2 li ko’p simli simlarni montaj qilishda qo’llaniladi. Ulagichlar bir xil metaldan ishlangan bo’lishi kerak: mis ulagichlar (SOM)–mis simlar uchun; alyuminiy ulagichlar (SOA)–alyuminiy simlar uchun; po’lat ulagichlar (SOS)–po’lat simlar uchun.
Ochiq ko’p tomirli simlarni boltli qismlar yordamida ham tutashtirish mumkin. Boltli qismlar bilan simlarni faqat tayanchlarda va simlarda mexanik yuklama tahsir etmaslik sharti bilan ulashga yo’l qo’yiladi.
Qismaning boltlari va gaykalarining rez’balariga vazelin yoki solidol surtilishi lozim.
Qisma montaj qilingandan 8–10 kun o’tgach uning boltlarini yana bir bor tortib qo’yish tavsiya qilinadi, chunki simlar elastikligining kamayishi natijasida simlar orasidagi bosim birmuncha kamayadi, bu ular orasidagi kontaktning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Havo liniyasini simlarini chuvatishda temir yo’l izlarini, avtortransport harakati jadal bo’lgan tosh ko’chalarni, shuningdek qisqa muddatga ham ishini to’xtatib bo’lmaydigan aloqa liniyalarini kesib o’tishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda simlarni chuvatish uchun vaqtinchalik o’tish qurilmalari quriladi.
Ishlab turgan havo elektr tarmoqlarining, kontakt tarmoqlarining, elektrlashtirilgan transport va ochiq podstantsiyalar yaqinida montaj qilinayotgan simlarni favqulodda bu elektr qurilmalarining tok o’tkazuvchi qismlariga tegib ketishini cheklaydigan ehtiyotkorlik choralarini ko’rgan holda simlarni chuvatish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |