Mavzu:Gidrosfera.Suvdan foydalanishning muammolari.
Reja:
1.Kirish
2.Gidrosfera va suv zahiralari haqida umumiy ma`lumot.
3. Suv resurslarining zamonaviy muammolari.
4.Chuchuk suvhavzalarining ifloslanishi.
5.Suvni tozalash usullari.
1.Kirish
Suv - munosib hayot kechirish va insoniyatni rivojlantirishning asosiy manbaidir. Odamlar va ekotizimning suv resurslariga umumiy bog’liqligi ularning manfaatlari, ayniqsa, jamoatchilik farovonligining asosi bulgan ekotizimlarning ishlab chiqarish funksiyalarini ximoya qilishni xisobga olish zaruratida muhim o’rin tutadi. Suvga nisbatan ortib borayotgan talablarni hisobga olish yuzaga keladigan muammolar va tahdidlarning nechog’lik keng ko’lamga ega ekanidan va o’zgarib borayotgan dunyo ҳayotiga teran nigoh bilan qarash lozimligidan yaqqol dalolat beradi. Suv Markaziy Osiyo davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi va atrof-muҳitini saқlashning asosiy omillaridandir. Mintaqa davlatlari keyingi paytda tez-tez takrorlanayotgan qurg’oqchilik, tabiiy ofat, chang-to’zon, toshqin va boshqa o’ta xavfli tabiiy jarayonlar sharoitida birgalikda foydalaniladigan suv resurslarini boisharish borasidagi muammolarga duch kelmoqda. Suv resurslari taqchilligi Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida kuzatilmoqda. Biroq bu muammo, ayniqsa, O’zbekiston Respublikasida juda sezilarlidir. Negaki, O’zbekiston mintaqa davlatlari orasida tobora o’sib borayotgan aҳolisi va tabiiy ekotizimlarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik ehtiyojlarini qondirish, barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun suvga talab juda yuqori bo’lgan mamlakat hisoblanadi. Jamiyat suv muammolarini hal qilish va suv taqchilligini kamaytirish uchun qat’iy harakatlarni amalga oshirish zarurligini anglab yetmoqda. Suv resurslarini boshqarishda mavjud qoliplarga barham berish uchun suvdan foydalanish prinsiplari qayta ko’rib chiqilmoqda,qulay ҳamda maqbul choralar izlanmoqda. Shunisi e’tiborliki, aynan keyingi yillarda yuz bergan suv taqchilligi suvning naqadar ulug‘ ne’mat ekanligini anglab yetishga va har bir odam mavjud vaziyatning unglanishi uchun shaxsan nima qila olishi mumkinligi borasida uylashga undadi va bu suvdan tejab-tergab foydalanish an’analarining qayta tiklanishida muhim omil buldi. Suv resurslarini boshqarish va atrof-muhitni himoya qilish sohasidagi davlat dasturlari hamda rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar milliy doirada cheklanib qolayotgani yo’q. Ular mintaqaviy hamkorlik strategiyalariga qo’shilishni, mahalliy va xorijiy tajribani hisobga 8 olgan holda Orol dengizi havzasida suv hamda engergiya resurslarini birgalikda boshqarish buyicha o‘zaro foydali sheriklikni mustahkamlashni ko’zda tutadi. Ushbu ma’ruza keng jamoatchilikni O’zbekiston Respublikasida suv resurslaridan foydalanish, energetika tarmog‘ini mustahkamlash bilan bog`liq mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo’llari bilan tanishtiradi. Bu o’z navbatida, mamlakatni barqaror rivojlantirish, odamlarning o’zgarib borayotgan atrof-muxitni hisobga olgan ҳolda yashashini ta’minlashda yordam beradi.
Astronomlar o'zga sayyoralarda hayot bor yoki yo'qligini bilmoqchi bo'lsalar, avvalambor o'sha sayyorada suv bor yoki yo'qligini aniqlashga kirishadilar. Chunki, hayot bo'lishi uchun eng avvalo suv mavjud bo'lishi kerak. YErda hayot dastlab suvda paydo bo'lib, undan quruqlik – havo va tuproqqa o'tganligini fan allaqachon isbotlagan. Suv o'zining erituvchanlik hususiyati bilan tabiatdagi barcha tirik organizmlarning hayotini ta'minlab turadi. Rus geologiya fanining otasi akademik A.P.Karpinskiy "Suv eng qimmatbaho boylik bo'lib, usiz yashash mumkin emas", deb yozgan edi.
Kishilar suvning ahamiyatini bilib, qadimdan daryo yoki ko'l bo'yida uylar, shaharlar qurib yashaganlar, ko'chmanchi xalqlar doimo suv bor joyni izlaganlar. Kishilar dam olish uchun doimo suv bo'lgan joylarga intiladilar. Suvda cho'milib turish kishi salomatligini saqlashda va chiniqishda eng asosiy vositadir. Nemis olimi G.Libman aytganidek, "Bizning planetamizda kishilarning salomat qolishlari uchun texnikaning mo''jizalari emas, balki toza, ichish uchun yaroqli suv etarli bo'lishi kerak". Suv barcha tirik mavjudotlarning yashashi uchun tabiat tomonidan in'om etilgan oliy ne'matdir. Biz kundalik hayotimizni suvsiz tasavvur eta olmaymiz. Suv inson salomatligini saqlashda katta ahamiyatga egadir. Bilamizki, odam tanasining 75-80% i suvdan iborat. Agarda, tanasidagi suvni 6-8% ini yo'qotsa, harorati ko'tariladi, yurak urushi , nafas olishi tezlashadi, boshi aylanadi va og'riy boshlaydi. Suv yanada ko'proq yo'qotilsa, odam halok bo'lishi ham mumkin. Shundan ko'rinib turibdiki, suv-hayot tiriklik manbaidir. Uni tejash, asrab avaylash har bir fuqaroning muqaddas burchiga aylanmog'i kerak.
Ma'lumki, suv sayyoramizning 70% ni tashkil etib, u okeanlar, dengiz, daryo, ko'l va er osti suvlaridan tashkil topgan. Sayyoramizdagi mavjud suv zahirasining o'rtacha 1 foizini ichimlik suvi, qolgan qismini dengiz va okeanlarning sho'r suvlari tashkil etadi, qaysiki, ular ichishga, o'simlik va hayvonlarni sug'orishga yaramaydi. Ammo, okean va dengiz suvlari ham iqlimni hosil qilishda, suvni aylanma harakatida, ulardagi barcha o'simlik va hayvonlarning yashashi uchun hamda suv transporti vositalarini yurishi uchun katta ahamiyatga ega.
Atmosfera havosining isishi tufayli Arktika va tog'lardagi muzliklarning 40 foizdan ortig'i erib ketdi, Afrikadagi Klimandjaro tog'i muzliklari erib tugagan, Antraktidadagi muzliklardan aysberglar hosil bo'lib, okean suvlariga erib ketmokda. Deyarli har yili YEvropaning ko'p mamlakatlarida, Rossiyaning ko'p viloyatlarida suv toshqinlari sodir bo'lmoqda. Atmosfera havosining isishi davom etaversa XXI asrda Dunyo okeani sathi 1-5 metrga ko'tariladi, quruqlikning salmoqli qismini suv bosishiga olib keladi.
O'zbekistonlik mutaxassislarning hisob-kitobiga ko'ra, atmosfera havosining isishi davom etaversa 2000-2030 yillarda Respublikadagi suv resurslari 15-25% kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |