2. Gidrаvlikа аsоslаri. Suyuqliklаrning аsоsiy fizik xоssаlаri



Download 10,41 Mb.
bet50/72
Sana28.06.2022
Hajmi10,41 Mb.
#714688
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72
Bog'liq
МАЪРУЗА МАТНИ 4-СЕМЕСТР (1)

Yopiq nutch-filtr (18.6-rasm) 0.3 MPa gacha bo’lgan bosimlar ostida ishlashi mumkin. Nutch korpusiga 1 g’ilof 2 payvand qilingan.
Qurilma korpusining yuqori qismida joylashgan qopqoq 8 mahsus boltlar yordamida zichlab yopiladi. Qurilmaning tubidagi sferik qopqoq 4 alohida o’qqa o’rnatilgan bo’lib, ochilgandan so’ng vertikal yo’nalishda (yuqoriga va pastga) surilishi yoki korpusga 1 nisbatan ma’lum bir burchakka burilib, chetga surilishi mumkin. Bu esa o’z navbatida qurilmadan cho’kma tushirilishini osonlashtiradi. Qurilmaning tsilindrik korpusi tubiga tayanch panjara 6 o’rnatilgan bo’lib, unga filtrlovchi material (karton, belьting) to’shaladi. Ayrim hollarda filtr-to’siq sifatida tabiiy va sintetik tola qatlamidan foydalaniladi. Bu paytda himoya setkasi 7 ishlatiladi. Filtrlovchi material ustiga o’rnatilgan halqasimon to’siq 3 cho’kma qatlamini tushirish paytida uni vaqtincha ushlab turadi.

Qurilmaga suspenziya, filtrat va siqilgan havo uchun patrubkalar hamda himoya klapani 9 o’rnatiladi. Qurilma g’ilofiga odatda suv bug’i beriladi. Bu paytda harorati ko’tarilgan suyuqlikni qovushqoqligi kamayib, filtrning ish unumdorligi ortadi.
Nutch-filtrning ish tsikli qurilmani suspenziya bilan to’ldirish, siqilgan havo bosimi ostida filtrlash, cho’kmani suvsizlantirish, filtrni yuvish uchun uni toza suyuqlik bilan to’ldirish, cho’kmani yuvish, cho’kmani suvsizlantirish, cho’kmani tushirish va filtr-to’siqni regeneratsiya qilish bosqichlaridan iborat bo’ladi.
Filtrda amalga oshiriladigan jarayonni harakatlantiruvchi kuch qiymati katta, ammo cho’kma qo’l kuchi bilan tushiriladi. Nutch-filtrning ayrim konstruktsiyalari cho’kmani tushiruvchi parraklar bilan ta’minlanadi. Parraklar filtrni yuvish jarayonlarini ham tezlashtiradi.
Filtr-presslar (18.7-rasm) davriy ishlovchi qurilmalar guruhiga kiradi. Ularning tuzilishi sodda va yuqori bosimlar (0,30,5 MPa) ostida ishlatish mumkin bo’lganligi uchun sanoat korxonalarida keng tarqalgan.
Qurilma tayanch 1 va qo’zg’aluvchi 5 plitalar, rama 2 va drenaj plitalari 3, ikkita gorizontal o’q 6 va zichlovchi mexanizmdan iborat bo’ladi.
Qurilmaning filtrlovchi bloki rama, drenaj plitasi va ular oralig’iga salfetka shaklida joylashtiriladigan filtrlovchi material 4 (belьting, karton) komplektidan iborat bo’ladi. Rama va plitalar mahsus quloqchalar yordamida yo’naltiruvchi o’qlarga osilgan holatda, tayanch va qo’zg’aluvchi plita oralig’ida, yig’iladi.
Qo’zg’aluvchan plitaga 5 vint 7 biriktirilgan. Vint vositasida plita va ramalar mexanik, gidravlik yoki elektromexanik moslamalar yordamida tayanch plita yuzasiga jipslanib siqiladi. SHu tariqa qurilmaning germetikligi ta’minlanadi.
Tayanch plitaga suspenziya, yuvuvchi suyuqlik va siqilgan havo berish patrubkalari joylashtirilgan.
Filtrlovchi qurilma metall asosga 8 o’rnatiladi.

Filtrlovchi rama va plitalarning o’lchamlari 315x315, 630x630, 820x820 va 1000x1000 mm bo’lib, cho’yan, korroziyaga barqaror po’lat, alyuminiy qotishmalari va boshqa materiallardan tayyorlanadi.


Har bir plita va ramada suspenziya va yuvuvchi suyuqlik kiritiladigan kanallar mavjud (18.8-rasm). Plitalarning har ikkala tomoni yuzasida vertikal drenaj kanallari 6 (ariqchalar) o’yilgan bo’ladi. Bu kanallar filtrlovchi materialni 5 plita yuzasiga yopishib qolmasligining oldini oladi va filtratni plita yuzasi bo’ylab oqib tushishini ta’minlaydi. Ichi bo’sh rama ikkita qo’shni plitalar orasiga joylashtirilishi tufayli cho’kma yig’uvchi kamera 4 hosil bo’ladi.
Plita va ramalardagi 1,2 teshiklar o’qi va o’lchami bir xilda bo’lganligi uchun ular qurilma yig’ilganda o’zaro jipslashib, yaxlit kanallar hosil qiladi. Ushbu kanallar bo’ylab suspenziya, filtrat yoki yuvuvchi suyuqlik belgilangan tartibda harakatlanadi.
Filtrlash bosqichida suspenziya 1 va 3 kanallar orqali rama ichidagi kameraga 4 bosim ostida haydaladi. Bu yerda suyuqlik filtrlovchi material 5 orqali o’tib, ariqchalar 6 bo’ylab pastga, 7 va 8 kanallarga oqib tushadi. Filtrat ushbu bosqichda ochiq bo’lgan kran orqali qurilmadan chiqariladi.

-rasm. Filtr-press sxemasi: a- plita; b- rama; v- filtrlovchi blok; 1- plita va ramalardagi teshiklar (yig’ilganda suspenziya kanalini hosil qiladi); 2- plita va ramalardagi teshiklar(yig’ilganda yuvuvchi suyuqlik kanali hosil qiladi); 3- ramalardagi suspenziya kanali; 4- ramaning ichki bo’shlig’i(cho’kma kamerasi); 5- filtrlovchi material; 6- drenaj kanali(ariqcha); 7- plitadagi filtratni chiqarish kanali; 8- plitadagi filtrat yoki yuvuvchi suyuqlikni yig’ish kanallari; 9- filtrat yoki yuvuvchi suyuqlik tarmog’idagi kranlar.
Ishchi kamera kamera 4 cho’kma bilan to’lgandan so’ng, qurilmaga suspenziya berish to’xtatiladi va cho’kmani toza suyuqlik bilan yuvishga kirishiladi. Yuvuvchi suyuqlik kanal 2 bo’yicha o’tib, cho’kma va filtrlovchi materialni yuvadi va kran 9 orqali qurilmadan chiqariladi. Yuvish jarayoni tugashi bilan, suyuqlik qoldig’ini chiqarib tashlash maqsadida, ushbu trakt bo’yicha siqilgan havo yuboriladi. SHundan so’ng plita va ramalarning orasi ochilib, cho’kma filtr-press tubidagi idishga tushiriladi.
SHunday qilib, filtr-pressning ishchi tsikli qo’yidagi asosiy va yordamchi operatsiyadan iborat bo’ladi: filtrni yig’ib ishga tayyorlash, suspenziyani filtrlash, cho’kmani yuvish, rama va plitalarni ajratish, filtrlovchi material yuzasidan cho’kmani tushirish.

Download 10,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish