Jarayonning harakatlantiruvchi kuchi va tezligi
Filtrlovchi materialning birlik yuzasidan F vaqt birligi d ichida o’tgan suyuqlik (filtrat) hajmi dV filtrlash tezligi (m3/m2s, m/s) deyiladi.
= dV/Fd . (18-1)
Filtrlovchi material va cho’kma g’ovaklarining o’lchami o’ta kichikligi hamda suyuqlikni g’ovaklar orqali o’tish tezligi kichik bo’lganligi uchun filtrlash jarayoni asosan laminar rejimda amalga oshiriladi. Bu paytda jarayon tezligi filtr-to’siqning har ikkala tomonidagi bosimlar farqiga R to’g’ri, suyuqlikni qovushqoqligi , cho’kma va filtrlovchi materialning gidravlik qarshiliklariga (Rch , Rf.m) esa teskari mutanosiblikda bo’ladi.
= /(Rch + Rf.m. (18-2)
(18-1) va (18-2) tenglamalarni o’zaro tenglashtirsak filtrlash jarayonining asosiy differentsial tenglamasiga ega bo’lamiz
dV/(Fd)= /(Rch + Rf.m . (18-3)
Filtratni material g’ovaklari bo’ylab o’tishiga to’sqinlik qiluvchi gidravlik qarshilik (Pa) Gagen-Puazeyl tenglamasi bo’yicha aniqlanadi
= 32L /d2, (18-4)
bu yerda - bosimlar farqi, Pa; L- cho’kma va filtr-to’siq kanallarining uzunligi,m; - filtratning qovushqoqligi, Pa.s; - kanallardagi filtrat tezligi, m/s; d- kanallarning diametri, m.
Amaliy jihatdan filtrlovchi to’siqning gidravlik qarshiligi deyarli o’zgarmaydi Rf.m=const. CHo’kmaning gidravlik qarshiligi jarayon boshlanishidan oldin nulga teng (=0, Rch=0), jarayon yakunida esa maksimal qiymatga ega bo’ladi. Jarayon yuqori bosimlar farqi ostida kechishi sababli, cho’kma hosil bo’lishiga og’irlik kuchi ostida cho’kishning ta’siri hisobga olinmaydi. SHuning uchun cho’kma hajmi Vch filtrat hajmiga Vf to’g’ri mutanosiblikda bo’ladi
Vch = xoVf , (18-5)
bu yerda xo- suspenziyadagi qattiq faza kontsentratsiyasi va cho’kmaning strukturasidan bog’liq bo’lgan mutanosiblik koeffitsienti.
xo qiymati tajribalar asosida aniqlanadi va 1m3 filtrat yig’ib olish paytida hosil bo’lgan cho’kma hajmi deb talqin etiladi.
Filtr-to’siq yuzasida hosil bo’lgan hch balandlikdagi cho’kma qatlamining hajmi quyidagicha ifodalanadi
Vch = hch F. (18-6)
U holda, (18-5) va (18-6) tenglamalarni tenglashtirish asosida, cho’kma qatlamining balandligini aniqlaymiz
hch = xoV/F. (18-7)
CHo’kma qatlamining suyuqlik oqimiga ko’rsatadigan qarshiligi quyidagicha ifodalanadi
Rch = ro hch , (18-8)
bu yerda ro- cho’kma qatlamining hajm jihatidan olingan solishtirma qarshiligi, m-2.
(18-7) tenglamadagi hch ifodasini (18-8) tenglamaga kiritsak, cho’kma qatlami qarshiligining filtrat hajmiga bog’liqligini ifodalovchi tenglamaga ega bo’lamiz
Rch = roxoV/F . (18-9)
Rch yakuniy ifodasini (18-9) hisobga olib, jarayonning differentsial tenglamasini (18-3) quyidagicha yozish mumkin
dV/(Fd) = P/[(roxoV/F + Rf.m.)]. (18-10)
Ushbu differentsial tenglamani yechish asosida jarayonning bir qator xususiy holatlari uchun filtrlash tenglamalarini keltirib chiqarish mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |