2. Gidrаvlikа аsоslаri. Suyuqliklаrning аsоsiy fizik xоssаlаri



Download 10,41 Mb.
bet49/72
Sana28.06.2022
Hajmi10,41 Mb.
#714688
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72
Bog'liq
МАЪРУЗА МАТНИ 4-СЕМЕСТР (1)

Filtrlovchi qurilmalar
Filtrlovchi qurilmalar ishlash printsipi‚ ishchi muhit va filtrlovchi materialning turlari hamda ishchi bosim qiymatiga ko’ra guruhlarga ajratiladi.
Ish rejimiga ko’ra davriy va uzluksiz ishlovchi filtrlar mavjud. Davriy va uzluksiz rejimda ishlovchi filtrlarda jarayon cho’kma hosil qilish yo’li bilan olib boriladi. Filtrlovchi material g’ovaklarini to’ldirish usulida o’tkaziladigan jarayonlar faqat davriy ishlovchi qurilmalardagina amalga oshiriladi. Bunday qurilmalarda mavjud filtrlash usullarining barchasini ham amalga oshirish mumkin.
Uzluksiz ishlovchi filtrlarda jarayon bosimlar farqi o’zgarmas bo’lgan rejimlarda olib boriladi.
Bosimlar farqini hosil qilish usuliga ko’ra vakuum-filtrlar va bosim ostida ishlovchi filtrlar mavjud.
Filtrlardagi ishchi bosim suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi, nasos yoki kompressor bosimi‚ vakuum va markazdan qochma kuch ta’sirlari tufayli hosil qilinishi mumkin.
Texnologik maqsadlarga ko’ra suyuqliklarni va gazlarni tozalovchi filtrlar mavjud.
Barcha turdagi filtrlovchi qurilmalarda filtrlash yuzasi harakatsiz (sochiluvchan donador material qatlamli, to’qima materialli‚ ramali va kamerali) va qo’zg’aluvchan (lentali‚ diskli va barabanli) bo’lishi mumkin. Harakatlanuvchi ishchi yuzaga ega bo’lgan filtrlar uzluksiz ishlaydi‚ qo’zg’almas yuzali filtrlar esa davriy rejimda ishlaydi.
Davriy ishlovchi qurilmalarda cho’kma jarayon tugallangandan so’ng, uzluksiz ishlovchi filtrlarda esa qurilmani to’xtatmay (zaruriy hollarda) tushiriladi.
Quyida sanoat korxonalarida keng tarqalgan filtrlarning ayrim turlarini tuzilishi va ishlash printsipi bilan tanishib chiqamiz.
Nutch-filtr eng oddiy tuzilishga ega bo’lgan davriy ishlovchi qurilma bo’lib, vakuum yoki ortiqcha bosim ostida ishlashi mumkin.
18.5-rasmda vakuum ostida ishlovchi nutch-filtr sxemasi tasvirlangan. Filtr ochiq rezervuar 1 shaklida ishlangan. Filtrning quyi qismida filtrlovchi materialni tutib turuvchi panjara 4 o’rnatilgan. Qurilmaning yuqori qismidan unga suspenziya quyiladi. Panjaraning ostki qismidagi bo’shliqda esa vakuum hosil qilinadi. Bosimlar farqi ta’sirida suspenziyaning suyuqlik fazasi filtrlovchi to’siq 3 orqali sizib o’tib, qurilmaning tubida joylashgan patrubka 5 orqali filtrat sifatida ajratib olinadi. Qattiq faza filtrlovchi material yuzasida yig’ilib, cho’kma qatlami hosil qiladi.

Jarayon tugagach, qurilma ma’lum bir vaqt vakuum ostida qolishi sababli cho’kma qatlamining suvsizlanishi kuzatiladi. Qurilmadagi cho’kma qo’l kuchi bilan tozalanadi. Zaruriy hollarda nutch-filtr toza suyuqlik bilan to’ldirilib, cho’kma yuviladi.
Jarayonni harakatga keltiruvchi kuch qiymati P75 kPa.

Download 10,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish