2. Gidrаvlikа аsоslаri. Suyuqliklаrning аsоsiy fizik xоssаlаri


Nasos dvigatelining iste’mol quvvati N



Download 10,41 Mb.
bet58/72
Sana28.06.2022
Hajmi10,41 Mb.
#714688
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72
Bog'liq
МАЪРУЗА МАТНИ 4-СЕМЕСТР (1)

Nasos dvigatelining iste’mol quvvati Ndv, kVt

1

1.5

5÷50

50

Qo’shimcha quvvat koeffitsienti KN qiymati

2÷1.5

1.5÷1.2

1.2÷1.15

1.1

Nasoslarning tuzilishi va ishlash printsipi


Porshenli nasoslar. Bu tipdagi nasoslarning ishchi tsilindrlaridagi suyuqlik ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchi porshenь yoki plunjer vositasida, krivoship-shatunli mexanizmlar yordamida, haydash quvuriga siqib chiqariladi. Porshenli nasoslar turlari, tuzilishi va qo’llanish sohalari bo’yicha guruhlarga ajratiladi. Porshenlarning ko’rinishi bo’yicha porshenli va plunjerli nasoslar guruhi mavjud.
Porshenlar (plunjerlar) soniga ko’ra, bir va undan ortiq porshenli (plunjerli) nasoslar mavjud. Ishchi tsilindrlarning nasos qobig’ida joylashuviga ko’ra gorizontal va vertikal tsilindrli nasoslar bo’ladi. Barcha porshenli (plunjerli) nasoslar ishlash printsipiga ko’ra oddiy, ikki bosqichli va ko’p bosqichli bo’lishi mumkin. Ishchi bosim qiymatiga ko’ra past va yuqori bosimli nasoslar turkumi mavjud.
Oddiy porshenli nasosda (14.2-rasm) suyuqlik porshenning oldingi tomoni bilan bir tomonga (ishchi kameraga) so’riladi va undan haydaladi.
Suyuqlikni so’rish jarayonida porshenь 2 ishchi tsilindr 1 bo’ylab o’ng tomonga suriladi. Bu paytda ishchi kamera hajmi kattalashadi, undagi bosim atmosfera bosimidan kichik (vakuum) bo’ladi. Natijada, suyuqlik bosimi va vakuum qiymatlarining farqi ta’sirida klapan 3 ochilib, suyuqlik ishchi kamerani to’ldiradi. Bu paytda haydash klapani 4 yopiq bo’ladi. Porshenь o’ng chetki holatni egallagach, uning harakat yo’nalishi teskari tomonga (chapga) o’zgaradi.

Natijada kameradagi suyuqlikka bosim beriladi. Bu bosim ostida so’rish klapani yopiladi, haydash klapani esa ochiladi va u orqali suyuqlik haydash liniyasiga uzatiladi.
Suyuqlikni so’rish va haydash quvurlaridagi harakat tezligi hamda bosimlarning pulьsatsiyalanishini tenglashtirish maqsadida nasosning ishchi kamerasiga havo qalpoqchalari o’rnatiladi.
Ikki tomonlama ishlaydigan plunjerli nasosning ishchi sxemasi -rasmda tasvirlangan. Ushbu nasos tsilindrining har ikkala tomonida tegishlicha so’rish va haydash klapanlari bo’lgan bittadan mustaqil ishchi kamerasi bo’ladi. Bunday nasosni ikkita oddiy porshenli nasoslardan iborat texnik kompleks deb qarash mumkin.
Plunjer 8 o’ng tomonga qarab harakatlanganda suyuqlik kollektor 3 va klapan 4 orqali chap kameraga so’riladi. Bu paytning o’zida plunjer ikkinchi (o’ng) kameradan suyuqlikni klapan 9 orqali kollektor 6 ga siqib chiqaradi. Plunjer chap tomonga qarab harakatlanganda o’ng kamerada so’rilish, chap kamerada esa haydash jarayonlari yuz beradi.

Porshenli nasoslarda porshenь va silliq devorli tsilindr orasidan suyuqlik sirqib chiqmasligi uchun porshenning yon sirtiga metall yoki rezinadan ishlangan zichlovchi halqalar o’rnatiladi. Plunjerda bunday halqalar bo’lmaydi, uning uzunligi diametriga nisbatan ancha katta bo’ladi.
Plunjerli nasoslar yordamida ifloslangan va o’ta qovushqoq suyuqliklar yuqori bosimlarda (5÷100 MPa) haydaladi, ularning ish unumdorligi kichik (Q15m3/soat), o’rtacha (Q=15÷60m3/soat) va yuqori (60Q150m3/soat) bo’lishi mumkin. Krivoship-shatunli mexanizmni aylanish chastotasi qiymatlariga ko’ra sekin (45÷60 min-1), normal (60÷120 min-1) va tez ishlaydigan (≥120÷180 min–1) nasoslar turkumi mavjud.
Barcha porshenli nasoslar uchun suyuqlikni so’rish va haydash tsikli davriydir. SHu sababli ularda uzatilayotgan suyuqlik pulьsatsiyalanadi. Suyuqlikning bir maromda uzatilishini ta’minlash uchun ko’p bosqichda (2,4,6 va undan ortiq) ishlovchi nasoslar qo’llaniladi. Bunday nasoslarning ish unumdorligi oddiy porshenli nasoslarning ish unumdorligiga nisbatan, bosqichlar soniga mutanosib ravishda, ortiq bo’ladi.
Abraziv modda zarrachalarini tutgan suyuqliklarni haydash paytida porshenli nasoslarning klapan va zichlash halqalari yemirilishi sababli ular tez-tez ta’mirlab turiladi. Porshenni harakatga keltiruvchi krivoship-shatunli mexanizm nasosning gabarit o’lchamlarini ortishiga sabab bo’ladi va uni og’ir fundamentga o’rnatilishini taqozo etadi. SHu bilan birga, porshenli ko’chma elektronasos agregatlari ham mavjud. Korxona sharoitida ko’chma nasoslarni turli maqsadlarda qo’llash o’ta qulay.

Download 10,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish