2. Gidrаvlikа аsоslаri. Suyuqliklаrning аsоsiy fizik xоssаlаri


Massa, energiya va impulьs (harakat miqdori) o’tkazish qonunlari



Download 262,84 Kb.
bet8/18
Sana14.04.2023
Hajmi262,84 Kb.
#928523
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
1-Ma\'ruza

3. Massa, energiya va impulьs (harakat miqdori) o’tkazish qonunlari asosida substantsiya oqimi zichligining o’tkazish potentsialidan (gradientidan) bog’liqligi aniqlanadi. O’tkazish qonunlari asosida jarayon intensivligi va uni amalga oshiruvchi jihozning ish unumdorligi aniqlanadi.
Moddaning saqlanish qonuni
Moddaning (massaning) saqlanish qonunida ikkita chegaraviy holat mavjud bo’lishi mumkin.
1. Agar sistema bitta fazadagi (masalan, suyuqlik fazasidagi) bir necha n komponentdan iborat bo’lsa, u holda moddaning saqlanish qonuniga binoan, barcha komponentlar massalarining mj yig’indisi sistemaning umumiy massasiga M teng bo’ladi:
m1+m2+m3+........+mn = mj = M, (2-1)
bu yerda j= 1,2,3,…, n – komponentlar soni.
2. Agar sistema bir necha fazadagi (masalan, bug’, suyuqlik va qattiq jism holatidagi) bitta komponentdan iborat bo’lsa, u holda, moddaning saqlanish qonuniga binoan, barcha fazalar massalarining mfj yig’indisi sistemaning umumiy massasiga M teng bo’ladi, ya’ni:
mf1+mf2 +mf3+ ...mfn = mfj = M , (2-2)
bu yerda j=1,2,3,…, n- fazalar soni.
Yuqorida ko’rib chiqilgan ikki holat bo’yicha jarayonda qatnashuvchi har bir faza va har bir komponent uchun moddiy balans tenglamalarini tuzish mumkin.
Texnologik jarayonda qatnashuvchi barcha moddalar odatda uzluksiz harakatda bo’ladi. Harakatdagi moddiy oqim uchun moddaning saqlanish qonuni, xususiy holda, oqimning uzluksizligi tenglamasi orqali ifodalanadi:
Qkir = Qchiq yoki Gkir = Gchiq , (2-3)
bu yerda Q va G- oqimning hajmiy (m3/sek) va massaviy (kg/sek) sarflari.
Qurilmadagi kirish va chiqish quvurlarining kesim yuzalari f1 va f2 bo’lsa, ular bo’ylab harakatlanayotgan oqim tezliklari v1 va v2 bo’ladi. Ushbu holat uchun oqimning uzluksizlik tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
f1v1 = f2v2 yoki f1v12 = f2v22 , (2-4)
bu yerda: Q=fv yoki G=fv; p1 va p2- oqimdagi moddalarning zichliklari, kg/m3.
Shunday qilib, moddaning saqlanish qonuni o’rganilayotgan jarayonning moddiy balansi tenglamalari shaklida ishlatiladi.
Moddiy balans tenglamasini jarayonda qatnashuvchi barcha moddalar uchun, bitta komponent bo’yicha va bitta element uchun (masalan, kislorod balansi, uglerod balansi va x.) tuzish mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarish turining ierarxiyaviy strukturasi bo’yicha moddiy balans tenglamalari qurilmaning bir qismida kechayotgan jarayon uchun, qurilmaning barcha qismlarida kechayotgan jarayonlar uchun, texnologik uskuna (texnologik bosqich) va texnologik tizim bo’yicha qabul qilinayotgan xom-ashyodan tortib, to ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotgacha tuzilishi mumkin.
Jarayonning moddiy balans tenglamasi “qurilmaga retseptura bo’yicha kiritilayotgan barcha moddalarning massaviy yig’indisi Mkir qurilmadan qayta ishlanib chiqayotgan moddalarning massaviy yig’indisiga Mchiq teng” ligini ko’rsatadi:
Mkir = Mchiq . (2-5)
Texnologik jarayonlarni amalga oshirish paytida qayta ishlanadigan moddalar (materiallar, xom-ashyo) qisman yo’qotilishi mumkin. Bunday texnologik yo’qotilishlar Myo’q miqdorini ishlab chiqarish chiqitlari, oqava suv va gaz tashlamalari tarkibida yo’qotiladigan moddalar hamda jihozlar germetikligining buzilishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotilishlar tashkil etadi. SHuning uchun jarayonning moddiy balansi umumiy holda quyidagicha yozilishi mumkin:
Mkir = Mchiq + Myo’q . (2-6)
Davriy tartibda ishlovchi katta hajmli qurilmalarda amalga oshiriladigan nostatsionar jarayonlar uchun moddiy balans tenglamasini tuzish paytida mahsulotni qurilmaning ishchi hajmida yig’ilib qolishi ham hisobga olinadi
Mkir = Mchiq + Myig’ . (2-7)
Moddiy balans tenglamalari asosida mahsulotning chiqish foizi (kontsentratsiyasi), xom-ashyo va tayyor mahsulot sarflari yoki ish tsikli uchun ularning zaruriy miqdorlari aniqlanadi.
Misol tariqasida eritmalarni bug’latib quyultirish jarayonlarining moddiy balansini (2.1-rasm) ko’rib chiqamiz. Eritmaning dastlabki sarfi Go=10000 kg/soat, uning kontsentratsiyasi ao=10% bo’lsin. Bug’latish jarayonida eritma tarkibidan W kg/soat miqdorda suv bug’lantiriladi. Quyultirilgan eritmaning oxirgi kontsentratsiyasi a1=95% ga teng deb qabul qilamiz.
Jarayonning moddiy balansi quyidagicha ifodalanadi
Go ao = G1 a1 .
Ushbu tenglama asosida quyultirilgan eritma miqdorini hisoblaymiz
G1 = Go(ao/a1) =10000 (10/95) = 1052.631 kg/soat.
Jarayon mobaynida ajralib chiqqan ikkilamchi suv bug’i miqdori W dastlabki va quyultirilgan eritma sarflarining ayirmasiga teng bo’ladi:
W= Go - G1 = Go[1- (ao/a1)] = 10000[1-(10/95)] = 8947.369 kg/soat.
Tekshirib ko’rsak:
Go = G1 +W =1052.631+8947.369 = 10000 kg/soat.





Download 262,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish