2. Gidrаvlikа аsоslаri. Suyuqliklаrning аsоsiy fizik xоssаlаri


Modda va energiyaning o’tkazish qonunlari



Download 262,84 Kb.
bet11/18
Sana14.04.2023
Hajmi262,84 Kb.
#928523
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
1-Ma\'ruza

Modda va energiyaning o’tkazish qonunlari
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari ko’p hollarda gaz, bug’ va suyuqlik fazalarida, moddiy oqimlarni harakatlanishi yoki o’zaro aralashuvi natijasida amalga oshiriladi. Bu paytda modda va energiya o’tkazish jarayonlarining tezligi ko’p jihatdan ular amalga oshiriladigan texnologik qurilmalardagi gidrodinamik sharoitlarga bog’liq bo’ladi. Gidrodinamik sharoitlarni oldindan bilish asosida qurilmada optimal ish rejimini tashkil etish va uni boshqarish mumkin.
Texnologik jarayon tezligini ortishi qurilmaning ish unumdorligini ko’paytiradi. Jarayon tezligi haqidagi fan jarayon parametrlarining (kontsentratsiya, harorat va x.) vaqt bo’yicha o’zgarish qonuniyatlarini o’rganadi. Jarayonlar kinetikasini o’rganish asosida quyidagi qonuniyatni shakllantirish mumkin: «jarayonning kechish tezligi uni harakatlantiruvchi kuchga to’g’ri va qarshilikka teskari mutanosiblikda bo’ladi» yoki bu qonuniyatni boshqacha shakldagi talqini: jarayonning kechish tezligi uning potentsialini kinetik koeffitsientiga ko’paytmasiga teng. Ushbu ta’rifning matematik ko’rinishi quyidagicha yozilishi mumkin.
j = k x, (2-22)
bu yerda j- jarayon tezligi; k- kinetik koeffitsient (o’tkazish koeffitsienti), jarayonga ko’rsatiladigan qarshilikka teskari bo’lgan kattalik; x- harakatlantiruvchi kuch, ya’ni jarayon potentsiali.
Masalan, gidromexanik jarayonlar turkumiga kiruvchi filtrlash jarayonining kinetik tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega:
, (2-23)
bu yerda V- filtrat miqdori; F- filtrlovchi yuza maydoni; - vaqt; Rf- filtrlovchi material qarshiligi; - bosimlar farqi (jarayonni harakatlantiruvchi kuch); K1=1/Rf- filtrlovchi materialning o’tkazuvchanligi.
Termodinamika qonunlariga asosan issiqlik almashinish jarayonlari quyidagi kinetik tenglama bilan ifodalanadi
t = K2 t , (2-24)
bu yerda Q- uzatilgan issiqlik miqdori; F- issiqlik uzatish yuzasi; R2- termik qarshilik; K2=1/R2 - issiqlik uzatish koeffitsienti; t- jarayonda qatnashuvchi muhitlarning haroratlari o’rtasidagi farq (jarayonni harakatlantiruvchi kuch).
Modda almashinish (diffuziya) jarayonlarini ifodalash uchun quyidagi kinetik tenglama tavsiya etilgan
, (2-25)
bu yerda M- o’tkazilgan modda miqdori; F- fazalarning kontakt yuzasi; R3- modda almashinishga bo’lgan qarshilik; K3=1/R3- modda o’tkazish koeffitsienti; S- moddaning fazalardagi kontsentratsiyalari o’rtasidagi farq (jarayonni harakatlantiruvchi kuch).
Yuqorida misol tariqasida keltirilgan jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchi va kinetik koeffitsienti qiymatlari moddiy oqimlarning harakat rejimlaridan bog’liq bo’ladi.
SHunday qilib, yuqorida ko’rib chiqilgan jarayonlarni o’rganish paytida bir turdagi differentsial tenglamalardan foydalaniladi.
Nazariy uslubda olingan differentsial tenglamalar o’xshashlik nazariyasi printsiplari asosida qayta ishlanib, kriterial tenglamalar shakliga aylantiriladi. So’ngra, tajriba natijalari bo’yicha, hisoblashlar uchun qulay shakldagi tenglamalar holatiga keltiriladi. Jarayonning kriterial tenglamalari bo’yicha aniqlangan tezlik koeffitsienti kelgusida uni amalga oshiruvchi qurilmani hisoblash uchun ishlatiladi.

Download 262,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish