5-Modul: IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi. Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot. Ajdodlarimizning jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan ulkan hissasi
1. IX asr boshlarida Movarounnahr. Toxiriylar, somoniylar va qoraxoniylar davlati. Davlatni boshqarish, soliq siyosati, yer-suv munosabatlari.
2.G’aznaviylar va Saljuqiylar davlati.
3.Xorazmshohlar davlati. Davlatni boshqarish tizimi, soliq siyosati. Yerga egalik shakllari.
4.Uyg’onish davri. IX-XII asrlarda O’rta Osiyoda madaniy yuksalish.
5.Tabiiy va ijtimoiy fanlar rivoji.
6.Badiiy adabiyotning rivojlanishi.
7.IX-XII asrlarda islom dini va so’fiylik.
IX asr boshlarida Movarounnahr. Toxiriylar, somoniylar va qoraxoniylar davlati. Davlatni boshqarish, soliq siyosati, yer-suv munosabatlari.
Arablar istilosidan keyin O’rta Osiyoda (IX-XII) feodal munosabatlar yanada mustahkam negizda qaror topa bordi. Xuroson va Movorounnahrni idora qilgan arab hokimlari butun xalifalik saltanatiga kuchli ta’sir o’tkazdilar. Buni 809 yilda Bog’dodda musulmon dunyosi tarixida salmoqli iz qoldirgan.
Ma’mun (813 - 833 y.) xalifa bo’lib olgach, Tohir ibn Husayn tez orada xalifalikning eng nufuzli kishilaridan biriga aylandi. U bir necha vaqt xalifa qo’shinining bosh sarkardasi lavozimida ishladi. 821 yili esa xalifa uni Xuroson noibi qilib tayinladi.
Xalifa Ma’mun Tohir ibn Husayn o’rniga Xuroson noibi qilib uning o’g’li Talxni tayinlaydi (822 - 828 yillar). Tohirning ikkinchi o’g’li Abdullo noiblik qilgan yillarida (830 - 844 yillar) Xuroson xalifaga vassal hisoblansa-da, aslida mustaqil davlatga aylandi. Xalifa Mutasim. (833 - 842 yillar), bir necha bor Abdulloni bo’ysundirishga harakat qildi. Ammo bunda u muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Talh ibn Tohir noibligi (842 - 864) davrida zardushtiylik dini saqlanib kelgan.
Abdullo vafotidan keyin Tohiriylar davlati asta-sekin inqirozga yuz tutdi va ko’p vaqt o’tmay ularning hokimiyati butunlay tugatildi. Tohiriylar sulolasining so’nggi vakili Muhammad ibn Tohir (862- 873y) Yoqub Ibn Lays bilan bo’lgan jangda mag’lub bo’ldi.
Ma’munning buyrug’iga binoan Xuroson noibi Asadning o’g’illarini 820 yilda Movarounnahr o’lkalariga noib qilib tayinlaydi.
864 yilda Ahmad vafot etdi. Somoniylar sulolasining boshlig’i sifatida 865 yilda Ahmadning o’g’li Nasr tan olindi. Lekin hamma Somoniylar ham sulola boshlig’i sifatida Nasrni birdan tan olmadilar: xususan Shosh hokimi Yoqub Nasrni tan olmay o’z nomidan tangalar zarb qila boshladi. Ayniqsa, Nasrning ukasi Ismoil bilan aloqasi keskin edi. Ma’lumki, 873 yili Buxoro viloyatini Tohiriylarning so’nggi vakili Muhammad ibn Tohir bosib oldi va o’nga solihlar soldi.
886 yili Nasr va Ismoil qo’shinlari to’qnashdilar. Bu jangda Ismoil mag’lub bo’ldi va u vaqtincha Buxoro noibligidan tushirildi. Lekin ikki yil o’tgach aka-uka qo’shinlari o’rtasida yana to’qnashuv bo’ldi. Bu jangda Ismoilning qo’li baland keldi. Nasr qo’shini tor-mor qilindi.
Movarounnahrhukmronligi Ismoil qo’liga o’tdi. Lekin Ismoil Nasrdan taxtni tortib olmadi va Nasr o’z vafotigacha (892 yili) somoniylarning boshlig’i sifatida Samarqandda qoldi.
Nasr vafotidan so’ng Ismoil davlat boshlig’i bo’ldi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko’chirildi. O’zaro janjal va isyonlarni bartaraf etgach Ismoil 893 yili ko’chmanchilarga qarshi qo’shin tortdi va Tarozni egalladi. U bu yerda xonni va uning 10 ming qo’shinini asir olib, bu jangda katta harbiy o’ljani qo’lga kiritdi. Xalifa al-Mutadis (892-902y)
Ismoilni qudrati ko’chayib ketayotganligini ko’rib, Movarounnahrdan maxrum bo’lib qolishidan sarosimaga tushdi hamda xiyla yo’llarini izlay boshladi.
900 yili Buxoro ostonasida Amir ibn Lays qo’shini tor-mor etiladi. Narshahiy va boshqa mualliflarning qayd qilishicha, Ismoil Amir bilan bo’ladigan jangga qo’shindan tashqari Buxoro hunarmandlarini va hamda oddiy xalqning qo’liga qurol berib, o’z ozodligini saqlab qolishga chaqirgan. Keng xalq ommasining bu jangda ishtirok etishi Ismoilga zafar keltirdi.
907 yilda Ismoil vafot etgach taxtni o’g’li Ahmad ibn Ismoil egalladi (907-914 y). Ahmad hukmronligi davrida bir qancha qo’zg’olonlar bo’lib o’tdi. Xususan, amakisi Issoq ibn Ahmad Samarqandda, Ray va Seyiston hokimlari isyon ko’tardilar. Bu isyonlar shavqatsizlik bilan bostirildi. Ahmad uzoq vaqt hukmronlik qilmadi. Davlatni idora etishda arab tilini qayta tiklanishi ko’pgina mahalliy zodagon va Turk g’ulomlarining noroziligini uyg’otdi. 914 yilda u Turk g’ulomlari tomonidan o’ldirildi. Taxtga Ahmadning 8 yoshli o’g’li Nasr ibn Ahmad (914-943y) o’tirdi. Saroyning ruxsati bilan davlat ishlarini vazir Abdullo Jayhoniy boshqardi. 914 yilning ohirida Samarqandda yana qo’zg’olon kutarildi. Davlatning janubiy hududlarida bo’lgan Husayn ibn Ali Marvoziy rahbarligidagi qo’zg’olon ayniqsa keskin tus oldi. Qo’zg’olon karmatlar g’oyasi bayrog’i ostida bo’lib o’tdi. Bu qo’zg’olon 918 yilda bostirildi. Marvoziy asir olindi. Ko’p o’tmay Marvoziy raxbarligidagi qo’zg’olon bostirilgach Ahmad ibn Nuh hokimiyatgaqarshi qo’zg’olon ko’tardi. 922 yilda esa Ilyos ibn Issoq qo’zg’olon ko’tardi. Tinmay davom etgan qo’zg’olon va isyonlar Somoniylar davlatining qudratiga katta ta’sir ko’rsatdi va u asta-sekin tanazzulga yuz tutdi.
Taxtga Nasrning o’g’li Nuh o’tirdi (943954yillar). Nuh karmatlarga qarshi shavqatsiz kurash olib bordi. Ularning mol-mulklari musodara qilindi. Nuh hatto o’z otasi Nasrni zanjirband qilib, qal’aga qamab qo’yishga buyruq berdi.
Lekin Somoniylarning Abu Ali Charoniy bilan kurashi Abdumalik hukmronligi davrida (954-961 y) ham davom etdi. Abdumalik zamonida turk lashkarboshilarini davlat ishlariga aralashishi ancha ko’chaydi. Xususan turk lashkarboshisi Alp Tegin «buyuk Xojib» lavozimiga ko’tarilgan. Abdumalik vafotidan keyin Somoniylar taxti uchun kurash yanada keskin tus oldi. Alp Teginning qat’iy harakati bilan taxtga o’tirgan Abdumalikning o’g’li bor yo’g’i 6 kun hukmdorlik qilgan. Taxtga Mansur ibn Nuh (961 - 976 yillar) o’tirgan. Soliqlarning yil sayin ko’payib borishi, feodallarning o’zaro janjallari, noiblarning markazga bo’ysunmay qo’yishi va saroydagi bo’layotgan taxt uchun kurashlar somoniylar davlatini juda zaiflashtirib yubordi; Bu kurashlar ayniqsa, Amir Mansur ibn Nuh II (976 - 997 yillar) hukmronligi davrida keskin tus oldi. Ichki nizolar oqibatida Nuh II Yettisuv va Qashg’arda vujudga kelgan Qoraxoniylar davlatining Movarounnahrga qilgan yurishlariga keskin qarshilik qilolmadi. Somoniylar davlatidagi siyosiy beqarorlikdan foydalangan Qoraxoniy Horun Bug’roxon 990 yili Fa’b tomon qo’shin tortdi va ikki yil davomida somoniylarga qarashli bir qancha viloyatlarni o’z davlati tarkibiga qo’shib oldi. Talas, Iloq va Shoshda aytarli hech qanday qarshiliksiz o’z hukmronligini o’rnatgan Xorun Bug’roxon 992 yili Somoniylar poytaxti Buxoro tomon qo’shin tortdi.
. Xorun Bug’roxon Buxoroni tashlab chiqib ketganidan xabar topgan amir Nuh II 992 yilni 12 avgustida poytaxtga qaytgan va chekinayotgan Qoraxoniylar qo’shiniga zarba berish yo’llarini izlagan. Samarqandaholisi ham Qoraxoniylar qo’shiniga hujum qilib
turganlar. Sog’lig’iyomonlashgan Xorun Bug’roxon Samarqanddan vataniga yo’l oldi va Quchqorboshi degan joyda vafot etdi (992 y.). 997 yili Nuh II vafot etdi.
Bu paytga kelib somoniylar saroyida o’zaro kelishmovchiliklar yanadako’chaydi. 999 yili Mansur taxtdan tushirildi, va ko’zi ko’r qilindi. Taxtga Mansurning ukasi Abdumalik ibn Nuhni o’tqazishdi. Mahmud G’aznaviy 999 yilning may oyida Mansur uchun o’ch olish shiori ostida Movarounnahrgaqarshi qo’shin tortdi.
Lekin aholining ko’p qismi Somoniylarni: qo’llab-quvvatlamadi va Eloq Nasr Buxoroni 999 yilning 23 oktyabrida aytarli qarshiliksiz bosib oldi. Eloq Nasr Buxoroga Jafar Teginni tayinlab o’zi Urganchga qaytdi.
Yuqoridagi voqealardan so’ng Nuh II ning o’g’li Abu Ibrohim Ismoil (Muntasir laqabi bilan) bir qancha muddat samoniylar davlatini tiklash uchun Qoraxoniylarga qarshi goho yutuqli goho muvaffaqiyatsiz urushlar olib bordi. Bu kurashlardao’nga goho Saljuqiylar, goho G’aznaviylar hukmdorlari ham yordam berib turdilar. Lekin Qoraxoniylar qo’shini bilan to’rtinchi marta yirik to’qnashuvdan so’ng u jangda yengiladi va 1005 yil boshlarida o’ldiriladi. SHu tariqa Samoniylar hukmronligi Mavaraunnahr va Xurosonda tugatilib, ularga qarashli o’lkalarni Qoraxoniylar va G’aznaviylar bo’lib olishdi. Samoniylar davrida ijtimoiy – iqtisodiy tuzum. Somoniy xukmdoridan Ismoil Samoniy Movaraunnahr va Xurosanni birlashtirishga va yangi markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo’lgan. Islohotlar o’tkazgan 10 ta devon tashkil qilgan. Davlat amir unvoni bilan idora qilingan. Davlat majmuini mustahkamlashda, Nasr II Somoniyning ma’rifatli vazirlari Abdullo Muhammad Jayxoniy va Abulfazl Muhammad Balamiylarning xizmatlari katta bo’lgan. Umuman, Somoniylar hukmdorligi davrida vazirlik mansabiga asosan shu ikki sulola vakillari tayinlanganlar. Devonlar orasida vazir yoki “xo’ja buzurg” devoni alohida o’rin tutgan. Bu devonga boshqa hamma devonlar bo’yso’ngan. U hamma – ma’muriy, siyosiy va xo’jalik mahkamalarini nazorat qilgan. Davlatni idora etishda “mustaufi devon” ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Bu devon davlatning butun moliya ishlarini boshqargan va nazorat qilgan. Devon xazinador tomonidan boshqarilgan. “Devon amir-al-mulk” yoki “al-rasail” davlat ahamiyatiga molik bo’lgan rasmiy hujjatlarni tuzish bilan shug’ullangan. Bundan tashqari bu devon chet davlatlar bilan bo’ladigan munosabatlarni ham boshqargan. “Muxtasiba” devoni bozorlarni, sotuvchilarni, qadoqboshlarning og’irligini, bozordagi mollarning narxini, sifatini nazorat qilgan. Davlat xazinasining daromadlarini va xarajatlarini “mushrif” devoni nazorat qilgan. Bundan tashqari “qozi azziya” va “vaqf” devonlari bo’lgan. “Qozi azziya” devoni davlat
yerlarini, “vaqf” devoni hadya etilgan yerlarni va musulmon ruhoniylarining boshqa molmulklarini nazorat qilishgan.
Samoniylar davridagi madaniy hayot. IX-X asrlarda me’morchilik san’ati va qurilish uslubi o’z taraqqiyotida yana bir bosqich yuqoriga ko’tarildi. Bu davr qurilishidaavvalgi asrlardagi kabi xom g’isht va paxsaasosiy qurilish materiali hisoblangan. Qurilishda yog’ochdan keng foydalanilgan. Uylarning ustunlari va to’sinlari yog’ochdan qilingan, tomlar yassi bo’lgan.
Somoniylar me’morligining yana bir noyob durdonasi Kattaqurg’ondan 60 km, janubdagi Tim qishlog’ida joylashgan Arab ota maqbarasidir. Arab ota maqbarasi hashamatli me’morchilikning ancha rivojlanganligidan dalolat beradi. Maqbarada bitilgan yozuvlarga qaraganda bu inshoot 977-978 yillarda qurilgan bo’lib, bu yerda samoniylardan biri ko’milgan. Arab ota maqbarasi ismoil Somoniy maqbarasi bilan o’xshashlik topadi. Somoniylar davri me’morchiligining nodir namunalarini Karki (Turkmaniston) yaqinidagi Alambardor, Uzun (Surxondaryo) yaqinidagi Xo’ja Naxshron, Karmanadagi Mirsaid Baxrom maqbaralarida ham uchratish mumkin. Bu yodgorliklar ham IX-X asr memorligi yuksak darajada bo’lganligidan dalolat beradi. IX-X asr me’morligining rivojlanish yo’llarining saqlanib qolganligini ko’plab masjidlar misolida ham kuzatish mumkin. Masjidlarning tomi odatda gumbaz shaklida bo’lgan. Bu davrga oid masjidlar to’g’risida so’z yuritilganda, Buxorodagi Mag’oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, Shahristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar Markaziy Osiyo diniy me’morchilikning rivojlanish yo’llarini kuzatish imkonini beradi.