2. Fuqaroviy ong va uning namoyon bo’lish omillari Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o’rni



Download 66,11 Kb.
bet2/4
Sana28.06.2021
Hajmi66,11 Kb.
#103587
1   2   3   4
Bog'liq
2. Fuqaroviy ong va uning namoyon bo’lish omillari Fuqaroviy fao

Nazorat savollariga javob:

1-javob Fuqaroviylik dastlabki qarashda huquqshunoslikka oid atamadek tuyuladi. Aslini olganda, bu hodisaning falsafiy, huquqiy, sostiologik va siyosiy mohiyatlari mavjuddir.

Fuqaro – o’zining fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo’lgan shaxsdir. Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda muayyan burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondashadigan, o’z mehnati va jamoadagi faolligi, ma’naviy etukligi asosida muayyan davlatga mansublikni anglatadi.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 16-moddasida “fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi” quyidagicha belgilangan: “Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tushuniladi”1.

Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlik hissi sifatida ham talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitustiya va qonunlarni, davlat ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyor turish fazilatlariga ega bo’lgan shaxs nazarda tutiladi.

O’zbekiston Respublikasida fuqarolik quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

-yagona fuqarolik, ya’ni ikki va ko’p fuqarolik tan olinmaydi;

-fuqarolikda tenglik prinstipi mavjud;

-fuqarolikka ega bo’lish, fuqarolikdan chiqish ixtiyoriylikka asoslanadi;

-fuqarolikdan majburiy chiqarishga yo’l qo’yilmaydi;

-O’zbekiston fuqarolari huquqlari, erkinliklari, manfaati mamlakat tashqarisida ham davlat tomonidan himoya qilinadi.

1992 yil 2 iyulda qabul qilingan va 2004 yil 3 dekabrda tahrir qilingan “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’ғrisida”gi qonun asosida O’zbekistondagi fuqarolik holatlari mustahkamlab qo’yildi2. Shaxs fuqaro bo’lsagina, u barcha huquqlardan to’la foydalana oladi va jamiyatni rivojlanishi, mamlakatni xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan burchlarni bajaradi. Shaxsning fuqaroligi uni dunyoni qaerda yashashidan qat’iy nazar huquq va manfaatlarini himoya qilishga asos bo’ladi. Ya’ni fuqarolarni fuqarosizlarga nisbatan himoyalanish imkoniyatlari kengrokdir.



Erkinlik shaxsning o’z ixtiyori buyicha yashash, hayot kechirish imkoniyati bo’lib, shaxs faqat qonunlarga itoat etishi zarur. Mamlakatimizda har bir kishining erkinligi, uning shaxsiy daxlsizligi bilan ta’minlanadi. Daxlsizlik deganda shaxsning erkinligini cheklovchi hech qanday harakatlarga yul qo’yilmasligi tushuniladi. Qonunda belgilangan asoslardan tashqari hech kimning erkinligi cheklanishi, erkinlikka zarar etkazilishi mumkin emas. Qonun tegishli hollarda kishilarning erkinligini cheklashga yul qo’yadi, xolos. Ya’ni ular jinoiy harakatlari sodir etsa, yoki shunday harakat sodir etishda gumon qilinsa, shaxsni jamiyatdan ajratishga zarurat tuғiladi.
2-javobFuqaroviylik bir tarafdan, jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini anglatsa, ikkinchi tarafdan, kishilarning jamiyat hayotidagi ishtirokida namoyon bo’ladigan yuqori darajadagi o’zaro birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuini ifoda etadi”.

Quyidagilar fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlardir:

  • fuqaroning o’z haq-huquqlarini anglab etishi va uni amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasi;

  • boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini e’tirof etish va hurmat qilish;

  • fuqaroning o’z xatti-harakati uchun shaxsiy mas’ud ekanligi;

  • shaxsning davlat va jamiyat oldida o’zining huquqiy va axloqiy jihatlardan mas’ullgini anglash;

  • fuqarolarning bir-birlari bilan o’zaro tengligi;

  • yuksak ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan holda ijtimoiy voqeliklarga nisbatan ob’ektiv va tanqidiy yondashuvlarga ega ekanligi;

  • hokimiyat organlari, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan ijobiy muloqot yuritish va hamkorlik qobiliyati;

  • bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli bo’lgan huquqiy, madaniy va tilni o’zida namoyon qilgan, o’zini o’zi anglab qobiliyatini egallagan shaxs.

Fuqaroviylikni shaxsning faolligi darajasi nuqtai nazaridan shartli ravishda quyidagi darajalarga ham ajratib ko’rsatish mumkin:

  • fuqaro mas’uliyatli, ongli va vijdonli bo’lsa, uni dastlabki poғonada, ya’ni fuqaroviy xususiyatlarga ega bo’lgan shaxslar qatorida baholash mumkin;

  • agar fuqaroda atrofda bo’layotgan voqea-hodisalarga nisbatan ma’lum bir munosabat bildira olish qobiliyati shakllangan bo’lsa, uni o’z fuqaroviy nuqtai nazariga ega bo’lgan shaxs sifatida e’tirof etish mumkin;

  • agar fuqaro o’z haq-huquqlari va burchi, ulardan amalda foydalanish yoki bajarish ko’nikmalarini egallagan bo’lsa, uni faol fuqaro sirasiga qo’shish mumkin.


3-javob Fuqarolik ongi demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, jamiyat va davlat o’zaro munosabatlarni anglab etish demakdir. Albatta har bir davlat va jamiyatda demokratik qadriyatlar o’ziga xos tamoyillir va me’yorlar asosida rivojlanadi. Fuqarolik ongi jamiyat taraqqiyotining shunday bosqichidagi ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda demokratik me’yorlar va qadriyatlar hayotning asosiga aylangan bo’ladi.


Download 66,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish