Elektron biznesning ishlab chiqaruvchi, iste`molchi va jamiyat uchun
manfaatlari
Reja:
1. Elektron biznesning ishlab chiqaruvchilar uchun manfaati.
2. Elektron biznesning iste`molchi uchun manfaati.
3. Elektron biznesning jamiyat uchun manfaati.
Ko`pchilik an`anaviy korxonalar Internet inqilobini qabul qilishga qodir emas
bo`lib chiqdilar. Ular elektron biznesni yuritish uchun barcha kerakli resurslarga ega
bo`lsalar ham o`zlari uchun yangi biznes sohasini o`zlashtirishda hal qiluvchi qadamni
amalga oshirmayaptilar. Ba`zilar biznes va sanoat inqilobiga ega jamiyatga ta`sir qilish
ko`lami bo`yicha internet inqilobini taqqoslaydilar. Bu inqilobdan korxonalar,
tashkilotlar va iste`molchilar ham foydaga ega bo`ladilar.
Korxona uchun elektron biznes foydasini quyidagicha ko`rsatish mumkin:
•
Elektron biznes bozor chegaralarini kengaytiradi.
Korxona hatto katta
bo`lmagan sarmoya bilan mijozlarga global ko`lamda xizmat ko`rsatishi
mumkin. 1997 yildayoq aviaqurilish giganti Boeing kompaniyasi o`z
ta`minotchisi sifatida kichik Venger firmani tanladi. U nafaqat buyurtmani
sifatli bajardi, balki uskunalarni vaqtida va ancha arzon narxda yetkazib
bera oldi. Bu aloqa elektron tender orqali amalga oshirilgan.
•
Elektron biznes axborotni olish, qayta ishlash
va saqlash kechikishlarini
kamaytiradi. Shu bilan administrativ xarajatlarnipasaytiradi.
•
Elektron biznes korxonalarga tor doira mutaxassisligida faoliyat yuritishga
imkonberadi.
•
Elektron biznes zaxiraning kamayishi hisobiga qo`shimcha xarajatlarni sezilarli
pasaytirishga imkon beradi. Mijozning aniq so`rovidan so`ng
ishlab chiqarish
boshlanadi.
•
Elektron biznes umumiylashtirilishi buyurtmaga asosan ishlab chiqarishga
imkon yaratadi. Bu bilan korxonaning raqobat qilish imkoniyatlarini oshiradi.
•
Biznes jarayonlarning tezlashishi korxonaning barcha ishchilari unumdorligini
sezilarli darajada oshirishga imkon beradi.
•
Vaqtning real ko`lamida interaktivlik muvofiqlikning mumkinligi. Internetda
aloqa ikki tomonlama bo`lib, real vaqtda yuz
beradi va axborot tizimlari
muvofiqligi bilan ta`minlanadi. Bu marketing qarorlarini qabulqilishda
prinstipial jihatdan muhim hisoblanadi. Bu xususiyatlar marketologga real
vaqtdako`pgina muammolarni (masalan, narx belgilash)
hal qilishga imkon
beradi.
•
Elektron biznes texnologiyalari mijozlar bilan o`zaro aloqalarni operativligini
oshirishga, mijozlarning katta soni bilan bir vaqtning o`zida ishlash imkoniyati,
mijozlar bilan paralell muloqot qilish imkoniyatiga yo`l ochib beradi.
•
Bundan tashqari hamkorliklar imkoniyatlarini kengaytirish, ta`minotchilar va
mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlar o`rnatish,
axborotdan erkin
foydalanishni kengaytirish v.h.larni foydaga kiritish mumkin.
Elektron biznes iste`molchilarga quyidagicha foyda keltiradi:
•
Iste`molchiga qulay bo`lgan ixtiyoriy vaqtda, tanaffuslarsiz va dam olish
kunlarisiz 24/7 soat xizmat ko`rsatish;
•
Tovar, ta`minotchilar, narxlar, sifat v.b. parametrlar
tanlovini kengaytirish;
•
To`liq va o`z vaqtida axborot olish imkoniyati;
•
Takliflarni taqsimlash va boshqa iste`molchilar bilan axborot almashinish
imkoniyati.
Elektron biznes jamiyat uchun ham ma`lum bir foyda keltiradi:
•
Uyda ishlash imkoniyati. Uydan turib xarid qilish transport oqimi va u bilan
bog`liq muammolarni kamaytirishi mumkin.
•
Nisbatan arzon narxlarda tovar sotib olish imkoniyati
fuqarolar hayoti sifatini
oshiradi.
•
Qishloqyerlarida yashovchilar yirik shaharlarda yashovchilar bilan birdek tovar,
xizmat va axborotdan erkin foydalanish imkoniyatiga ega.
•
Elektron biznes turli ijtimoiy xizmatlar, masalan, ta`lim bilan ta`minlaydi.