3. Қишлоқ хўжалиги маҳсулоти экспортида нархларнинг сунъий оширилишини олдини олиш мақсадида божхона инспектори товар экспорт нархларини қандай текшириб олса бўлади ?
Qishloq xo’jaligi mahsuloti eksportida narxlarning suniy oshirilishini oldini olish maqsadida bojxona inspektori tovar eksport narxlarini O’zb.Res Prezidentining “Meva- sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida” 17.10.2018 yildagi PQ-3978-son qarori 4-bandi:
Bunga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi har oyda meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilarga asosiy sotish bozorlari bo‘yicha tahlil natijalari va prognozlarini, xususan, narx konyunkturasining o‘zgarishlari, belgilangan punktlar kesimida yuklash hajmlari hamda meva-sabzavot mahsulotlarini import qilishda texnik talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtirish orqali taqdim etish maqsadida o’z veb sayti (mift.uz.fruit prices)ni ishlab chiqqan. Bojxona xodimi bu saytda Tovaning nomi, TIF TN kodi va oldin olib chiqilgan mahsulot narxini hujjarlardagi bilan solishtirishi uchun olib chiqilgan vaqt bo’yicha ma’lumotlar izlashi hamda har oylik narx ma’lumotlarini tekshirib ko’rishi mumkin.
4. Қишлоқ хўжалиги маҳсулоти экспортида 3-4 хил товарлар автотранспортга юкланмоқда. Божхона кўриги (қизил йўлакка йўналтирилган бўлса) жараёнида нималарга эътибор бериш лозим ?
Adliya Vazirligidan 3154-son ro’yxat raqami bilan ro’yxatdan o’tgan yo’riqnomaga asosan nisbartan bojxona ko‘rigini o‘tkazish XBAT tomonidan buyurilganda (Qizil yo’lakka yo’naltirilganda) inspektor bojxona ko’rigini amalga oshirdi. Bunga asosan Bojxona ko‘rigi o‘tkazayotganida bojxona organining mansabdor shaxsi quyidagilarni amalga oshiradi:
a) bojxona ko‘rigidan o‘tkazilayotgan barcha nomdagi tovarlar partiyasi transport vositasidan to‘liq tushirish nazarda tutilgan bo‘lsa:
tovarlarni o‘lchash;
barcha yuk o‘rinlarini ochib ko‘rish va sanab chiqish;
barcha yuk o‘rinlaridagi tovarlar sonini sanab chiqish;
b) yangi xavf yoki shubha va gumon paydo bo‘lgan hollarda bojxona ko‘rigining hajmi oshiriladi;
v) tijorat hujjatlarida tovarlar yagona o‘lchovda (dona, juft va boshqa o‘lchovda) ko‘rsatilgan va ularning umumiy og‘irligi bojxona to‘lovi summasiga ta’sir etmagan hollarda hamda XBATda boshqa holatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bojxona ko‘rigi davomida tovarlar o‘lchanmaydi;
g) tovarlarning sonini yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan taqqoslaydi ( BYuD ning 31-grafalaridagi nomlari bilan to’g’ri keladimi, 33-grafalaridagi TIF TN kodi to’g’rimi,BYuD ning og’irlik va narx bilan bog’liq bo’lgan grafalari to’g’rimi, PF 5286 dagi O’Z.RES Prezidenti yoki Hukumat qarori asosida eksport qilinadigan tovarlar ro’yxatiga kiradimi, PF 5215-son qarorga ko’ra Prezident hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasi qarori asosida beriladigan litsenziya bo’yicha eksport-import qilinadigan tovarlar ro’yxatiga kiradimi yoki yo’qmi).
5. Тадбиркорлик субъектлари томонидан товарлар (махсус турдаги товарлардан ташқари), ишлар ва хизматлар экспортини шартнома тузмасдан ҳисобварақ-фактуралар (инвойслар) асосида амалга оширишда талаб этиладиган олдиндан тўлов миқдори қанча ҳамда маҳаллий корхоналар томонидан Европа Иттифоқи, қўшни давлатларга юқори қўшилган қийматли маҳсулотларни экспорт қилишда ташиш харажатларини неча фоизгача миқдорда компенсация қилишга субсидиялар тақдим этилади ?
Do'stlaringiz bilan baham: |