sinfda bajarilgan ishlarning tabiiy davomi bo‘lib, u o‘kuvchilarda mustakillikni tarbiyalashning
yetakchi shakli sanaladi.Uy vazifalari o‘kituvchining
bevosita ishtirokisiz, ammo uning
ko‘rsatmalariga ko‘ra bajariladigan amaliy va nazariy topshiriklardir. Uy vazialari kuyidagi
pedagogik talablar asosida tashkil etiladi:
—o‘kuvchilarda uy vazifalarini bajarishda ishtiyok, xavas, kizikishlarni oshirish. Buning uchun
uy vazifalarining maksadi, ularning axamiyati tushuntiriladi, sinfda va uyda bajariladigan ishlar
o‘rtasida vorislik o‘rnatiladi;
—uy vazifalarini bajarishini nazorat etish, bolalarni ragbatlantirish, eng yaxshi bajarilgan uy
ishlarini namuna kitshb ko‘rsatish yo‘llari bilan bolalarda uy vazifalarini bajarishga javobgarlik
xissini tarbiyalanadi;
—uy vazifalarini asta — sekin
murakkablashtirib borish, ularning optimal kiyinligini ta’minlash;
—uy vazifalari turlarini o‘zgartirib turish;
—o‘kuvchilarni uy vazifalarini bajarishga tayyorlash. Buning uchun uy vazifasini bajarish
maksadi tushuntiriladi, zarur ko‘rsatmalar beriladi.
—uy vazifasini bajarish uchun gigiyenik talablarga javob beradigan sharoit yaratish.
O‘quvchilarda kuzatish, fakt to‘plash va ularni taxlil qilishga oid ko‘nikmalarni
rivojlantirishda o‘kuv ekskursiyasining axamiyati katta. Ukuv ekskursiyalari o‘kuv dasturlarida
ko‘zda tutilgan bo‘lib, u yoki bu o‘kuv predmeti uchun ajratilgan vakt doirasida o‘tkaziladi.
Ekskursiya o‘rganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda kuzatish, ta’limning xayot, ijtimoiy ishlab
chikarish bilan boglanishning yetakchi shakli sanaladi. Ekskursiyaning tarbiyaviy axamiyati xam
katta, uning vositasida bolalarda jamoatchilik,
vatanparvarlik, estetik tarbiya amalga oshiriladi.
O‘quv ekskursiyalari to‘rt tomonlama tasnif etiladi: o‘quv predmetlariga ko‘ra, ta’lim
jarayonidagi o‘rniga ko‘ra, tarkibiga ko‘ra, ajratilgan vaktga ko‘ra.
O‘quv predmetlariga ekskursiyaning kuyidagicha turlari farklanadi: ona tilidan lingvestik
ekskursiya tarixdan tarixiy obidalarga ekskursiya, fizika va ximiyadan zavod va fabrikalarga
ekskursiya, tabiatshunoslikdan tabiatga ekskursiya.
Ta’lim jarayoni o‘rniga ko‘ra ekskursiyaning kuyidagi turlari ajratiladi: kirish
ekskursiyalari - o‘kuv predmetiga oid faktlar to‘planadi, joriy ekskursiya - o‘kuv predmetini,
uning biror bo‘limini o‘rganish bilan bilan alokador ekskursiya. Ekskursiyaning bu turi o‘kuv
predmetiga oid ekskursiya. Bunday ekskursiya materiallari googrfiya,
biologiya, fizika kabi
kator o‘kuv predmetlari bo‘yicha to‘planadi. Ajratilgan vaktga ko‘ra ekskursichning ikki turi
farklanadi: kiska muddatli ekskursiya - M: biologiyadan «gulning tuzilishi» temasini o‘tishdan
oldin maktab bogiga kiska muddatli ekskursiya o‘tkazish, yerga tushgan gullarni to‘plash, dars
paytida ulardan jonli material sifatida foydvalaniladi: uzok muddatli ekskursiyalarga bir kun,
xatgo o‘kuv xaftasi ajratilishi mumkin.
V.Darsga tayyorlanishning texnologik mohiyati.
Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog‘liq.
Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o`quvchilar
imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo‘la olmaydi.
Darsga tayyorgarlik aniq
sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlaydigan o`quv jarayonini tashkil
etishning komleks choralarini ishlab chiqishdir.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashxislash,
bashoratlash, loyihalash (rejalashtirish). Shu bilan birga o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi
bilishi, o‘z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak
mashg‘ultning algoritmlari, samaradorligi bog‘liq bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga olishni
ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi.
Tashxis
didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir.
Unda o`quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va
layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o`quv materialining xususiyati, uning
amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish,
bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
Bashoratlash darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash
va ulardan qabul qilingan
mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
Loyihalash (rejalashtirish) o`quvchilarning o`quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib,
u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va
aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va
qachon so‘rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish,
oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha
qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi darsning
an’anaviy rejasidan boshqaruv ta’sirning aniq va tushunarli bo‘lishi bilan farqlanadi.
Maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o‘qish jarayonining tarkibiy
qismi sifatida qaraladigan, o`quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi.
Mustaqil uy ishlarining
asosiy maqsadi – darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish,
chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o`quvchilarning individual layoqati,
iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o`quv dasturi talablari, o`quvchilarning
qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi.
O`quvchilarning mustaqil uy ishlari ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda
o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma
va malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o`quv
materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko‘nikmalarini
shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish
asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar,
gerbariy, tabiiy
namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari statistik ma’lumotlar kabi o`quv
qo‘llanmalarini to‘plash va tayyorlash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: