Darsga tashrif buyurilganda o`qituvchi mahoratini baholash
Darsga tashrif buyurilganda o`qituvchi mahoratini qanday
baholash
kerak?
I. O`kuv faoliyati motivatsiyasi.
1. O`rganilayotgan material, ahamiyatini, maqsadini tu shuntirish.
2. Bilim olishga qiziqishni o`stirish.
3. Darsning muammoli-ijodiy tuzilishi.
4. O`qitishning ijodiy motivatsiyasi.
5. Individual, guruq bilan va umumiy ishlash.
6. O`quvchilar bilimi va tajribasiga tuzatish kiritish.
7. Fan bo`yicha maxsus mustaqil ishlash, xulosa chiqarish malakalarini
shakllantiri.
II. O`rganilayotgan material, mazmuni.
1. Materialning ilmiyligi va tushunarliligi.
2. Dolzarbligi va hayot bilan bog`langanligi (aloqasi).
3. O`quv axborotining muammoliligi va jalb qila olishi.
4. O`zlashtirish uchun berilayotgan material hajmining optimalligi.
III. Dars jarayoni tuzilishining samaralorligi.
1. Darsda vaqtdan oqilona foydalanish.
2. Faoliyat turlari sur’atining, almashinuvining va o`zgarishining
optimalligi.
3. Ko`rgazmalilik.
4. Yangi texnologiyalar (shu jumladan, axborot texnolo giyalari)dan
foydalanish arajasi.
5. Ish usullarining oqilonaligi.
6. O`quvchilar ishini nazorat qilish.
7. O`qitish samarasi.
8. Tarbiyaviy ishlar samarasi.
9. O`quvchilar rivojlanishiga darsning ta’siri.
Darsning o`rtacha bali
Darsning har bir unsurini ballarda baholash mumkin:
- a’lo — 5 ball
- yaxshi — 4 ball
- qoniqarli — 3 ball
- element kuzatilmadi — 2 ball
O`qituvchi anketasi
№
Savollar
Javoblar
ha
yo`q
1.
Barcha o`quv-tarbiya masalalarini
hal qilishda maktab
o`qituvchilari o`rtasida hamkorlik va o`zaro yordam berish
mavjudmi?
2.
Pedagogik talablarda bir xillik bormi?
3.
O`quvchilarning intizomi va xulq madaniyati sizni
qoniqtiradimi?
4.
Pedagoglarning talablarini maktab o`quvchi- lari
tomonidan qo`llab-quvvatlash, o`quvchilar muhitida o`zaro
tarbiya va o`z-o`zini tarbiyalash kuzatiladimi?
5.
Jamoada har chorak yakuni sinflar kesimida tahlil
qilinib, ota-onalar ishtirokida muhokama qilinadimi? Keyingi
chorak vazi- falari belgilanadimi?
Pedagogik faoliyatni baholashda
pedagogik jamoada xolis
tanqid va o`zini-o`zi tanqid (qilish) mavjudmi?
6.
O`tgan o`quv yili bo`yicha o`zingizning pedagogik
mehnatingiz natijalaridan qonikdin- gizmi?
7.
Ma’muriyat Sizni nazorat qilganda qo`rquvni his
qilasizmi?
8.
Ishingizdagi muvaffaqiyatsizliklar va muammolarni
ma’muriyatga ochiq aytib, o`rtoq- lashasizmi?
9.
Ma’muriyat nazorati Sizga shak-shubhasiz foyda beradi,
deb hisoblaysizmi?
Va hokazolar.
Test o`tkazish bo`yicha
ayrim tavsiyalar
- Test nazorati shaklidan foydalanishda «Sof test» deb atalgan
(javoblarni tanlash mumkin bo`lgan topshiriqdar) shakl bilan cheklanib qolmaslik
kerak.
- Ayrim fanlar bo`yicha testlardan tashqari umumiy o`quv ko`nikmalarini
anikdashga yo`naltirilgan testlardan foydalanish maqsadga muvofikdir.
- Bilim darajalari bo`yicha testlar.
1 -daraja — o`zlashtirilgan materialning reproduktiv me’yordagi
minimal hajmi.
2-daraja — asosiy dastur bo`yicha bilimlardan rekonstruktiv me’yorda
foydalanish.
3-daraja — qo`shimcha materiallarni jalb qilgan holda, bilimlarni
ijodiy qo`llash.
O`qituvchiga anketa
1. Ma’muriyat, odatda, faoliyatingizning qaysi masalalarini nazorat
qiladi?
2. Sizning iltimosingizga ko`ra darslaringizga tashrif buyurishganmi?
3. Faoliyatingizni nazorat qilishni xolis deb hisoblaysizmi?
4. Ma’muriyat Sizni nazorat qilganda ko`rquvni his qilasizmi?
5.
Nazorat paytida Sizning yutuk, va ijobiy natijalaringiz e’tiborga
olinadimi?
6. Muammolar va muvaffaqiyatsizliklarni maktab ma’muriyatiga ochiq
aytib, o`rtokdashasizmi?
7. Faoliyatingiz taxdil qilinayotganda, o`z nuqtai nazaringizni himoya
qilish imkoniga egamisiz?
8. Nazorat natijasida, Siz sifatliroq natijalarga erishish yo`llari
haqida aniq-ravshan tasavvurga ega bo`lasizmi?
9. Nazoratdan so`ng yaxshiroq ishlayapman, deb ayta olasizmi?
10. Nazorat Sizga
shak-shubhasiz foyda beradi, deb hisoblaysizmi?
Xulosa
Ta’lim sifatini xolis baholash muammosiga bag`ishlangan sakkizinchi
darsimiz ham nihoyasiga yetmokda. Unda tinglovchilar tomonidan
bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflarni umumlashtirgan holda
quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
Birinchi xulosa. Ta’lim muassasasi faoliyatini xolis baholashda qanday
mezonlardan foydalanishimiz juda muhimdir. Albatta,
bunda dastur
materiallarini o`quvchilarining asosiy qismi tomonidan o`zlashtirish darajasi
davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq kelishi, pedagogik jamoa ishining
murakkabligi oshirilgan dasturlar bo`yicha natijalari, maktablararo
olimpiadalar, ko`riklarda
ishtirok etish, tarbiyaviy ishlar natijalari kabilar
hisobga olinishi maqsadga muvofikdir.
Ikkinchi xulosa. Ta’lim muassasalarining yuqori natijalari, shubhasiz, quyidagi
omillarga bog`liq: muassasaning moddiy - texnik bazasi, o`quv- uslubiy
ta’minlanishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan,
kadrlar salohiyatidan
foydalanish, axborotlar bilan ta’minlanish, maktab ichki
iazorati va shu kabilar.
Uchinchi xulosa. Biz jadal o`zgarayotgan dunyoda yashayapmiz. Garchi
o`quvchilar
ta’lim muassasalarida yaxshi o`qisalar ham, ularga chuqur, puxta bilimlar,
ko`nikmalar berilsa ham, bu ozlik qiladi. Ta’lim muassasasi o`quvchini
mustaqil fikrlashga, o`zining qarashlari va qat’iy grajdanlik pozitsiyasiga
ega bo`lishga, o`zining
fikrini bildirishga, bozor iqtisodiyoti sharoitida
yashashga o`rgatishi darkor. Ta’lim muassasasi faoliyati baholanayotganda
mazkur jihatlar, albatta, inobatga olinishi lozim.
Nazorat uchun savollar:
1. Darslarni kuzatish va tahlil qilishdan ko`zlangan maqsad nimadan iborat.
2. Dars tahlilida psixologik holatlarni o`rni nimadan iborat?
3. Dars tahlilida yo`l qo`yiladigan asosiy xato va kamchiliklar nimadan
iborat?
4. Darsga tashrif buyurilganda o`qituvchi mahorati qanday baholanadi?
5. Darsni turlari va uning mazmuni nimadan iborat?
6. Darsni tahlil etishni qanday olib borish maqsadga muvofiq?
7. Dars jarayoni tuzilishining samaralorligi nimadan iborat?