29. Tasavvuf ta’limotida borliq muammosi. Tasavvufda oriflar va oshiqlar o‘zlarining poetik asarlarida va mifologik g‘oyalarida borliq haqidagi bilimlarini bayon etganlar.
Yangi davrda borliq masalasi. Yangi davrda borliqning mohiyati Xudoning ishlariga emas, balki tabiat qonunlariga bog‘lanadi. Tabiat borliqning butun yashirin ma’nosini qamrab oladi, shu sababli u bilan muloqot qilish, uning tabiiylik darajasini sinab ko‘rish muhimdir. Tabiatni o‘rganuvchi fanlar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Yuzaga kelayotgan kapitalizm ta’sirida tashabbuskorlik, faollik va omilkorlikning rivojlanishi individualizmga asoslangan antropotsentristik dunyoqarashni shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |