«Mohiyat va hodisa» kategoriyasi.Mohiyat — o‘zida alohidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism,sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. Hodisa esa,ularning bog‘lanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo‘li-shidir.Mohiyatdagi har qanday juziy o'zgarish ham, uning muqarrar o‘zgargan hodisasida ifodalanadi.
Mazmun va shakl kategoriyasi. Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa, hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bilish usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazmun — narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog‘lanishi bo‘lib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi.Shakl esa — sistemani tashkil qilgan element-larning strukturaviy bog’lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |