2-bob. Tadqiqot sharoitlari, obyektlari va uslublari


Mutlaq (absolyut) minimum



Download 107,5 Kb.
bet2/2
Sana03.07.2022
Hajmi107,5 Kb.
#737667
1   2
Bog'liq
2-BOB 20.05.2022

Mutlaq (absolyut) minimum: Аrktika havo massasi bemolol shimoldan kirib kelib, G’arbiy Turkiston tizmasining shimoliy yonbag’iriga taʼsir koʼrsatadi. Natijada, absolyut minimum 34o gacha tushib ketadi va hatto yoz oylarida ham havoning harorati keskin sovib ketadi (2-jadval).
1-jadval
Har xil mutlaq balandliklardagi havoning harorati



Meto-stansiyalar

Mu t/b

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

Yillik

Sangzor



1313

-2,9

-1,2

4,2

10,1

15,3

19,7

23,3

22,2

17,1

10,5

4,5

0,3

10,3

Ko’lsoy

2100

-5,4

-4,6

-0,7

4,6

10,4

13,8

16,2

14,3

10,1

4,0

-0,2

-4,0

4,9

Shahriston dovoni

3143

-8,9

-8,4

-5,1

-0,2

4,1

7,7

11,1

10,5

6,2

1,4

-3,4

-7,5

0,7

2-jadval
Havoning mutlaq (absolyut) minimum harorati



Metostansiyalar

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

Yillik

Sangzor

-31

-29

-23

-11

-2

1

6

4

-1

-13

-21

-32

-32

Shahriston dovoni

-34

-33

-28

-19

-12

-10

-2

-3

-7

-20

-24

-29

-34

Mutlaq (absolyut) maksimum: Mutlaq balandlik oshgan sayin Gʼarbiy Turkiston tizmasining shimoliy yonbag’irida bu koʼrsatkich tushib boradi. Masalan, Sangzor stansiyasida (1300 m) mutlaq maksimum +40° ga yetsa, Shahriston dovonidan (3143 metr) +25° atrofida boʼladi (3-jadval).
3-jadval
Havo haroratining absolyut (mutlaq) maksimumi



Metostansiyalar

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

Yillik

Sangzor

18

23

26

31

35

40

40

41

34

31

29

22

41

Shahriston dovoni

6

9

13

19

23

25

25

24

22

18

14

9

25

Yogʼin – sochin: Zomin milliy tabiat bogʼi hududida yog’in - sochin notekis tarqalgan. Bu hududning orografik tuzilishining murakkabligi, Gʼarbiy Turkiston tizmasining kenglik va meridian yoʼnalishda choʼzilgan juda koʼp sonli ikkinchi darajali tog’ tizmalarining borligi bilan bog’lik. Yog’in – sochinning tarqalishiga va uning miqdoriga nafaqat mutlaq balandlik, balki tog’ yonbagʼirlarining tikligi, ularning qaysi tomonga qaraganligiga (shimol yoki janub va xokazo) bog’lik. Shuning uchun yog’in – sochinning miqdori ko’proq joyning relьefiga bog’liq. Masalan, shimoli-sharqiy tomoni g’arbga nam havo massalariga nisbatan ochiq, shuning uchun yogʼin-sochin miqdori nisbatan koʼp, milliy bog’ hududida yog’in-sochin qor shaklida tushadi. 1000 m balandlikdan boshlab, xar yili noyabr oyining oxiridan qor qoplami hosil bo’ladi. Qorning erishi esa aprel oyidan kuzatiladi. Qor qoplamining qalinligi, uning uzoq turishi mutlaq balandlikka, yonbag’irlarning qaysi tomonga qaraganligiga va relьefga bog’lik. Mutlaq (absolyut) balandlikning oshishi bilan qor qoplami uzoq turadi.
Xavfli iqlim hodisalari: Respublikaning boshqa tog’li rayonlari kabi, asosan yilning salqin vaqtiga to’g’ri keladi. Tuman, sel oqimlari asosan yilning salqin vaqtlarida kuzatiladi. Eng koʼp tumanli kunlar soni, tog’ yonbagʼirlarida va baland tog’ mintaqalarida oktyabr oyidan may oyigacha kuzatiladi.
Tumanlarning tarkalishiga va ularning paydo boʼli shiga joyning orografik tuzilishi va relьef shakllari katta taʼsir koʼrsatadi.
4-jadval
Tumanli kunlar soni

Metostansiyalar

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

Yillik

Sangzor

6

6

8

4

1

-

-

-

-

2

4

6

37

Shahriston dovoni

2

4

8

11

8

3

0,9

1

0,1

3

4

3

49

Turkiston togʼ tizmasining janubiy – sharqida joylashgan kuchli togʼ toʼsigʼining mavjudligi va shimoliy qismning keng ochiqligi bogʼning mikro- iqlimiga sezilarli taʼsir koʼrsatadi.
Mintaqaviy vertikal xudud qiyaliklarining tiklik darajasiga bogʼliq boʼlgan relyef shakllarining xilma-xilligi quyosh energiyasi va yogʼingarchilikning teng taqsimlanmasligiga olib keladi. Tashqi omillarning taʼsiri natijasida hosildorlik mintaqada bir xil emas. Geobotanik hududlashtirishga koʼra archazorlar ikkiga, yangi termofil va mikroteremlarga boʼlinadi. Birinchi mintaqada Zarafshon archasi (Kira archa) formatsiyasi, ikkinchi mitaqada esa yarim – sharsimon (Saur archa) va Turkiston archasi (Oʼrik archa) formatsiyasi ajraladi.
Zarafshon archasi quyi – past mintaqada dengiz sathidan 1700 – 2300 metr balandlikda oʼsadi. Yarim sharsimon archasi esa oʼrta togʼ mintaqasida dengiz sathidan 2000 – 2500 metr balandlikda oʼsadi. Togʼning yuqori mintaqasida dengiz sathidan 2500 – 3300 metr balandlikda Turkiston archasi oʼsadi. Balandlikga koʼtarilgan sari bogʼning iqlimi oʼzgarib boradi.
Gidrometrik rejimga koʼra, ilmiy adabiyotlardagi maʼlumotlarga koʼra, bogʼ xududi doirasida yuqori mintaqada quruq, oʼrta – nam (Subgumid) va nam – subnivel (гумидносубнивелъный) iqlimi kuzatiladi.
Bogʼ xududi iqlimi oʼzining mintaqaviyligi va haroratning mavsumiyligi bilan ajralib turadi. Haroratning kecha – kunduzlik darajasi bir – biridan keskin farq qiladi. Аtmosferaning mahalliy sirkulyatsiyasi shamolning sutkali normasi bilan belgilanadi. Demak, kechasi shamol togʼlardan vodiylar tomon esadi, kunduzi esa buning aksini kuzatish mumkin.
Koʼrinib turibdiki yogʼingarchilikning yillik miqdori mintaqada 295-405 mm atrofida oʼzgarib turadi. Buning 70.4% aprelʼ oktyabrʼ oylariga toʼgʼri keladi. Yozgi yogʼin yomgʼir holida yogʼsa , togʼ choʼqqilarida qor yoki doʼlga aylanadi. Baland zonalarida qishgi qor koʼchkilari iyunʼ oylarigacha kuzatiladi.
Bu Turkiston togʼ tizmasining gʼarbiy oʼlkalaridan kirib kelayotgan sovuq-nam havo oqimini, togʼ tizmasining kengligi sabab, yetarli darajada qaytarib ola olmasligi natijasida yuzaga keladi. Quyidagi yillik yogʼingarchilik koʼrsatkichlar jadvalini keltiramiz:
Yogʼingarchilikning 50-63% bahorgi mavsumga, 6-18% yozgi mavsumga toʼgʼri keladi.
Oʼrta poyasda qurgʼoqchilik davri 3 oygacha davom etadi. Togʼning yuqori qismida yogʼingarchilikning 50% qishga, 50% bahorga toʼgʼri keladi, yozgi kuzgi mavsumda asosan avgust-sentyabrь oylariga toʼgʼri keladi.
Togʼning yuqori qismida qor qoplami sentyabrning oxiri oktyabrning boshida boshlanadi, oʼrta qismida oktyabrning oʼrtalari yoki noyabrning boshlarida boshlanadi.
Qor qoplamining davomiyligi 60 kundan 190 kungacha davom etadi. Togʼning oʼrta qismida qor qoplami 120-124 kungacha yotadi. Qor qoplamining erishi martning oxiri aprelning boshlariga toʼgʼri keladi. Qor qoplamining qalinligi oʼrtacha 30-40 sm. Sovuq boʼlmagan kunlar 164 kun davom etadi.
Fizik-geografik faktorlarning farqlanishi, geomorfologik tuzilishining xususiyatlari, iqlim va relyefning dengiz sathidan yuqoriga koʼtarilib borgan sari oʼsimliklar turli yer jinslarining hosil boʼlishi quyidagi bioiqlim zonalari, quyidagi landshaftlarni hosil qiladi.
1. Аdir zonasida toʼq jigarrang tuproqlar.
2. Subadir mintaqasida och jigarrang tuproqlar.
3. Togʼ oʼrmonlari va siyrak oʼrmon tuproqlari.
4. Baland togʼli subalp tuproqlari.
Ichki kontinental sharoit va yaqin choʼl iqlimi turli tumanlikni belgilaydi. Shimoliy qiyaliklarda birmuncha zonallikka xos boʼlsa, janubiy qiyaliklarda iqlimning quruqligi va vertikal zonalarinng toʼliq qatorlari yoʼqligi bilan farq qiladi. Shuning uchun ham shimoliy qoyalarda alivyal gidromorf, janubiy qiyaliklar alivyal kseromorf tuproq sharoitlariga ega. Biologik faktorlarning taʼsiri ostida, tuproq hosil qiluvchi jinslar va joy burmalari Zomin yerlarining kelib chiqishida katta oʼrin tutadi. Jilgʼalarga yaqinlashgan sari va qoyalar uzoqlashgan sari, shuncha ustki oqim va yuvib ketish kuchliroq boʼlib, Zomin yerlarida oziqa va namlik miqdori kam boʼladi. Oʼsimlik qoplamining pastligi turli qoya yoki turli materik jinslaridan hosil boʼlgan tuproq zaminining bir xilligi bilan asosiy marfologik xususiyat darajasini farq qilish bilan ifodalanadi. Togʼ tizmasi qoyalarining qator joylashishi va intensiv eroziya, suv oqimining faoliyati tuproq qatlamining paydo boʼlishi spetsifikatsini belgilaydi.
Yerlarning buzilishi, tiklanishi va oxir oqibat yangidan barpo boʼlishligidir. Qoyalarning buzilishidan chidamli, yaxshi yerlarda oʼsimliklarning yangidan shakllanishi kuzatiladi.
2.2. Tadqiqot obyektlari
Tadqiqotlar Zomin milliy tabiat bog‘ida brioflorasi hisoblanadi. Zomin milliy tabiat bog‘ brioflorasining taksonomiyasi, floristikasi, ekologiyasi, geografiyasi hamda atmosfera havosini monitoring qilish hisoblanadi.


2.3. Tadqiqot uslublari
Yo’sinlarning tabiatdan yig’ish va ularga ishlov berish L.I. Savich-Lyubiskaya, Z.N. Smirnova, M.S. Ignatov, Ye.A. Ignatovalarning uslublarida amalga oshirildi [65,40,81].
Yo’sinlarni turlarini aniqlashda va sistemaga solishda L.I. Savich-Lyubiskaya, Z.N. Smirnova [65], U.K. Mamatqulov [53], I.I. Abramov, L.A. Volkova [3], M.S. Ignatov, E.A. Ignatova [80,81] larning solishtirma morfo-anatomik aniqlagichlaridan foydalanildi. Gerbariy materiallar yo’sinlarning ayni spora ko’saklar hosil qilgan davrida yig’ildi.
Yo’sinlarni o’sish muhitiga munosabati A.N. Vasilyev, N.V. Belovalarning [28], qo’llanmasi yordamida, namlikka munosabati U.M. Mamatkulov tavsiya etgan klassifikasiyalar bo’yicha tahlil etildi.
Tadqiqotlar davomida turli ekologik sharoitlardan 300 dan ortiq briologik namunalar yig’ildi. Yig’ilgan materiallarni laboratoriya sharoitida (issiq xonada) ham o’rganildi. Bunda ular uchun qulay sharoitlar yaratilib kuchaytirildi va morfologik tavsiflandi hamda rasmlarga tushirildi.
Yo’sinlarning sistematikasini o’rganishda asosan qiyosiy morfo-geografik [36], botanika-geografik [36] metodlardan foydalanildi. Shuningdek taksonomik birliklarni tahlil qilishda “Mxi aziatskoy rosii” [24], “Noviye vidi mxov iz aziatskoy chasti ” [29], “Opredelitel listostebinnыx mxov” [23], “Flora” hamda O’zbekiston va unga yaqin davlatlarning floralaridan foydalanildi.
Yo’sinlar florasini tadqiq qilishda ularning o’simliklar qoplamidagi turlar tarkibini ham hisobga olish zarur. Yo’sinli qoplam qalinligi va zichligini, hamda mo’lligi va ayrim turlarni tarqalishi bir qatorda o’rganiladi.
Yo’sinlar turkum turlarini Dunyo bo’yicha tarqalishini o’rganishda va turlarni tavsiflashda Internet tarmog’idagi saytlardan http://www.libraries.rutgers edu/rul/forms/mayl/martyk.shtml; http://www.libraries. Botany and Pland Systematics; http://www.libraries.rutgers. edu/rul/rr_ gateway/research_ guides/plant_ systematics|plant_ systematics. shtml; taxa.soken.as.jp/…/zkuz_ e/MAK201651.html;) foydalanildi.
Download 107,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish