3§. Davlat byudjetining xarajatlari bo’yicha kassa ijrosining tashkil etilishi
Respublika byudjeti xarajatlariga sog’liqni saqlash, maorif, fan-texnika,
fizkultura va sport, madaniyat, mudofaa, ijtimoiy ta’minot, davlat apparatini saqlab
turish bilan bog’liq xarajatlar kiritiladi.
Respublika byudjeti hisobidan qilinadigan barcha operatsiyalar
bo’yicha xarajatlar Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan
to’lov topshiriqnomalariga asosan amalga oshiriladi. Xarajatlar
Respublika byudjeti daromadlari hisobvarag’idagi qoldiq
doirasida, Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi
Hisob-kitob kassa markazida ochilgan Moliya vazirligining 23402
"Respublika byudjeti mablag’lari" hisobvarag’i orqali amalga
oshiriladi.
Moliya vazirligining 23402 “Respublika byudjeti mablag’lari” hisobvarag’ida
xarajatlarni amalga oshirish uchun mablag’lar etarli bo’lmaganda, o’rnatilgan tartibda
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bir oy muddatga qisqa muddatli kredit
ajratishi mumkin. Lekin 2003 yildan e’tiboran bu operatsiya vaqtincha tqxtatilgan.
Respublika byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan vazirliklar, muassasalar va
boshqa xo’jalik sub’ektlarining hisobvaraqlariga o’tkaziladigan mablag’lar Moliya
vazirligi to’lov topshiriqnomalariga asosan o’tkaziladi. To’lov topshiriqnomalari
"to’lov maqsadi"da xarajatlarning bo’limi, paragrafi va turi, hisobi va analitik hisobi
ko’rsatilishi lozim.
Vazirliklar va muassasalar o’zlarining qaramog’idagi korxonalar va
tashkilotlarga, byudjet mablag’larini o’tkazish uchun taqdim etgan to’lov
topshiriqnomalarida, to’lov maqsadi va ma’lumotnoma bo’yicha byudjet
bo’linmalarini ko’rsatishlari lozim.
Respublika qaramog’idagi korxonalar va tashkilotlarga byudjet
mablag’larini hisobga olish uchun banklar tomonidan O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, 2001 yil 6 oktyabrida
ro’yxatga olingan "O’zbekiston Respublikasi banklarida
ochiladigan bank hisobvaraqalari to’g’risidagi" yo’riqnomasiga asosan
alohida talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqalarini ochadilar.
Hisobvaraqlarning tartib raqami O’zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi tomonidan 1998 yil 16-noyabrda ro’yxatga olingan
533-sonli, "O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya
hisobi va hisobotlari to’g’risida"gi yo’riqnomaning 5-ilovasi va
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 1993 yil 2
fevraldagi 11-sonli "O’zbekiston Respublikasi byudjeti daromadlari va xarajatlari
tasniflagichi"da ko’rsatilgan tartibda ochiladi.
Byudjet tashkilotlari talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqalaridan
qilinadigan xarajatlar hisobvaraqlaridagi qoldiq summa doirasida amalga oshiradilar.
Debetorlik qarzlarini, hisobdor shaxslarning qarzlarini undirish uchun va
byudjet mablag’larini tasarruf ettiruvchilar tomonidan tovar – moddiy boyliklarini
sotishdan kelib tushgan mablag’lar hisobdor shaxslarga va debetorlik qarzlari qachon
vujudga kelganligidan hamda tovar moddiy boyliklar qachon sotib olinganidan qat’iy
99
nazar byudjet muassasalarining banklardagi tegishli byudjet hisobvaraqalariga
o’tkaziladi.
■
Pul hisob-kitob hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
ro’yxatga olingan 2002 yil 12 yanvardagi 60-sonli “O’zbekiston Respublikasida naqd
pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida”gi Nizomga asosan banklarga taqdim etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati,
Favqulodda holatlar Vazirligi va Davlat bojxona qo’mitasi, Mudofaa vazirligining
harbiy qismlari pul hisob-kitob hujjatlarida to’lov maqsadlarini ko’rsatmaydilar.
Respublika byudjeti qaramog’idagi tashkilotlar va muassasalarga ish xaqi
to’lash uchun mablag’lar, Moliya vazirligi yoki tegishli moliya bo’limlaridan
ro’yxatdan o’tkazilgan xodimlar ro’yxati jadvali va xarajatlar smetasiga asosan
belgilangan muddatlarda beriladi. Ish haqi berish uchun pul mablag’lari berilganda
banklar o’rnatilgan tartibda ishchi va xizmatchilarning ushlab qolingan soliqlarini
byudjetga shuningdek, pensiya fondiga badal summalarini va boshqa to’lovlarni
o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalarini talab qiladilar.
Tashkilot va muassasalarning 23404 "Reepublika qaramog’idagi
byudjet muassasalarining mablag’lari" hisobvaraqlardan byudjet
mablag’larini ularning byudjetdan tashqari talab
:
qilib olinguncha
depozit hisobvaraqlariga o’tkazishga ruxsat etilmaydi. Byudjet
muassasalarining bir hisobvaraqlaridan ularning ikkinchi
hisobvaraqariga mablag’lar o’tkazish har bir holatda bosh
buxgalterning yoki uning o’rinbosarining ruxsati bo’yicha amalga
oshiriladi va to’lov topshiriqnomalari ularning imzosi bilan
rasmiylashtiriladi. Xarajatlarning smetalarida ko’rsatilgan moddalar bo’yicha
mablag’larning maqsadli ishlatilishi uchun byudjet muassasasi rahbarlari
javobgardirlar. Bank xodimlari taqdim etilgan to’lov topshiriqnomalarida barcha
rekvizitlar to’g’ri to’ldirilganligini tekshirib hisobvaraqlarida mablag’lari bo’lgan
holda ijroga qabul etadilar.
■
Byudjet mablag’larini tasarruf etuvchilar ya’ni vazirliklar muassasalar,
boshqarmalar byudjet mablag’lari hisobidan markaziy boshqaruv apparatini saqlash,
markazlashgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar qilishga shuningdek,
Moliya Vazirligi tomonidan o’tkazilgan mablag’larni quyi pog’onadagi byudjet
mablag’larini tasarruf etuvchilar o’rtasida taqsimlash huquqi berilgan. Quyi
pog’onadagi byudjet mablag’larini tasarruf etuvchilar ularga berilgan huquq doirasiga
qarab bo’linishi mumkin.
Moliya Vazirligi O’zdavlatzahirasini Respublika byudjeti hisobidan
moliyalashtiradi va mablag’lar 23416 "Maxsus maqsadlar fondi" balans
hisobvarag’iga korxonalar va tashkilotlar bilan tovar-moddiy boyliklari uchun hisob-
kitob qilish va safarbar etilgan zahiralarni to’ldirish uchun o’tkaziladi.
O’zdavlatzahirasi mavjud mablag’lar doirasida javobgar saqlovchilar bilan hisob-
kitob qiladi. O’zdavlatzahirasi javobgar saqlovchilar bilan hisob-kitob qilish uchun
har bir javobgar saqlovchilarga 23416 "Maxsus maqsadlar fondi" balans
hisobvarag’ida alohida shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi. Ssudalar rasmiylashtirish
uchun 17515 "Respublika byudjetining maxsus xarajatlari" hisobvarag’idan
foydalaniladi.
100
Do'stlaringiz bilan baham: |