2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


Bob. To’lov tizimi va uning elementlari



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/92
Sana29.05.2022
Hajmi0,64 Mb.
#616453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.

1 Bob. To’lov tizimi va uning elementlari 
1§. To’lov tizimi tushunchasi va uning elementlari. 
Respublikamizda bank tizimi va uning faoliyati jahon andozalariga tobora 
yaqinlashib bormoqda. Bank tizimini erkinlashtirish va erkin raqobat sharoitiga 
moslashtirish ko’zda tutilgan bir qator hujjatlar qabul qilindi. Xususan, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va uni isloh 
qilish chora-tadbirlari to’g’risidagi» Farmoni chiqarilib, unda «Moliya-bank tizimini 
isloh qilish siyosatini takomillashtirish, uning ko’proq aniq-oydinligini ta’minlash, 
iqtisodiyotda to’lovlar va xisob-kitoblar mexanizmini mustaxkamlash bo’yicha 
tavsiyalar ishlab chiqishi» lozimligi belgilab berilgan edi. Bu vazifaning bajarilishi 
aynan to’lov tizimi bilan bog’liqdir. Shuning uchun, avvalo, to’lov tizimi 
tushunchasini ko’rib chiqamiz. 
Iqtisodiyotda turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan kompaniya va firmalar 
faoliyat ko’rsatib, ular doimo bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Chunki korxona 
va tashkilotlar bir-birlari bilan oldi-sotti munosabatlarini o’rnatadilar, bu 
munosabatlar o’zaro hisob-kitoblar orqali hal qilinadi. Bu hisob-kitoblarni o’tkazish 
uchun ma’lum bir tizim mavjud bo’lishi lozim. Agar o’zaro hisob-kitob qilayotgan 
firmaga bitta bank xizmat ko’rsatsa, to’lovlar juda tez va sodda sxemada o’tkaziladi, 
ya’ni hisob-kitoblar bir bankning ichida bajarilib, bir korxona hisobvarag’idan 
ikkinchi korxona hisobvarag’iga ma’lum bir summani o’tkazish orqali 
bajariladi. Agar hisob-kitob qilayotgan firmalar turli bank xizmatidan foydalansalar, 
u holda to’lovni bir bankdan ikkinchi bankka o’tkazish uchun ma’lum bir to’lov 
tizimidai foydalanishga to’g’ri keladi. Bu to’lov tizimi arzon, qulay shu bilan birga 
xavfsiz ham bo’lishi lozim. Agar to’lov tizimi rivojlangan bo’lsa, undan foydalanish 
sur’ati ham oshib boradi. 
To’lov tizimlari turli shakllarda tashkil etiladi, lekin ularning maqsadi doimo 
bitta, ya’ni aholiga va xo’jalik sub’ektlariga o’z pul mablag’larini bir 
bankdagi hisobvaraqdan boshqa bank hisobvarag’iga tez o’tkazib berishni 
ta’minlashdir. To’lovchi va to’lovni oluvchi uchun muqobil yo’l bo’lib naqd pul 
orqali hisob-kitob qilish yoki barter bo’lishi mumkin. Lekin bunday hisob-kitoblar 
ko’p hollarda cheklangan bo’ladi. 
To’lov tizimidan banklar ham foydalanadilar. Banklar to’lov tizimidan o’z 
faoliyatlari bilan bog’liq operatsiyalar bo’yicha pul o’tkazishda, shu bilan birga 
mijozlarning operatsiyalari bo’yicha pul o’tkazishda foydalanadilar. 
Qanday shaklda foydalanishdan qat’iy nazar to’lov tizimi o’z ichiga 4 
bosqichni oladi. 
1-bosqich - to’lovning boshlanishi, ya’ni to’lovchi o’z bankiga pulni o’tkazib 
berish to’g’risida topshiriq beradi. 
2-bosqich - to’lov tizimining ishtirokchi banklari o’rtasida to’lov 
hujjatlarining almashishi, ko’pincha bu operatsiya kliring deb yuritiladi. 
3-bosqich - to’lov tizimining ishtirokchi banklari o’rtasida hisob-kitob 
o’tkazish, ya’ni to’lovchi banki pul o’tkazib berishi lozim. Bundan tashqari, banklar 
uchinchi ishtirokchi orqali, unda o’z hisobvaraqlarini ochish orqali hisob-kitob 
qilishlari mumkin. Bu holda ko’pincha uchinchi tomon rolini Markaziy bank bajaradi. 


5
4-bosqich – to’lovlarni qabul bilan bog’liq operatsiyalarni yakunlash. 
To’lov tizimi turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Masalan, Bryus 
Sammers fikricha, iqtisodiy faoliyatni tashkil etish natijasida paydo bo’lgan 
majburiyatlarni ushlab turish uchun pulli to’lovlarni o’tkazishda ishlatiladigan 
mablag’lar yig’indisiga to’lov tizimi deyiladi. 
Bu talqinda asosiy o’rin mablag’larga berilayapti, buning uchun naqd hamda 
naqdsiz pullardan foydalaniladi. Yuqoridagi talqindan yana shunday xulosaga kelish 
mumkinki, to’lov tizimi majburiyatlarni ushlab turish imkoniyatini beradi. Naqdsiz 
pullardan foydalaniladigan to’lov tizimida ma’lum bir to’lov vositalari ishlatiladi, ya’ni 
mablag’larni o’tkazish uchun qog’oz hujjatlar yoki elektron hujjatlar ishlatiladi. Jahon 
banki mutaxassislaridan yana biri O.Margaret to’lov tizimiga quyidagicha ta’rif 
bergan. «To’lov tizimi bu - pul mablag’larini o’tkazish mexanizmidir». To’lov 
tizimiga yana bir ta’rif Rossiyaning iqtisodchisi M.P. Beryozina tomonidan berilgan 
bo’lib, unga ko’ra «mamlakatning to’lov tizimi - bu iqtisodiy faoliyat natijasida 
yuzaga keluvchi qarz majburiyatlarining bajarilishini ta’minlovchi, qonuniy 
boshqariluvchi elementlar yig’indisi». Bu ta’rif mazmunan Bryus Sammers 
ta’rifiga yaqinroq ekanligini ko’rish mumkin, ya’ni bu ikki ta’rifda «... yuzaga 
kelgan majburiyatlar...» degan tushuncha ishlatilgan. Demak, bu ta’riflarda 
tovar va xizmatlar qiymatini to’lash bilan bog’liq bo’lgan majburiyatlar, 
shu bilan birga moliyaviy majburiyatlar ham ko’zda tutilgan. Moliyaviy 
majburiyatlar davlat byudjeti oldidagi yuridik va jismoniy shaxslarning 
majburiyatlaridir deb qaraydigan bo’lsak, unda barcha naqd pulsiz hisob-kitoblar, 
jumladan, banklarning davlat byudjetini kassaviy ijro etish operatsiyalarining 
bajarilishini to’lov tizimi orqali amalga oshirilishini ko’rishimiz mumkin. 
Bir qator ta’riflarni ko’rib, ular to’g’risida mushohada yuritish natijasida to’lov 
tizimiga umumiy qilib quyidagi ta’rifni beramiz: «To’lov tizimi - iqtisodiy 
faoliyat natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar bo’yicha sub’ektlar o’rtasida pul 
mablag’larining qonun-qoidalar asosida harakatlanishini ta’minlovchi dastur yoki 
mexanizmdir». 
Bizning fikrimizcha, bu mexanizmni harakatga keltirish uchun ishtirokchilar, 
mexanizm oldiga qo’yilgan huquqiy talablar, to’lov vositalari yoki qurollari kerak 
bo’ladi. 
To’lov tizimining ishtirokchilari bo’lib jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, 
hukumat, banklar va boshqa moliyaviy institutlar bo’lishi mumkin. 
Jismoniy shaxslar to’lov tizimini boshqarib turuvchi Markaziy bank bilan 
bevosita aloqada bo’lmasalarda ular to’lov tizimida qatnashadilar. Bu qatnashuv 
bilvosita bo’ladi, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslar o’zlariga xizmat ko’rsatuvchi 
bankka o’z hisobvaraqalaridagi pul mablag’larini boshqa bankka o’tkazib berish 
bo’yicha topshiriq beradilar. Bu topshiriqni bajarish uchun tijorat banklari to’lov 
tizimiga bog’lanadi. Agar ushbu ishtirokchilar bo’lmaganda edi tijorat 
banklarining o’zi to’lov tizimining to’laqonli ishtirokchilari bo’lishi mumkin emas edi. 
Shu bilan birgalikda hukumat hamda turli moliyaviy institutlar ham to’lov 
tizimida qatnashadilar. Bu qatnashuv ham tijorat banklari orqali bo’ladi. Chunki 
ularning hisobvaraqalarini tijorat banklari yuritadilar. 
Demak, hozirgi kunda respublikamiz to’lov tizimining asosiy va bevosita 


6
ishtirokchilari tijorat banklaridir. Bu haqda batafsil quyiroqda to’xtalib o’tamiz. 
To’lov gizimiga mexanizm sifatida qarab uning oldiga qo’yilgan bir qator 
talablarni ko’rib chiqamiz. 
Birinchidan, to’lovchi va pul oluvchilarning huquqlari aniq belgilangan bo’lishi 
kerak; 
Ikkinchidan, pul mablag’larining o’tkazilishi huquqiy tomondan belgilangan 
bo’lishi lozim, ya’ni qonun bilan mustahkamlangan tartiblar amaliyotga to’la tadbiq 
etilishi lozim; 
Uchinchidan, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan bo’lishi kerak; 
To’rtinchidan, kam xarajatli bo’lishi, tannarx hisobga olinishi lozim; 
Beshinchidan, yo’qotishlar va qonunbuzarliklarning oldini olish 
imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. 
Agar yuqoridagi sanab chiqilgan talablarga javob bersa, bunday to’lov tizimi 
muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi mumkin. 
To’lov tizimini mexanizm sifatida qaraganimizda uning yana bir harakatga 
keltiruvchi elementi sifatida to’lov vositasi yoki to’lov qurollarini ko’rishimiz mumkin. 
To’lovni o’tkazishni boshlash aynan to’lov vositalarini tanlashdan boshlanadi. 
To’lov vositalariga kredit instrumentlari sifatida to’lov talabnomasi, to’lov 
topshiriqnomasi, inkasso topshiriqnomasi, akkreditiv ochish uchun ariza, debet 
instrumentlari sifatida esa cheklarni kiritish mumkin. Hozirgi kunda magnit, plastik 
kartochkalar ham to’lov vositalari sifatida keng ishlatilmoqda. 
Ko’pgina chet davlatlarda to’lov instrumentlarini tanlashdan avval bir qator 
savollar o’ylab ko’riladi. Har bir konkret operatsiya bo’yicha alohida savollar echimi 
topiladi. 
Masalan: 
1.
Bu operatsiya shu erning o’zida (do’kon, supermarket) 
bajariladimi yoki operatsiyani yakunlash uchun ma’lum vaqt 
kerak bo’ladimi? 
2.
To’lov summasining miqdori katta yoki kichikmi? 
3.
To’lov mahalliymi, shaharlararo yoki xalqaromi? 
4.
Bu operatsiya doimiymi (1 oy, kvartal, yil) yoki bir 
martalikmi? 
5.
Bu operatsiya muddatlimi? Shu kuni yakunlanadimi yoki 
bir necha kundan so’ngmi? 
6.
Har bir konkret to’lov instrumentining tannarxi 
qanday? 
7.
To’lov kafolati qanday? 
Bunday savollarni har bir konkret operatsiya bo’yicha ishtirokchilar o’ylab, 
vaziyatni tahlil qilib o’zlariga qulay bo’lgan variantni, o’zlariga qulay bo’lgan to’lov 
instrumentini tanlaydilar. Bu esa shartnomada mustahkamlab qo’yilgan.. 
Ko’p yillar davomida to’lov tizimining ishi Markaziy bankning aktiv qiziqish 
sohasiga kirmas edi. Unga «ko’zga ko’rinmas» faoliyat turi sifatida qaralib, bank 
siyosatining asosiy masalalariga tegishli emasdek bo’lib hisoblanardi. hozirgi kunda 
bunday e’tibor tubdan o’zgardi. Oxirgi 15-20 yil ichida ko’p davlatlar, asosan bozor 
iqtisodi rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida quyidagi holatlarni kuzatish mumkin: 


7
Birinchidan, bank o’tkazmalarining soni va o’tkazilayotgan mablag’larning hajmi 
ortib borishi natijasida to’lov tizimi oborotining beqiyos darajada o’sishi. Bu esa, 
birinchi navbatda butun dunyoda moliviy bozor aktivligining o’sishiga va 
to’lovlarning tezlashuviga yordam berdi. 
Ikkinchidan, to’lov tizimi ichida pul mablag’larining bir joydan ikkinchi joyga tez 
o’tishini ta’minlovchi texnika va texnologiya tizimidagi katta muvaffaqiyatlarning 
qo’lga kiritilishi. To’lov tizimidagi yangi texnologiyalarning yaratilishi va 
ularning amaliyotga tadbiq etilishi to’lovlarning bir necha daqiqada bir 
xududdan ikkinchi hududga o’tkazib berishi uchun sharoit yaratdi. 
Bu esa, hozirgi to’lov tizimining bozor iqtisodiyotini rivojlantirishdagi rolining 
beqiyos ekanligini ko’rsatadi. Umumiy qilib aytganda, to’lov tizimi iqtisodiyot 
moliyaviy infratuzilmasining hayotiy muhim elementi, iqtisodiyot samaradorligiga 
ta’sir etuvchi omil bo’lib hisoblanadi. Shu bilan birga pul-kredit siyosati orqali 
iqtisodiyotni samarali boshqarishni ta’minlovchi zaruriy vosita bo’lib hisoblanadi. 
To’lov tizimining iqtisodiyotda tutgan o’rni Markaziy bank faoliyati bilan 
chambarchas bog’liq, chunki Markaziy bankning asosiy maqsadi mamlakatda pul-
kredit va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. 
Markaziy bank to’lov tizimiga nisbatan uning rivojlanishi va shu orqali o’z 
maqsadiga erishishni ta’minlash borasida qanday ta’sir o’tkazishi mumkin? Bu 
savolga javob berish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim. 
Birinchidan, Markaziy bankni to’lov tizimining foydalanuvchisi sifatida ko’rib 
chiqamiz. Markaziy bank pul o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan o’z faoliyatiga tegishli 
bo’lgan operatsiyalarni o’tkazadi. Bunga pul-kredit siyosatini o’tkazish uchun rasmiy 
ochiq bozoridagi operatsiyalari, davlat qimmatli qog’ozlari bilan bo’ladigan rasmiy 
operatsiyalari, jumladan yangi qimmatli qog’ozlarni chiqarish, eskilarini to’lash 
operatsiyalari, chet el valyuta operatsiyalari bo’yicha milliy valyutada hisob-
kitoblarning to’lov tizimi orqali o’tkazishi misol bo’ladi. Bundan tashqari, boshqa 
barcha korxonalar qatori Markaziy bank ham o’z ishchi xizmatchilariga ish haqi, turli 
nafaqalar, komandirovka xarajatlari, mukofotlar to’lashi lozim bo’ladi, bunday 
to’lovlar ham aksariyat hallarda to’lov tizimini chetlab o’tmaydi. 
Ikkinchidan, Markaziy bankni to’lov tizimining ishtirokchisi sifatida ko’rib 
chiqamiz. To’lov tizimining ishtirokchisi sifatida Markaziy bankni o’z mijozlari 
nomidan pul o’tkazish yoki to’lovni olish operatsiyalarini bajarish jarayonida 
kuzatishimiz mumkin. Masalan, Markaziy bank hukumat yoki boshqa hududiy 
Markaziy banklar kabi o’z mijozlarining operatsiyalarini bajarish jarayonida to’lov 
tizimining ishtirokchisiga aylanishi mumkin. 
Uchinchidan, Markaziy bankning to’lov xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik 
shaxs sifatidagi rolini ko’rishimiz mumkin. Bunday xizmatlar to’lov tizimi 
doirasida ishlovchi tijorat banklari uchun hisob markazlarini tashkil qilish va ularga 
xizmat ko’rsatish bilan belgilanadi. Bundan tashqari, to’lov tizimi uchun o’z 
mablag’lari yoki tijorat banklari, shu bilan birga boshqa tijorat tashkilotlarining 
mablag’larini qo’shish evaziga texnik vositalar, programmalar, 
instruktsiyalar, kommunikatsiyalar bilan ta’minlash jarayonidaham Markaziy 
bankning to’lov tizimi orqali to’lov xizmatlarini bajaruvchi rolini ko’rishimiz 
mumkin. 


8
Va nihoyat to’rtinchidan, Markaziy bankning davlat qiziqishlarini 
himoyalovchisi sifatidagi rolini ko’rib chiqamiz. Markaziy bankning bu roli ancha 
keng xarakterga ega bo’lib, o’z ichiga quyidagi qirralarni oladi. 
-
to’lov tizimini harakatga keltiruvchi vazifasini 
bajaradi; 
-
to’lov tizimi qatnashchilari ustidan nazorat o’rnatadi; 
-
to’lov tizimi ishini boshqaradi va rejalashtiradi; 
-
da’volar bildirilganda arbitraj funktsiyasini 
bajaradi; 
-
texnik standartlarni ishlab chiqish va joriy qilish 
bilan shug’ullanadi va hokazo. 
Sanab o’tilgan Markaziy bankning to’lov tizimi bilan bog’liq jihatlariga yana 
to’lov tizimi orqali o’tadigan kundalik to’lovlarning kafolatlanishini ta’minlashni 
ham kiritish mumkin. Lekin bu faqat Markaziy bankka emas, bir vaqtning o’zida 
tijorat banklarining vakillik hisobvaraq-larining ham holatiga bog’liq. 
Rivojlangan davlatlar iqtisodiyotini kuzatar ekanmiz, Markaziy banklarning 
to’lov tizimidagi ishtiroki turlicha ekanligini ko’rish mumkin. Bu har xillik turli 
davlatlarning turli iqtisodiyo, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy shart-sharoitlari bilan 
belgilanadi. Ba’zi davlatlarning Markaziy banklari to’lov tizimini yaratish va uni 
ekspluatatsiya qilish masalalariga chuqur kirishib ketganlar. Bunday davlatlarga 
Germaniya, Frantsiya, Italiya va Ispaniyani kiritish mumkin. Ba’zi davlatlarning 
Markaziy banklari qonunchilik bilan belgilab qo’yilgan spetsifik majburiyatlar 
bilan bog’liq bo’lgan muvofiqlashtiruvchi rolini bajaradi. Ba’zi davlatlardagi 
Markaziy banklar o’z mijozlari nomidan to’lovlarni bajarish bo’yicha aktiv 
faoliyat olib borishni afzal ko’radilar Amerika qo’shma Shtatidagi Markaziy 
banklari o’z faoliyatini ko’proq to’lov xizmatlarini tijorat asosida olib borishga 
harakat qiladi. 
To’lov tizimida Markaziy banklarning ishtiroki turlicha bo’lishiga qaramay, 
ularning maqsadlari deyarli o’xshash, xususan, kamroq xarajat qilib minimal 
tavakkalchilik asosida foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondiruvchi tizimni 
ta’minlashdan iboratdir. 
O’zbekiston Respublikasi to’lov tizimi ham Markaziy bank tomonidan tashkil 
qilinib, tizimning harakati hisob-kitob markazlari orqali amalga oshiriladi. 
Respublika Markaziy banki hisob-kitob markazi faoliyatini muvofiqlashtirib, 
nazorat olib boradi. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish