Tayanch iboralar
Byudjet
Kassa ijrosi
Byudjet xisobvaraqlari
Respublika byudjeti
Maxalliy byudjet
Soliqlar
Tushumlar
Byudjetdan tashqari jamgarmalar
Byudjet mablaglarining taqsimlanishi
Byudjet daromadlari
Byudjet xarajatlari
Nazorat savollari
1.
Davlat byudjetining daromalariga nimalar kiradi?
2.
Davlat byudjetining xarajatlarining strukturasi qanday?
3.
Davlat byudjetining kassa ijrosi bqyicha operatsiyalariga nimalar kiradi?
4.
Davlat byudjetining kassa ijrosi kim tomonidan tashkil etiladi?
5.
Davlat byudjetining kassa ijrosi bqyicha operatsiyalar qaysi
xisobraqamlarida xisobga olinadi?
6.
Byudjet daromadlari bqyicha operatsiyalarning xisobi va rasmiylashtirish
tartibini tushuntiring?
7.
Byudjet xarajatlari bqyicha operatsiyalarning xisobi va rasmiylashtirish
tartibi qanday?
8.
Yil boshida byudjet xisobvaraqlarini yopish tartibi qanday?
104
6 Bob. Yangi bank texnologiyalari
1§. Bank texnologiyalari va ularning turlari
Tijorat banklari faoliyatlarning asosiy tamoyillari jalb etilgan resurslar
doirasida ish olib borish, iqtisodiy mustaqillik, pul bozorlaridagi holatga
yo’naltirilayotgan mustaqil kredit, depozit va foiz siyosatini yuritish, shuningdek,
banklar va ularning mijozlari o’rtasidagi munosabatlarni bozor iqtisodiyoti
talablariga moslashtirishdan iborat.
Bank texnologiyalari deganda banklar o’z faoliyatini yuritishda kompyuter
texnologiyalari, tizimlari, ularga yordamchi elektron vositalar va dasturlar tizimi
tushuniladi. Masalan, bank texnologiyalariga bugungi kunda jahon bank tizimida
qo’llanilayotgan, shu jumladan, O’zbekistonda ham joriy qilingan elektron to’lovlar
tizimi, «Bank-mijoz» dasturi, xalqaro pul to’lovlari tizimi, SWIFT va Western
Union, Internet Banking, plastik kartochkalar, bankomatlar va boshqa bir qancha
bank faoliyatini yuritish uchun qo’llaniladigan texnologiyalari ham shular
jumlasidandir.
Elektron to’lovlar tizimi – bu banklararo naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga
oshirishning eng zamonaviy ko’rinishidir. Bu tizim orqali banklararo naqd pulsiz
to’lovlar tez va aniq amalga oshiriladi. Bundan elektron pullar mamlakatning
istalgan burchagiga sanoqli daqiqalar ichida o’tkaziladi. To’lovlarni amalga
oshirishda ushbu tizim a’zolari orasida maxsus elektron uskunalar orqali tarmoqqa
ulangan bankning hisob raqamiga pul mablag’lari kelib tushadi. Natijada vaqt ham
tejaladi, xarajatlar ham kamaytiriladi.
SVIFT – bu xalqaro kompyuter aloqasidir. SVIFT so’zi – «Xalqaro
banklararo telekommunikatsiyalar jamiyati» (Society for Worldwide Interbank
Financial Telekommunication) ma’nosini anglatadi va a’zo banklar o’rtasida
ma’lumot yuboruvchi vosita xizmatini bajaradi. SVIFT 1977 yil tashkil topgan
bo’lib, hozirgi kunda 30dan ortiq mamlakatlardagi banklarni bir-biri bilan bog’lab
turadi. Shu bilan birga faqat Evropada emas, balki Shimoliy va Janubiy Amerika,
Yaponiya, Gongongda ham keng qo’llaniladi. Angliyaning barcha yirik banklari
SVIFT tarmog’iga ulangan.
SVIFT ma’lumotlari ma’lumot yuboruvchi bankning kompyuterlari
terminalida teriladi. Tekshirishlardan va ruxsat berilgandan so’ng ma’lumotlar
tizimining kompyuter markazlaridan biri (markazlar – Belgiya, Gollandiya va
AQShda joylashgan) orqali qabul qiluvchi bankka yuborilgandan bir necha daqiqa
ichida etib boradi. Tizimning afzallik tomonlari uning tezligi va
himoyalanganligidadir. Ma’lumotlar faqat yuboruvchining hujjati bilan yuboriladi.
Qabul qilib oluvchi kelgan ma’lumotlarning haqiqiyligi to’g’risida ishonch hosil
qilish mumkin.
Yangi bank texnologiyalarining kashf qilinishi bilan birga yangi bank
mahsulotlari va xizmatlari soni ham ko’payib bormoqda. Ularning eng asosiysi,
elektron hisob-kitoblar mexanizmini harakatda bo’lishini ta’minlovchi vosita -
plastik kartochkalardir. Plastik kartochkalar bo’yicha operatsiyalar o’z ichiga
105
quyidagilarni oladi:
- banklar yordamida amalga oshiriladigan operatsiyalar;
- aholining savdo tashkilotlari bilan hisob-kitoblar elektron tizimi;
- mijozlarga uyda va ish joyida bank xizmatlari ko’rsatish.
Plastik
kartochkalar
hisob-kitoblar uchun chiqarilgan bo’lib, ular bir qancha
turlarga bo’linadi. Plastik kartochkalar o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ularda
ma’lum bir axborotlar to’plami saqlanadi va turli qo’shimcha dasturlar bilan
birgalikda qo’llaniladi. Kartochkalar yordamida binoga kirib chiqishga ruxsatnoma
sifatida, kompyuterga ishlashga ruxsat, haydovchilik guvohnomasi, telefon
so’zlashuvlari uchun to’lashda va boshqa maqsadlarda qo’llash mumkin. Pul
muomalasi sohasida plastik kartochkalar naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil
qilishda progressiv vositalardan biri bo’ladi.
Bank texnologilariga bank-mijoz dasturiy majmuasini kiritish mumkin. Bu
dastur bank va mijozning avtomatlashtirilgan aloqasi uchun belgilangan bo’lib,
mijoz bilan bank o’rtasida kommunikatsion aloqa tarmog’i orqali faylda
ma’lumotlar almashinuviga asoslangan. Bank-mijoz dasturi ko’rsatiladigan bank
xizmatlarining barcha asosiy turlarini o’z ichiga oladi. Bunda hujjatlar aylanishi
qog’oz ishlatilmasdan kompyuter orqali elektron axborot almashish va qayta ishlash
ko’rinishida amalga oshriladi. Yangi bank texnologiyalarining har biri haqida
keyingi paragraflarda fikr yuritamiz.
106
Do'stlaringiz bilan baham: |