2-bob. Budjet tizimi budjetlarining mohiyati va mazmuni reja


Davlat budjetining loyihasini ishlab chiqish



Download 49,62 Kb.
bet6/8
Sana19.07.2022
Hajmi49,62 Kb.
#824897
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
byudjet-1

Davlat budjetining loyihasini ishlab chiqish. Davlat budjetining loyihasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqish chiqiladi. Davlat budjetining loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi;

  • daromadlarning tashkil topish manbalari bo’yicha Davlat budjeti daromadlari prognozi;

  • budjet mablag’larini taqsimlovchilarning budjet so’rovlari va O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan ayrim tadbirlar uchun xarajatlar hajmining prognozi;

  • Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori va uni qoplash manbalari;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari loyihalari asosida ishlab chiqiladi.

Davlat budjetining loyihasida xarajatlar daromadlarning prognoz qilinayotgan hajmidan kelib chiqib Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori hisobga olingan, uni qoplash manbalari belgilangan holda nazarda tutiladi.
Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihalari tushumlar manbalari bo’yicha daromadlar va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar prognozidan tarkib topadi.
Davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yo’l qo’yilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan budjet loyihalari asosida budjetnoma shakllantiriladi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga - joriy yilning 15 sentyabriga qadar kiritiladi
Budjetnoma - erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini nazarda tutadigan hujjat bo’lib, ushbu yo’nalishlar asosida O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihalari shakllantiriladi.
Budjetnoma:

  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o’tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosini;

  • Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozini;

  • Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;

  • soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihasini;

  • Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasini;

  • davlat qarzining holati to’g’risidagi ma’lumotlar;

  • soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasiga doir tushuntirish xatini o’z ichiga oladi.

Budjetnoma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun - joriy yilning 20 sentyabriga qadar kiritiladi. O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari, O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqcadli jamg’armalari budjetlarining loyihasi bo’yicha ikki haftalik muddatda xulosa taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga -O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay kiritiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Budjetnoma O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi.
Mamlakatning oliy ijroiya organi - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullanganidan so’ng Davlat budjetining loyihasi muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish) uchun qonunchilik organi bo’lgan Oliy Majlisga taqdim etiladi. Odatda, budjetning loyihasi Oliy Majlisning har bir palatasida (oldin quyi palata bo’lgan Qonunchilik palatasida va yuqori palata sanalgan Senatda) alohida-alohida muhokama qilinadi.
Mamlakat parlamentining har bir palatasida aniq budjet masalalari bilan shug’ullanuvchi maxsus qo’mitalar va komissiyalar faoliyat ko’rsatadi. Ular budjet loyihasining tegishli moddalarini atroflicha taxdil qiladilar, zaruriy hollarda o’zgartirishlarni taklif qiladilar va tushuntiruv xati bilan birgalikda budjetning loyihasiga xulosa beradilar.
Oliy Majlisning har bir palatalarida budjet loyihasi qabul qilinganidan so’nts har ikki palata o’rtasida budjet loyihasi bo’yicha kelishmovchiliklar mavjud bo’lmasa, mamlakat parlamentining budjet to’g’risidagi umumiy qarori qabul qilinadi. Agar palatalar o’rtasida budjet loyihasi bo’yicha kelishmovchiliklar vujudga kelsa, har ikki palataning vakillaridan iborat bo’lgan muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni bartaraf etishi kerak.
Parlamentda budjet loyihasini muhokama etish (ko’rib chiqish)da budjet tashabbuskorligining mavjudligi muhim ahamiyatga egadir. Budjet tashabbuskorligi deyilganda parlament a’zolarining xukumat tomonidan taqdim etilgan budjet loyihasiga nisbatan o’zgartirishlar kiritish xuquqi nazarda tutiladi9
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Davlat budjetini, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini hamda navbatdagi yil uchun soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining navbatdagi yil uchun Davlat budjeti to’g’risidagi qarorlarini ijro etish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi, unda:

  • asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi;

  • Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining asosiy parametrlari;

  • Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori va uni qoplash manbalari;

  • davlat maqsadli jamg’armalarining asosiy parametrlari;

  • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari miqdorlari;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlari, O’zbekiston Respublikasining respublika budjetidan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalarning cheklangan miqdorlari;

  • umumdavlat soliqlari tushumlaridan Qoraqalpog’iston Respublikasi

budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga
ajratmalarning normativlari;

  • O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdorlari;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg’armasining, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg’armalari miqdorlari tasdiqlanadi.

  1. Budjet tizimi budjetlarini ijro etish tartibi

Budjet tizimi budjetlarining ijrosi budjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan, budjet tizimi budjetlari daromadlarining tushishini ta’minlash va xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek ularning ijrosi bilan bog’liq operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi.
O’zbekiston Respublikasi respublika budjetining, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’minlanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan ta’minlanadi.
Budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg’armalarining ijrosi budjet tashkilotlari tomonidan ta’minlanadi.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan g’azna ijrosi yo’li bilan amalga oshiriladi. G’azna ijrosi faoliyatni chet elda amalga oshirayotgan budjet tashkilotlariga va budjet mablag’lari oluvchilarga tatbiq etilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida budjet tizimi budjetlari, budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar uchun shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ochiladi.
Budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar o’z xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag’larni moliya yili tugaguniga qadar sarflashga haqli.
Mamlakatda mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni, ichki tartibni saqlash bilan bog’liq xarajatlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va qo’shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi10.
Yagona g’azna hisobvarag’i O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag’i bo’lib, unga budjet tizimi budjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladi hamda undan mazkur budjetlarning xarajatlari to’lanadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda o’zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.
Yagona g’azna hisobvarag’i O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladi.
Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo’shimcha vaqt davri bo’lib, bu davr mobaynida o’tgan yil uchun budjet tizimi budjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet tizimi budjetlarining qo’shimcha vaqt davridagi ijrosi bo’yicha operatsiyalarni o’tkazish tartibini va eng kech muddatlarini belgilaydi.
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlarini boshqarishda joriy moliya yili uchun mo’ljallangan Davlat budjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori ortgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Davlat budjeti xarajatlarini qisqartirish to’g’risida takliflar kiritadi.
Davlat budjeti xarajatlarini qisqartirishda xarajatlarning ustuvorligi va ijtimoiy yo’naltirilganligi budjet tashkilotlarining va budjet mablag’lari oluvchilarning qabul qilingan yuridik hamda moliyaviy majburiyatlari hisobga olingan holda baholanadi.

Download 49,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish