13
mahsulotlar va xizmatlarni taklif qilishda kichik
va katta kompaniyalar uchun
strategik imkoniyatlar yaratdilar.
Internet-texnologiyalari mijozlarga mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish
(MMB) (inglizchada CRM) va elektron biznes uchun boshqa dasturiy ilovalari
koordinatsion markazini tashkil qilishi mumkin. CRM-tizimlar va Internet, intranet,
ekstranet
web-saytlari
bilan
birgalikda
kompaniya
ichida
interaktiv
kommunikatsiyalari, hamda mijozlar, yetkazib beruvchilar,
ish hamkorlari va
boshqa tashqi muhit bilan muloqot qilish uchun yangi kanallarini yaratishlari
mumkin. Bunday aloqalar aksariyat biznes-funksiyalari mijozlari bilan doimiy
muloqotda boʻlishga, mahsulotlarni ishlab chiqish,
marketing, yetkazib berish,
xizmat koʻrsatish va texnik qoʻllab quvvatlashda mijozlar bilan kross-funksional
munosabatlarda boʻlishni rag‘batlantirishga imkoniyat beradi. Biz 8- bobda CRM-
tizimlarni koʻrib chiqamiz.
Qoida tariqasida, mijozlar savol
berish yoki shikoyat qilish, mahsulotlarni
baholash, soʻrov berishni qoʻllab quvvatlash va oʻzining xaridlarini kuzatish uchun
internetdan foydalanishadi. Internet va korporativ intranet-tarmoqlaridan
foydalanish korxona boʻyicha biznes-funksiyalar mutaxassislariga samarali javob
qaytarishiga hissa qoʻshishi mumkin. Bu qobiliyat
kross-funksional guruhlarni
mijozlarni jalb qilish, ularga xizmat koʻrsatish va qoʻllab quvvatlash uchun guruh
muammolarini muhokama qilish va hal etishni rag‘batlantiradi. Hattoki internet va
ekstranet ulanishdan yetkazib beruvchilar va biznes hamkorlar mijozlari oldida
kompaniya majburiyatlarini bajarish uchun sifatli komponentalari va xizmatlarini
tezkor yetkazib berishni ta’minlovchi biznesni yuritish usullari sifatida
foydalanishlari mumkin.
Ushbu jarayon biznes sifatida mijoz qiymatiga oʻzini e’tiborini
namoyish
qiladi.
2.6-rasm mijozga yoʻnaltirilgan biznesni oʻzaro aloqalarini namoyish etadi.
Elektron biznes modelini qoʻllab quvvatlovchi intranetlar, ekstranet, elektron tijorat
web-saytlari va webni oʻz ichiga olgan ichki biznes jarayonlari koʻrinmas AT
platformani shakllantiradi. Platforma kompaniya xohlaydigan mijoz turlariga
14
moʻljal olishga imkon beradi. Muvaffaqiyatli biznes oʻzining mijozlariga ta’sir
etuvchi va har bir mijozni inobatga oladigan ma’lumotni xodimlariga taqdim etish
uchun CRM tizimlarini ishlab chiquvchi va mijozlariga yuqori sifatli personal
xizmat koʻrsatishni taklif etuvchi barcha biznes jarayonlarni optimallashtiradi.
Mijozga moʻljallangan biznes elektron tijorat mijozlariga oʻz-oʻzlariga
yordam berishlariga va oʻzlarining ishlarini bajarishda yordam beradi.
2.6-rasm. Mijozga moʻljallangan biznes qanday qilib internet texnologiyalari
yordamida mijozlar moyilligini ta’minlashlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: