Mutlaq yoki nisbiy qulaylik (afzallik) qonunining asl mohiyati shundaki, har bir mamlakat o’zining ichki imkoniyat va sharoitlaridan kelib chiqqan holda malum mahsulotni ma’lum vaqt mobaynida boshqa davlatlarga qaraganda arzonroq, ya’ni kamroq xarajat bilan etishtiradi va uni bozorda oson sotadi. Sotilgan mahsulotning puliga o’zida yo’q yoki yetishtirilishi qimmatroq, serxarajatroq tovarlarni, boshqa hududlarda nisbatan arzonroq ishlab chiqarilgan narsalarni xarid qilib oladi. Bunday tovar ayirboshlash naqd pulsiz, yani barter usulida ham olib borilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |