2. Avtomatik qurilmalarni rivojlanish tarixi haqida ma’lumotlar


Avtomatik qurilmalarni rivojlanish tarixi haqida ma’lumotlar



Download 192,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi192,09 Kb.
#886024
1   2
Bog'liq
1- (1)

Avtomatik qurilmalarni rivojlanish tarixi haqida ma’lumotlar
Avtomatik boshqarish va rostlash tizimlarini birinchi paydo bo‘lgan aniq vaqti noma’lum. 
Birinchi bo‘lib rostlovchilarni qurish zarurati bilan yuqori aniqlik mexanizmlarini yaratuvchilar 
duch keldilar, birinchi navbatda-soatchilar. Nihoyatda sezilarli bo‘lmagan xalaqitlar ham, 
aniqlik shartlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilmaydigan, ularni normal harakatlanishdan chetga 
chiqishga olib kelgan. 
Bunday tusiqlarga qarshi konstruktiv vositalar bilan ta’sir ko‘rsatib bo‘lmagan, va aniqlik 
masalasini yechish uchun, tizim tarkibiga rostlagichlarni kirita boshladilar. r. Avtomatika 
asrining o‘rtasida, ulardan amaliyotda (markazdan qochma mayatniklar, tegirmon toshini 
aylanish chastotasini rostlash uchun, mayatnikli uzatgichli soatlarni, 1657-y X. Gyugenson 
tomonidan, ixtiro etilgan), shuningdek o‘yin avtomatlari uchun ham (mashhur tilla tovus va 
Ermitajdagi Kulibinning avtomatlar teatri) foydalanganlar.
. Rus olimi va injener Andrey Nartov XVIII asr boshlarida nusxa ko‘chiruvchi tokarlikga oid 
dastgohning supportini ixtiro etdi, mexanik I.I. Polzunov 1766-yil qozondagi suv darajasini 
avtomatik rostlovchi bug‘ mashinasini tayyorladi. Kechroq, bunga bog‘liq bo‘lmagan holda 
DJ.Uatt bug‘ mashinasini aylanish chastotasini markazdan qochma roslovchisini ixtiro etdi. 
Sanoat avtomatlarini paydo bo‘lishi va ularning konstrutsiyalarini va ishlash prinsipini 
murakkablashishi, avtomatik boshqarish nazariyasini yaratish zaruratiga olib keldi. Yaratish 
ishlarini boshlanishiga uchta fundamental nazariy ishlar, aslida o‘z ichiga, yangi fan asoslarini 
olgan: D.K. Maksvellning “O regulyatorax” (1866) ishi, bunda, birinchi marotaba avtomatik 
rostlash tizimining chiziqli barqarorligi to‘g‘risidagi matematik masala ko‘rib chiqilgan, va I.A. 
Vshnegradskiyning “Ob obshey teorii regulyatorov” (1876) va “O regulyatorax pryamogo 
deystviya” (1877). 
Rostlash nazariyasini rivojlantirish uchun, A.M. Lyapunovning tadqiqotlari katta ahamiyat 
kasb etgan. 1892-yil Lyapunov “Obshie zadachi ob ustoychivosti dvijeniya” deb nomlangan 
ishini yozadi. Ushbu ishida Lyapunov birinchi marotaba dinamik tizimlardagi barqarorlik 
tushunchasiga matematik talabchanlik bilan aniqlik kiritgan, chiziqli differensial 
tenglamalarga asoslangan holda, shuningdek, chiziqli va chiziqsiz tizimlarni barqarorligini 
aniqlash prinsiplarini ishlab chiqqan. 
. Bu davrda, nazariyani ko‘rib chiquvchi ilovalar va uni turli texnik jarayonlarga tarqatuvchi 
natijalari bilan, butun bir qator ishlar paydo bo‘ladi. Shu yillarda tadqiqotchilarning 
tirishishlari chiziqsiz tizimlar nazariyasining umumiy asoslarini ishlab chiqishga 


yo‘naltiriladi.Ushbu yo‘nalishning yakunlovchi bosqichi sifatida mutlaqo barqarorlik 
nazariyasini ishlab chiqilgani hisoblanadi. 
XX asrning ikkinchi yarmida avtomatik rostlash nazariyasini rivojlanishi juda ko‘p qirrali 
bo‘lgan: g‘alayon bo‘yicha avtomatik rostlash nazariyasi, g‘alayonni kompensatsiyalash 
nazariyasi va holatni o‘zgarmasligi ishlab chiqilgan, favqulotda boshqarish prinsipi tadqiqot 
qilingan va ta’riflangan va favqulotda tizimlar nazariyasi ishlab chiqilgan, maqbul boshqarish 
nazariyasi yaratilgan. Avtomatik boshqaruvning elementar bazasi ham o‘zgargan. Masalan, 
birinchi avtomatlar mexanikaga xos bo‘lgan, so‘ng gidravlik va pnevmatik avtomatlar 
rivojlangan. Hozirgi vaqtda avtomatik boshqarish qurilmalarining element bazasi asosida 
elektrmexanik rele va elektron kompanentlar, yarim o‘tkazuvchanlikga ega bo‘lgan asboblar, 
integral mikrosxemalar va mikprprotsessor tizimlar yotadi. 
Avtomatikaning hozirgi vaqtga mohiyati bevosita texnik tizimlar doirasidan chiqib ketdi. 
Dinamik boshqariluvchi jarayonlar tirik organizmlarda, iqtisodiy va tashkiliy odam-mashina 
tizimlarida ham joy olgan. Hisoblash texnikasi va informatikani jadallik bilan rivojlanishi, 
murakkab tizimlarni boshqarishda algoritmik jarayonlarni tahlil qilish va sintezlash uchun 
zarur bo‘lgan texnik apparatni taqdim etdi. Robototexnika, mexatronika va boshqa injenerlik 
fan sohalarida nazariya muvofaqiyatlarini amaliyotda amalga oshirish bazasini berdi. 
Elektrlashtirish va energetika xo‘jaligini boshqarish tizimlarining kelajakdagi rivojlanishi 
boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimlari- EBAT rivojlanish yo‘li bo‘yicha boradi. 
1.2. Boshqarish va uning turlari 
Insonni maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati turli ehtiyojlarni qoniqtirish uchun, ikki sinf 
operatsiyalariga ajratsa bo‘ladi: boshqarish operatsiyalari va ishchi operatsiyalar (1- rasm). 
Ishchi operatsiyalarga, bevosita tabiat qonunlari bilan bajariladigan jarayonlar ajratiladi, ular 
jarayonni o‘tishini aniqlaydi (dvigatel valini aylanishi, qirindini chiqarish, gaykalarni burab 
olish va sh.o‘). Odam mehnatini ishchi operatsiyalarga almaytirishni mexanizatsiya deb 
nomlanadi, uning maqsadi-odamni og‘ir, zararli va o‘zgarmaydigan operatsiyalardan ozod 
etish. 
Boshqarish, ob’ekt va atrof muhit haqidagi ma’lumotlar asosida tanlab olingan va ob’ektni 
boshqarish maqsadiga muvofiq, ma’lum bir tartibda ushlab turishga yo‘naltirilgan, ta’sir 
ko‘rsatish majmuasi. 
Rostlash, ayrim hollarda bo‘ladigan boshqarish hisoblanadi. Rostlash boshqarish ob’ektini 
qandaydir jismoniy parametrini zarur bo‘lgan algoritm bo‘yicha o‘zgartirish yoki ushlab 
turishga yo‘naltirilgan. 
Boshqarishni amalga oshirish uchun, kerak bo‘lgan operatsiyalarni boshlanish vaqtini, 
bajarilish tartibini va boshqarish ob’ektiga alohida ta’sirlarni tugatishni, jarayonni o‘ziga 
zarur parametrlarni berib ta’minlovchi boshqarish operatsiyalari zarur. Boshqarish 
operatsiyalarining majmui boshqarish jarayonini tashkil etadi. U o‘z ichiga quyidagi 
operatsiyalarni olishi mumkin: qurilmalarni to‘g‘ri ishlashini nazorati, to‘xtamasdan ishlashini 


ta’minlash, ishga tushirish va to‘xtatish, zaxiraviy yordamchi qurilmalarni ishga tushirish, 
ishlab chiqaruvchi boshqarish jarayonini xarakterlovchi talab etiladigan yordamchi 
parametrlarni ta’minlash. Boshqarish operatsiyalarida inson mehnatini almashtirish 
avtomatlashtirish deb nomlanadi. 
“Boshqarish” va “Rostlash” iboralaridan kelib chiqadiki, boshqarishni amalga oshirish uchun 
boshqarish ob’ekti, boshqarish maqsadi, atrof muhit va ob’ekt holati haqidagi ma’lumotlar, 
boshqarish qonuni (algoritmi) va ob’ektga boshqaruv ta’siri zarur. 
Boshqarish ob’ekti-bu texnik qurilma, texnologik jarayon, tashkilot yoki korxona, iqtisodiyot 
sohasi, boshqarish ta’siri yo‘naltirilgan kollektiv yoki alohida odam. 
Boshqarish maqsadi, ob’ekt holatiga qo‘yiladigan talablar yig‘indisini tashkil etadi. Ob’ekt va 
atrof muhit holati haqidagi ma’lumot, qoidalari 
majmuini bajarishni ifodalovchi algoritm bo‘yicha ishlanadi va ularga muvofiq boshqaruvchi 
ta’sirlar boshqarish maqsadiga yetishni ta’minlaydi. 
Boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: 
• Boshqariluvchi ob’ekt holati haqidagi zarur ma’lumotlarni olish 
• Rostlovchi organga ma’lumotni uzatish 
• Rostlovchi organ orqali ma’lumotga ishlov berish va rostlovchi ta’sirni ishlab chiqish 
• Rostlovchi ta’sirlarni ijrochi qurilmaga uzatish 
• Rostlovchi ta’sirlarni amalga oshirish 
Ma’lumotlarni olish uchun birlamchi datchiklardan yoki datchik-o‘zgartgichlardan 
foydalaniladi. Masalan, elektr ta’minoti tizimlarida birlamchi tok datchiklari sifatida tok 
transformatorlari, kuchlanishning birlamchi datchiklari sifatida kuchlanish transformatorlari 
hisoblanadi. 
Datchikdan rostlovchi organga va rostlovchi ta’sirlarni ijrochi qurilmalarga ma’lumotlarni 
uzatish uchun, to‘g‘ri va teskari aloqa zanjirlaridan foydalaniladi. Ular simli, yuqori chastotali 
radioaloqa yoki optik aloqa kanallari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Rostlovchi organ, yordamchi qurilma bilan rostlagichning birikmasidan tashkil topadi 
(kuchaytirgich yoki signallarni bo‘luvchilar, normalovchi o‘zgartgichlardan va 
sh.o‘). Rostlagich, boshqarish maqsadiga muvofiq boshqarish ob’ekti haqidagi ma’lumot 
asosida olingan boshqarish ta’sirlariga ishlov beradigan qurilmani tashkil etadi.Masalan, 
releli himoyalanish zanjirlarida tok relesi yoki kuchlanish relesi rostlagich hisoblanadi. 
Ijrochi qurilma, ijrochi mexanizm va ijrochi organdan tashkil topadi. Ular boshqarish 
ta’sirlarini jismoniy amalga oshirishga mo‘ljallangan. Releli himoyalash va ijrochi 


mexanizmlarning avtomatikasida-bu yuqori kuchlanishli o‘chirgichlarning uzatmalari, ijrochi 
organ esa, yuqori kuchlanishli o‘chirgichning o‘zi. 
Boshqarishning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz. 
Uzluksiz boshqarish, boshqarish ob’ektini nazorat parametrlarini uzluksiz o‘zgarishida, 
rostlovchi ta’sirlarni uzluksiz ushlab turishini o‘z ichiga oladi.Misol-generatorning yuklamasi 
o‘zgarganda, uning chiqishidagi kuchlanishni, qo‘zg‘atish tokini rostlash usuli bilan, 
o‘zgartirmasdan ushlab turish. 
Diskret yoki uzuq-uzuq boshqarish, boshqaruv ob’ekti nazorat parametrlarini diskret yoki 
uzluksiz o‘zgarganida, boshqaruv ta’sirlari sakrab yoki pog‘onalik o‘zgarishini nazarda 
tutiladi. Misol, elektr ta’minoti tizimi elementlarini tokli himoyalash orqali o‘chirish 
(transformatorlarni, elektr uzatish liniyalarini, elektr mashinalarni va sh.o‘), ularni toki 
avariyaviy qiymatlarga yetganda ushbu qurilmalarni o‘chirishga olib keladi. 
Boshqarish tutashgan hisoblanadi, agar ob’ektning kirish va chiqish parametrlari orasida 
to‘g‘ri va teskari aloqalardan foydalanilganda. Agar faqat bitta aloqa turidan foydalanilsa 
(yoki to‘g‘ri, yoki teskari), unda bunday boshqarish tutashmagan hisoblanadi. Teskari aloqa 
faqat boshqariladigan ob’ekt holatini nazorat qilishga imkon beradi, ularni ishlash tartibini 
boshqara olmaydi.To‘g‘ri aloqa ob’ekt parametrlarini nazorat qila olmaydi, lekin oldindan 
tuzilgan algoritm (dastur) bo‘yicha boshqara oladi, ya’ni dasturiy boshqarishni amalga oshira 
oladi. 

Download 192,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish