18
Suhbatlashish etiketi
Etiket bo‘yicha muomala qilishni bilish –
avvalambor, suhbatni olib bora
olish qobiliyatidir. Bu yerda ham umumqabul qilingan qoidalar mavjud.
Suhbatlashish muomala madaniyatini shakllantirishning muhim vositalaridan biri
sanaladi. Har qanday suhbat avvalo ma’lumotlar almanishuvidir. Suhbatlashish
orqali insonlar bir-birlari bilan muloqotga kirishadilar, bir-birlari haqida
ma’lumotga ega bo‘ladilar, bir-birlarini tushunib boradilar,
shu bilan birga,
muomala madaniyatdagi ayrim bo‘shliqlarni to‘ldiradilar. Suhbatdoshning gapini
bo‘lmasdan uni oxirigacha tinglay olish muhim xususiyatdir. Zero diqqat va sabr-
toqat bilan eshita olish qobiliyati suhbatdoshga nisbatan hamdardlik, layoqatlilik,
xayrixohlikni ko‘rsatadi. Lekin bu qobiliyat faqatgina tug‘ma xususiyat kasb
etmaydi – har bir inson uni o‘zida hamda farzandlarining tarbiyasida mujassam
etib, takomillashtirishi mumkin. Bunda axloqiy tarbiya – axloqiy me’yorlar katta
ahamiyat kasb etadi.
Suhbat olib borish mahoratini o‘rganish mumkin,
buning uchun qadimgi
notiqlar kabi sizga zarur bo‘lgan bilimlarni egallash lozim. Ammo bu degani
do‘stona uchrashuvlarni notiqlik san’ati bo‘yicha musobaqaga aylantirish shart
degani emas. Har kimga ham aqlli gaplarni osonlik bilan yetkazish qobiliyati
berilmaydi. Suhbat san’atida sergaplikka yo‘l qo‘ymay, mashq qilish lozim,
hamsuhbat ruhiyatini hisobga olish kerak va bu yyetarli darajadagi tajribani talab
qiluvchi faoliyatdir. Avvalambor, biz o‘z “men”lashimizdan qochishimiz lozim.
O‘z
shaxsiyligini berkitib, o‘zgalarning qiziqishiga e’tibor bermoq – bu har bir
suhbatning asosiy afzalligidir. Yaxshi ohang suhbatdoshiga ko‘ngilsiz yoki uni
tushkunlikka tushiradigan suhbatlardan qochishni talab qiladi. Jamoatga yoqish
uchun suhbatdoshingizga yaqin bo‘lgan va uni ko‘proq qiziqtiradigan suhbat
mavzularini tanlashingiz lozim. Jamiyatning yoqimsiz a’zolariga doimo hamma
narsadan noliyveradigan va ayb qidiraveradigan odamlar kiradi. Ammo muloqot
qilish me’yori va tajribasiga ega haqiqiy tarbiyali inson hamisha o‘z
talabalari
darajasida kamtarin, mulohazalarida esa notakabbur va bag‘ri kengdir. Agar jamoat
sizga notanish bo‘lsa, suhbatda mavjud odamlar borasida gaplashmagingiz ma’qul,
avval ularning o‘zaro munosabatlarini kuzatib, shu asosda biron – bir narsa deyish
mumkin.
So‘z – bu o‘zingizga qarshi qurolga aylanuvchi kuchdir. Yaqin kishini
ayblashdan oldin, o‘ylab ko‘rgan ma’qul. Hasadgo‘ylik – eng yomon illat. U
barcha axloqiy xususiyatlarni yo‘qqa chiqaradi. Mardlik yoki ochiqlik bahonasida
ko‘rolmaslik hissini ochiqchasiga ko‘rsatishni odat qilgan kishiga bo‘lgan
munosabat hech qachon ijobiy o‘zgarish kasb etmaydi. Bu faqat munosabatlarning
yomonlashishiga olib keladi. Bundan hech kim yaxshi natijaga erishmaydi.
Atrofdagilar uchun notanish bo‘lgan tilda biror – bir odam bilan suhbatlashish –
madaniyatsizlikdir.
Suhbatdagi har bir so‘z suhbatdosh uchun aniq va tushunarli bo‘lmog‘i
lozim. Agar sizning nutqingizni tinglayotgan odam biror – bir so‘zni qaytarish
uchun gapingizni bo‘lsa, tez orada suhbatdosh sizga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi,
19
deganini anglatadi. Bunda nutq o‘ta baland ohangda bo‘lmasligi lozim, aks holda,
o‘zni noqulay axvolga solib qo‘yish mumkin. Sizning suhbatingizga uchinchi
suhbatdosh qo‘shilsa-yu, mavzu esa o‘ta nozik xususiyat kasb etsa, o‘zingizni
iltifotli va xushmuomalik jihatdan ko‘rsatganingiz ma’qul. Jamoatda barcha
narsalar haqida gap ketadi, savollar chuqurlashib ketmaydi, bir narsa har taraflama
ko‘rib
chiqilmaydi, balki qisqacha mulohaza yuritiladi, ammo yuzaki emas.
Boshqalar bilan gaplashish istagi borligini yoki suhbat zerikali ekanligini
ko‘rsatmaslik lozim. Suhbat chog‘ida atrofga alanglab, qo‘lga tushgan biron
narsani o‘ynab yoki soatga qarayverish suhbatdoshga hurmatsizlikdir.
Suhbat chog‘ida o‘zini ko‘klarga ko‘tarib, o‘z faoliyati, izlanishlari, mulki,
o‘z tanishlari doirasi bilan yoki kimningdir ismini ro‘kach qilish bilan maqtanish
yaxshi emas – bunday iboralar suhbatdosh aqlining qanchalik tor ekanligidan
guvohlik beradi. Munozara qilinayotgan muammolar doirasi keng bo‘lishi
mumkin, biroq nima bo‘lganda ham o‘zingizni
ishonchli his qiladigan, o‘zingizga
mos bo‘lgan mavzularda suhbat olib borishingiz maqsadga muvofiqdir.
Suhbatdoshni sog‘liqdan nolish va ob
havo haqidagi so‘zlar bilan
charchatish ham etiketga to‘gri kelmaydi. Suhbat haqiqatan ham qiziqarli bo‘lishi
uchun barcha qobiliyat va imkoniyatlarni yordamga chaqirish lozim. Shu jihatdan
ham suhbatlashish etiketi bir nechta qoidalarni taqozo etadi:
suhbatdoshingizga og‘ir botadigan, xafa qiladigan, noqulay vaziyatga solib
qo‘yadigan, u gapirishni xohlamaydigan mavzu bo‘yicha suhbatlashish vaziyatni
og‘irlashtiradi;
o‘zingizga ta’rif-tavsif berish, o‘z muammo
va yutuqlaringiz haqidagi
ma’lumotlarga e’tiborni kuchaytirishdan qochish, suhbat chog‘ida o‘z “men” ini
markaziy joyga qo‘ymaslik lozim. Bunda axloqning kamtarinlik va bosiqlik
me’yorlari qo‘l keladi;
o‘z fikrini uqtirishdan avval, noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun
suhbatdoshning ijtimoiy kelib chiqishi, shaxs sifatida, aytilayotgan masala
yuzasidan qanday ma’lumotga ega ekanligini bilib olgan yaxshi;
suhbatdoshni
hurmat qilish, hatto uning fikri noto‘g‘ri deb hisoblanganda ham
uni oxirigicha eshitish bilan shaxsning so‘z erkinligini ta’minlashga intilish
lozim;
boshqa insonlarni g‘iybat qilish, ularning shaxsiy hayoti, muammosi haqida
suhbat qurish ham odobsizlik sanaladi;
har qanday suhbat birinchi navbatda, ma’lumot almanishuvidir. Suhbat jamoat
joylarida yoki ko‘chada bo‘lsa, boshqalarni o‘ziga
jalb qilmagan holda, past
ohangda gaplashish lozim. Tez yoki haddan tashqari cho‘zib gapirish ham
ma’lumotni o‘zlashtirishga xalaqit beradi;
kam muomala qilinadigan, yaxshi tanish bo’lmagan insonlar bilan muloqotda
bo‘lishda barchaga tushunarli yengil mavzu tanlab olinadi. M:
Do'stlaringiz bilan baham: