2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113
Bog'liq
Etiket

 
 
 
Tayanch tushunchalar 
Oila etiketi, xunuk odatlar, er va xotin o‘rtasidagi munosabatlar, oiladagi 
muomala madaniyati, kuyovning burchi, kelinlik vazifasi, xontaxta, “o‘zbekcha” 
ko‘ylak, sublimatsiya, nafs. 
 
 
Mavzu bo‘yicha seminar savollari 
1.
Oila etiketi, er va xotin o‘rtasidagi munosabatlar etiketi. 
2.
Oiladagi muomala madaniyati.
3.
Oiladagi mojarolar paytida o‘zini tutish qoidalari.
4.
Er yoki xotinning xunuk odatlarini qanday yo‘q qilish usullari
xususida. 
5.
Oilaning yoshi kattalari bilan bo‘lgan etiket.
 
6.
Kelinlik liboslari va kiyinish madaniyati. 
 
7.
Qaynona va kelin, qaynona va kuyov munosabatlari.
 
8.
YAqin qarindoshlar va qo‘shnilar bilan a’loqa haqida. 
 
 
ADABIYOTLAR 
Asosiy: 
1.
Karimov I. A.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: 
O‘zbekiston, 2008. 
2.
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. – Toshkent.: O‘zbekiston milliy 
faylasuflari jamiyati. 2010.
3.
Husanov B., G‘ulomov V. Muomala madaniyati. – T.: Iqtisod-
moliya. 2009 
4.
Alimardonova. O. Nazarov. Q. Hayot va turmush odobi. – T.: 
”Sharq” 1996 
5.
Sattor. M. O‘zbek udumlari. – T.: Adolat.2004. 
6.
Shoumarov. G‘.B. Muhabbat va oila. – T.: “Ibn.Sino” 1994. 
7.
Rahmatov. R. Quloqqa aytiladigan gaplar. – T.: Ibn Sino. 1994. 
8.
Usmonov. R. Saodatnoma. – T.: O‘qituvchi. 1995. 
9.
Ahmadjon. B. Islom odobi va madaniyati. – T.: Cho‘lpon. 1995. 


124 
 
 
MEHMON VA MEZBON ETIKETI
“Mehmondo‘stlik” tushunchasi umumiy ma’noga ega bo‘lib, mehmondorchilik, 
mehmonnavozlik, 
mezbonnavozlik, 
mehmon 
bo‘lmoq 
kabilar 
mazkur 
tushunchaning tarkibiy qismiga kiradi. Shuningdek, mehmondorchilik insoniy 
fazilatlardan hisoblanadi. Chunki mehmondorchilik nafaqat ulfatchilik, qorin 
to‘ydirish yoki dasturxon bezatib, tansiq taomlarni odamlarga berish, balki 
kishining holidan xabar olish, ulug‘ insonlarni ziyorat qilish maqsadida ularning 
uyiga borish ham mehmondo‘stlikning bir ko‘rinishidir. Zero, mehmon “Atoyi 
Xudo” sifatida qadrli ekan, uyingizga ochiq ko‘ngil va yaxshi niyat bilan qadam 
ranjida qilgan har bir kishi siz uchun mehmon kabi azizdir. Mehmondorchilik o‘ta 
nozik fazilat bo‘lib, u insondan yuksak did, farosat va axloqiylikni talab etadi. Bu 
jarayon gohida oriyat darajasiga ham yetadi.
Mehmondorchilik – ko‘rish, muloqot, muomala uchun subyekt vazifasini 
bajaradi. Unda takalluf, mulozamat, hurmat, tavoze kabi ko‘rinishlar ustuvor 
bo‘lib, ular mehmonning kayfiyatini ko‘tarishga, ko‘nglini olishga yo‘naltiriladi. 
Mehmondo‘stlikning ijtimoiy-ma’rifiy, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatiga doir 
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan faylasuf olim Karim Mahmudov bu borada 
g‘oyatda qimmatli ma’lumotlarni beradi. Xususan, olimning «Mehmonnoma” 
kitobida mehmondorchilik marosimining odobi, fazilati, qoidalari, tartibi va milliy 
xususiyatlari bayon etilgan. Olim mazkur kitobda mehmondorchilikni qadriyat 
darajasida talqin etishi barobarida, uning nazariy va amaliy tomonlarini ham 
e’tibordan qochirmaydi. Ayniqsa, mehmon va mezbon odobiga doir nasihatlar, 
mehmondorchilik qodalari, mehmon toifalari, mehmonga munosabat, mehmonga 
taklif, mehmondorchilik turlari kabi mavzularda mehmondorchilik nafaqat 
marosim, ayni paytda, milliy madaniyat ko‘rki sifatida gavdalantirilgan. 
Mehmondorchilikning chiroyli o‘tishi, asosan, mezbonning kayfiyati, fe’l-atvori, 
axloqiy tarbiyasi hamda mezbonga nisbatan bo‘ladigan munosabatiga bog‘liqligini 
K.Mahmudov bir necha hayotiy misollar va rivoyatlar orqali ko‘rsatib beradi. 
Ayniqsa, ”Uyiga mehmon kelmay qolsa, odamlardan o‘pkalay bermay, har kim 
o‘ziga, odob-axloqiga nazar tashlamog‘i joiz”, “Mezbonning ko‘pchilikka malol 
keladigan odati bo‘lsa, bundaylardan ham mehmon yuz o‘giradi”, “Mehmonni 
malol ko‘radigan odam o‘zi ham mehmon bo‘lganda malol kelishini o‘ylashi 
kerak”
1
, - degan fikrlari mehmondorchilik marosimi botin va zohiriga ko‘ra, 
axloqiy-estetik jarayon ekanligidan dalolatdir.
Faylasuf olim B.Husanov o‘zining “Muomala madaniyati” deb nomlanagan 
darsligida “Qobusnoma”da mehmonnavozlikka oid o‘gitlarning matnini 
soddalashtirib, tavsiya etadi: “Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, Sharqni deyarli 
barcha allomalarining axloqiy-tarbiyaviy pandnomalarida xalq turmush tarziga oid 
o‘gitlar, kundalik faoliyatiga doir nasihatlar davr nuqtai nazaridan tahlil qilingan. 
“Qutadg‘u bilig”, “Devoni lug‘atit turk”, “Qobusnoma”, “Axloqi Muxsiniy”, 
“Makorim ul-axloq”, “Guliston”, “Bo‘ston”, “Mahbub ul qulub” kabi 
1
Маҳмудов К. Меҳмоннома. – Т.: “Ёш гвардия”. 1989. 26-бет. 


125 
pandnomalarda insonning jamiyatdagi o‘rni, turmushdagi kechmishi, kundalik 
faoliyatidagi harakatlar axloqiy-estetik tizim orqali ifodalanadi. Jumladan, 
Kaykovus qalamiga mansub “Qobusnoma” asarining “Mehmon olmoq va mehmon 
bo‘lmoq zikrida” deb nomlangan bobini o‘qir ekansiz, mehmondorchilik qoidalari, 
fazilat va illatlari nimalarga bog‘liq va nimalarda ko‘rinishini anglab etasiz
1
. Bu 
borada chiqargan xulosalarimiz shundan dalolat beradiki, mehmondorchilik 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish