2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Etiket

Qo‘l berib so‘rashish qoidalari 
Qo‘l berib salomlashish muloqot etiketining bir qismi sifatida shakllangan 
jarayondir. Qo‘l berib so‘rashish odatda erkaklarga xos xususiyat hisoblansa-da, 
hozirda u barcha yoshdagi va jinsdagi insonlar uchun ham birdan amal qilmoqda. 
Chunki qo‘l berib so‘rashish orqali inson insonning kayfiyatini, sog‘ligini, hatto
fe’l-atvorini ham bilib olishi mumkin. Qo‘l berib salomlashishning ushbu 
xususiyatlari ikki tomonlama muloqotning boshlanish belgisidir. Qo‘l berib 
so‘rashish asosan tanishish va tanishtirish marosimida, shartnoma va bitim 
imzolaganda, g‘oliblik va mag‘lublikni tan olganda, minnatdorchilik izhor etganda, 
tabriklaganda, xayrlashganda va hokazo holatlarda qo‘llaniladi. Quyida 
e’tiboringizga havola qilinadigan tavsiyalar qo‘l berib so‘rashish odobiga 
tegishlidir:

uzatilgan qo‘l albatta, muallaq qolmasligi kerak, bu – insonni yerga urish 
bilan barobar bo‘lib qoladi; 

ikki qo‘l bilan qo‘lni siqib so‘rashish haddan tashqari xursand holatda
minnatdorchilik belgisi sifatida qabul qilinadi; 

ikki qo‘lni berib so‘rashish, albatta, so‘z bilan ifodalanadi, bunda 
minnatdorchilik so‘zlari va boshqa iliq so‘zlarni qo‘llash mumkin; 

qo‘l berib so‘rashish tez va qisqa bo‘lishi lozim; 

qo‘l berib so‘rashish davomida ozgina egilib qo‘yish, so‘rashayotgan 
insonga nisbatan hurmatni belgilaydi; 

ostonada, stol ustidan qo‘l berib so‘rashish xunuk ko‘rinadi; 

o’z tanishini ko‘rib qolgan taqdirda ham binoning u boshidan bu boshiga 
qo‘lni cho‘zib kelish insonni kulgili holatga solib qo‘yadi;


12 

ayol kishi bilan uchrashib qolganda, ayol birinchi bo‘lib qo‘l uzatmaguncha 
erkak qo‘l uzatmaydi; 

ayol kishining qo‘lini ko‘p ushlab turish mumkin emas, bu uni noqulay 
vaziyatga solib qo‘yishi mumkin.
Salomlashganda jargon, ko‘cha so‘zlarini, buzib talaffuz etiladigan 
“privetik”, “salyutik”, “chao”, “poka” 
kabi so‘zlarni ishlatmaslik maqsadga 
muvofiq. Odatda, ro‘paradan keluvchi kishiga u yetib kelguncha, ya’ni orada 3-4 
qadam qolgach salom beriladi. 
Sizga mutlaqo notanish bo‘lgan kishi salom bersa, albatta, “alik” olish va 
uning yanglishganligini sezdirmaslik kerak. Bunday holatda yelka qisish yoki 
hayron bo‘lib qarash odobsizlik hisoblanadi. 
Umuman, o‘zbekchilikda salomlashishning o‘zi ham sizga bo‘lgan 
munosabatni shakllantiradi. G‘arb odatiga ko‘ra yoshi katta ayollar bilan 
ko‘rishayotganda o‘rnidan turib, tavoze bilan boshni silkitib salomlashiladi. Bizda 
esa bu nafaqat katta yoshlilar, balki umuman xotin-qizlarga nisbatan qo‘llaniladi. 
Zero har bir qiz yoki ayol o‘sha xonadon egasining nomusi hisoblanadi. Bu bilan 
erkak boshqa bir erkakning oriyati va hurmatini o‘z joyiga qo‘yayotgan hamda 
boshqalardan ham o‘ziga nisbatan shuni talab qilayotgan bo‘ladi. Agar ayollar 
qurshovida bo‘lsangiz, unda umumiy ravishda bir marta salomlashib qo‘yiladi. 
Etiketning buzilishi ko‘rishuvning shovqinli tarzida bo’lishi hisoblanadi. Odamlar 
oldida hozir bo‘lishingiz bilan salomlashingiz u daraja o‘zingizga qaratadigan 
tarzda bo‘lmasligi lozim. Salomlashish, tanishuv yoki suhbatdoshlik uchun eng 
qulay madaniyatli usul hisoblanadi.

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish