2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113
Bog'liq
Etiket

“Shampan vinosi bokali” 
yoki 
“Vino bokali”
qabullari keng tarqalgan. Qabulning bu turi, odatda, peshinda 
boshlanib, bir-bir yarim soat davom etadi. Bunday qabul turi oddiyligi bilan 
ajralib, shartlilik cheklangan. Bunday qabullarda murakkab muzokaralar olib 
borish mumkin emas. Ushbu turdagi qabullar, odatda, insonlarni bir-biriga 
tanishtirish yoki keyinggi uchrashuvlarni belgilash uchun xizmat qiladi. 
“Nonushta”
qabuli (inglizcha – “Lanch”) kunning birinchi yarmida – soat 
15.00 da o‘tkaziladi. Qabul taomnomasiga oddiy gazaklar, 1-2 turdagi issiq taom 
va desert kiradi. Qabul so‘ngida kofe yoki choy taklif etiladi. Qabul paytida, avval, 
yaxna ichimliklar va pivo beriladi. Bu kabi qabullar jiddiy suhbatga yoki biror-bir 
muammolarni muqokama qilishga imkon yaratadi. Qabul paytidagi tanaffus (yangi 
taom tortilishidan yoki desert va choydan avval) taklif etilgan tomonlarga qisqa 


57 
vaqtga suhbatdoshlarni tark etib, kerakli masalalarni muhokama qilishga imkon 
beradi. 
Xalqaro protokol amaliyotida kunduzgi qabullar kechki qabullarga 
nisbatan katta tantanaga ega bo‘lmagan qabullar, deb hisoblanadi. 
“Tushlik”
qabuli daraja jihatidan muhimroq hisoblanadi. Uning boshlanish 
vaqti – soat 19.30, 20.00 yoki 20.30 larga borib taqaladi. Taomlar, gazak va 
sharoblar 
“Nonushta”
qabuli kabidir. 
“Tushlik”
2-3 soat yoki undan ziyod davom 
etadi. 
“Nonushta”
kabi 
“Tushlik”
ham turli usulda o‘tkaziladi. Usullardan biri 
mehmonlarni alohida o‘tkazishni nazarda tutadi. Ushbu holatda mehmonlar qabul 
o‘tkaziladigan joyda xonalarning birida belgilangan vaqtda to‘planadilar. Ularga 
yaxna ichimliklar, pivo, viski va sharbatlar tortiladi. Yengil gazaklar tavsiya 
qilinishi mumkin. Shundan so‘ng mehmonlar umumiy stolga taklif etilib, ularga 
o‘rnatilgan tartibda taom va vinolar tortiladi. Desert vaqtida mezbon va asosiy 
mehmon o‘rtasida “shampan” qadahi so‘zlari (tostlari) bilan fikr almashiladi. 
So‘ngra mehmonlar alohida ajratilgan joyga o‘tadilar va ularga choy yoki kofe 
hamda konyak va likyor taklif qilinadi. 
“Nonushta”
kabi 
“Tushlik”
qabuli ham muhim suhbat va tanishuvlar 
uchun imkoniyat yaratadi. 
“Nonushta” va “Tushlik”ning boshqa bir turi bu 
“Tushlik”
– bufet " 
bo‘lib, odatda u soat 18.00-20.00 larda boshlanadi. Qabul paytida taomlar alohida 
stolda joylashgan bo‘ladi, mehmonlar o‘rta hajmdagi stollar atroflarida joylarini 
egallab, o‘z-o‘zlariga xizmat qiladilar. Mehmonlarga vinolar taklif etilishi 
mumkin. Ba’zan vinolar alohida kichik stolchaga joylashtiriladi va mehmonlar 
o‘zlari turib likopchalarga alohida stoldagi taomlardan solgani kabi vinolarni ham 
olishlari mumkin. Choy va kofelar ham shu tarzda taklif qilinadi. 
“Kokteyl” yoki “a-lya furshet” turidagi qabullar tayyorgarlik va tashkil 
etilishi nuqtai nazaridan oddiy va keng tarqalgandir. Ular tik turgan holda 
o‘tkaziladi. Asosan, ofitsiantlar mehmonlarga yengil sovuq gazaklar hamda yaxna 
va mast qiluvchi ichimliklarini olib keladilar. Ba’zan ular stollarga joylashtirilishi 
ham mumkin. Ushbu qabullar kechki vaqtda taxminan soat 18.00 - 19.00 larda 
o‘tkaziladi. Ushbu qabul boshqalariga nisbatan har bir ishtirokchini boshqalar bilan 
muloqot qilishiga qulay imkoniyat yaratadi, chunki stol atrofida o‘tirib, mehmonlar 
faqat yaqin o‘tirganlar bilan muomala qilishlari mumkin. 
Yuqorida ta’kidlangan qabullarga mehmonlar, odatda, rafiqalari bilan birga 
taklif qilinadilar. 
Qabullarning yana bir turi “Choy” bo‘lib, u, odatda, ayollar uchun soat 
16.00-18.00 lar mobaynida o‘tkaziladi. Ba’zi bir hollarda ushbu qabul diplomatik 
vakolatxonaning rahbari yoki diplomat rafiqasining ketishi munosabati bilan ham 
o‘tkazilishi mumkin. Qabulga choy yoki kofe, konditer mahsulotlari, konfetlar
mevalar, ba’zida yengil gazaklar va vino ham tortilishi mumkii. 
Kamdan-kam ayollar uchun o‘tkaziladigan 
“jurfiks”,
deb nomlangan qabul 
mamlakatning rasmiy yuqori mansabdor shaxsi yoki xorijiy vakolatxona 
rahbarlarining rafiqalari tomonidan yil davomida aniq belgilangan kun va soatda 
o‘tkaziladi. Ba’zi davlatlarda diplomatik korpus a’zolarining ayollari taklifi bilan 


58 
oyning belgilangan kuni diplomatlarning ayollari uchrashuvlar tashkil etib, ularda 
hayriya faoliyati yoki umumiy qiziqish uyg‘otuvchi boshqa muammolarning 
muhokamasi amalga oshishi mumkin. Ba’zida bunday uchrashuvlarda ayollar tikuv 
ishlari bilan shug‘ullanadilar, oshpazlik sohasida tajriba almashadilar va turli 
davlatlarning milliy san’ati bilan tanishadilar. 
Qabullarning hozirgi paytda keng tarqalgan turlaridan yana biri bu kino 
ko‘rish bo‘lib, undan oldin yoki keyin kokteyl tashkil etiladi. “Shampan bokali” 
bilan musiqiy kechalar o‘tkazilishi, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qabullar bilan 
bog‘liq adabiy yoki raqs kechalari tashkil etilishi mumkin. Bugungi kunda asosan, 
sport bayrami va musobaqalari tez-tez o‘tkazib kelinmoqda. 
Protokol xizmatchilari, qabul tashkil etish bo‘yicha javobgar shaxslar 
uchun taklif etilganlarni stol atrofida joylashtirish rejasini tuzish nihoyatda 
murakkab va muhim ish hisoblanadi. 
Mehmonlarni stol atrofida joylashtirish paytida diplomatik etiket 
shartlarini, mehmonlarning qiziqishlarini, ularning xorijiy tillarni bilishini nazarda 
tutmoq lozimdir. 
Stolga o‘tkazish tartibida quyidagi qoidalarga amal qilinadi, ya’ni: mezbon 
va uning rafiqasiga yaqin o‘tiriladigan joylar juda faxriy joylar hisoblanadi. O‘ng 
qo‘l tomonidagi joy (o‘ng tarafda) chap qo‘l tomonidagi joyga (chap tarafda) 
nisbatan faxriy hisoblanadi. Birinchi bo‘lib mezbonning o‘ng tarafida ayol kishi, 
uning rafiqasi yoniga esa erkak kishi o‘tkaziladi. So‘ngra joylar o‘zgartiriladi: ayol 
kishinining yoniga erkak kishi o‘tkaziladi va shu holatda qaytariladi. Ayollar 
yonma-yon, erkak kishi esa rafiqasi bilan birga o‘tkazilmaydi. Ayollar stolning 
oxirgi joyiga o‘tkazilmaydi. Turmushga chiqqan ayol erkak kishi bilan bir xil 
imtiyozga ega. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish