2.AMALIYOT. TEMPERATURA O‘LCHASHDA YUZAGA KELADIGAN XATOLIKLARNI ANIQLASH BO‘YICHA MASALALAR ECHISH.
Dilatometrik termometrlar. Dilatometrik termometrlarning ishlash prinsipi undagi sterjenlarning issiqlikdan bo‘yiga (chiziqli) cho‘zilishiga asoslanadi. Bunday termometrlardan eng soddasining tuzilish sxemasi 3- rasmda ko‘rsatilgan, Undagi trubka 1 va sterjen 2 xaroratni o‘lchanishi lozim bo‘lgan muhitga kiritilganda trubka 1 ichiga kiritilib, uning tubiga mustahkam payvandlangan sterjen 2 va trubka 1 ning nisbiy cho‘zilishiga muvofiq richag sistemasi siljiydi va strelka 3 ni shkala bo‘yicha buradi. Agar trubka 1 issiqlikdan cho‘zilish koeffitsienti katta bo‘lgan metall – nikeldan, uning ichidagi sterjen 2 issiqlikdan cho‘zilish koeffitsienti 2 juda kichik bo‘lgan invardan tayyorlangan, ya’ni 2<1 bo‘lsa, sterjenlarning L nisbiy cho‘zilishini
L = (1 – 2) (3)
formula bo‘yicha topiladi, bu erda – boshlang‘ich va so‘nggi xaroratlarni farqi, ya’ni muhit xaroratnining o‘zgarishi Gazli manometrik termometrlarda sezuvchi element sifatida termaballon 1, bosim uzatuvchi element sifatida kapillyar trubka 2, o‘lchov o‘zgartkich elementi sifatida manometrik prujina 3 (Burdon trubasi), o‘lchov o‘zgartkich mexanizmi 4 va o‘lchash natijalarini ko‘rsatuvchi element sifatida strelka 5 hamda shkala 6 dan foydalaniladi. Termoballon xarorati o‘lchanishi kerak bo‘lgan muhitga kiritiladi. SHunda muhit xaroratiga muvofiq, germetik hajm (termoballon, kapillyar-nay, (Burdon trubasi), silfonli membrana va boshqalar) ichidagi gaz, suyuklik yoki bug‘ bosimi o‘zgaradi. Bu o‘zgarish miqdori strelka yuradigan o‘lchash shkalasidan aniqlanadi. Gazli manometrik termometrlarda germetik hajm azot yoki geliy bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Bu gazlarning issiqlikdan kengayish koeffitsienti ideal gazlarnikiga yaqin bo‘lganligi tufayli gazli manometrik termometr-larning xarakteristikasi R() to‘g‘ri chiziqli, o‘lchash shkalasi esa bir tekis bo‘ladi. Gazli manometrik termometrlar 600°S gacha xaroratni o‘lchashga mo‘ljallanadi.Manometrik termometrlarning o‘lchash aniqligiga tashqi bosim va tashqi muhit xaroratining o‘zgarishi sezilarli ta’sir qilishi mumkin. Tashqi bosim o‘zgarishining o‘lchash aniqligiga ta’sirini kamaytirish yoki yo‘q qilish uchun germetik hajm (1, 2, 3) ga gaz boshlang‘ich bosim R0 bilan to‘ldiriladi. Boshlangich bosim R0 miqdorini hisoblab topish uchun xarorat o‘zgarishi bilan bosim o‘zgarishi orasidagi bog‘lanishdan foydalaniladi:
R = R - R0 = R0( - 0) bundan R0 = R/( - 0) bu erda =1/273.15 – gazning termik kengayish koeffitsienti, – xaroratning yuqori qiymati; 0 – boshlang‘ich tashqi muhit xaroratniing qiymati +20° S; R0 – germetik hajm ichidagi gazning 0 gradusdagidagi boshlang‘ich bosimi. Boshlang‘ich gaz bosimi miqdori o‘lchanadigan xaroratning kattaligiga qarab aniqlanadi. Tashqi muhit xaroratining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xaroratni o‘lchashdagi xatolik qiymatining asosiy qismi kapillyar trubka tufayli vujudga keladi, chunki uning ichki diametri 0,2. . . 0,5 mm, uzunligi 1 ... 60 m gacha oraliqda tashqi muhit ta’sirida bo‘lishi bunga sabab bo‘ladi. Kapillyar trubkaning o‘lchashga kiritadigan bu xatoligini =Vk/Vb(k-0) formula bo‘yicha aniqlash mumkin, bu erda Vk – kapillyar trubka hajmi, Vb – termoballon hajmi, K – kapillyar trubka joylashgan tashqi muhit xarorati °S. Termoballon hajmi ko‘pincha termoballon – kapillyar trubka va termometrik prujina umumiy hajmining 90 foizini tashkil qiladi. Manometrik termometrlarning qo‘llanilishiga cheklanish kiritadigan kamchiliklari sifatida o‘lchov asbobining inersionligi va termoballon o‘lchamlarining katgaligini ko‘rsatish mumkin.
Manometrik termometrning prinsipial sxemasini keltiring, uni ishlashini qisqacha qilib tushuntirib yozing;
Dilatometrik termometrning soddalashtirilgan struktura sxemalarini
keltiring;
Termometrning statik va dinamik tanglamasini keltirib chiqaring.
Xatoliklarning kelib chiqshi sbablari.
Do'stlaringiz bilan baham: |