2-amaliyot ishi
Mavzu: Kommunal xo’jalik va uy-joy fondi portali e-kommunal.uz dan amaliyotda foydalanish
Ishdan maqsad: Kommunal xo’jalik va uy-joy fondi portalini tahlil qilish. Uning resurslari, faoliyat maqsadlari, kommunal xizmatlarini yagona oyna ko’rinishida interaktiv xizmatlarni o’rganish.
Masalaning qo’yilishi: Talaba e-kommunal.uz, ya’ni kommunal xo’jalik va uy-joy fondi portali ID.uz dan yagona identifikatsiya tizim orqali ro’yxatdan o’tishi kerak bo’ladi hamda elektron xisoblagichlarni profilga kiritib onlayn to’lovni amalga oshirishi lozim.
Uslubiy ko’rsatmalar: Kommunal xo’jalik va uy-joy fondi portali e-kommunal.uz portali orqali interaktiv xizmatlardan foydalanish. Ro’yxatdan o’tish quyidagicha amalga oshiriladi.
Kommunal xo’jalik va uy-joy fondi portali e-kommunal.uz.
Portal 2012 yilda UZINFOCOM Markazi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, aholiga kommunal xizmat ko'rsatishga oid barcha xizmatlar to'g'risida ma'lumot beradi. Portalda bu turdagi xizmatlar uchun onlayn to'lovni amalga oshirish imkoniyati ham yaratilgan edi.
To'rt yil mobaynida e-kommunal.uz yangi jihatlar bilan boyitilib, zamonaviy xizmatlar, ma'lumot olish qamrovi kengaydi, foydalanishga qulay ko'rinishga keltirildi.
Shu bilan birga, foydalanuvchi o'zining shaxsiy kabinetida hisob raqamini ko'rsatgan holda, o'zining biror xizmatdagi balansini tekshirib ko'rishi, qarzdorlik bor-yo'qligini bilishi, xizmatlar uchun mobil to'lovlarni amalga oshirishi mumkin bo'ldi. Yana bir ahamiyatli johati -- to'lov amalga oshirilganligi to'g'risidagi kvitansiyalar foydalanuvchining shaxsiy kabinetida saqlab qo'yiladi. Foydalanuvchi ularni chop etishi yoki elektron qurilmasiga saqlab qo'yishi mumkin.
Biror xizmat uchun to'lov miqdorini bilmagan taqdirda, foydalanuvchi narxni joriy holatga ko'ra baholaydigan onlayn hisoblagichdan foydalanishi mumkin. Foydalanuvchiga tezkorlik bilan xizmat ko'rsatish maqsadida, portalda kommunal xizmatlarga oid barcha axborot va aloqa ma'lumotlari jam qilingan.
1-rasm Ro’yxatdan o’tish bo’limi
Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgandan so’ng xizmatlar yetkazib beruvchilarining rekvizitlarini bilib olishi, portal ma’muriyatiga savol bilan murojaat qilish imkoniyati mavjud. Shuni ta’kidlash joizki, faqat o’z profilidagi ma’lumotlarni, misol uchun, o’z manzilini ko’rsatgandagina boshqaruvchi kompaniyalarning rekvizitlarini bilib olish uchun «Xizmatlar yetkazib beruvchilarim» xizmatidan foydalanish imkoniyati beriladi. Profildagi barcha ma’lumotlar tahrir qilinadi, shu sababli yangi yashash joyiga ko’chib o’tganda axborotni yangilash imkoniyati mavjud.
2-rasm. Foydalanuvchi profili
3-rasm E-kommunal.uz portali bosh sahifasi
4-rasm. Foydalanuvchi profili
Interaktiv xizmatlar bo’limi mavjud. Bo’limda bir qancha xizmatlar mavjud
kommunal xizmatlar kalkulyatori
kommunal xizmatlari uchun onlayn to’lov va balansni tekshirish
qurilish va ta’mirlash ishlari smeta kalkulyatori
savol berish
so’rovnomalar
murojaat
to’lov varaqasi
5-rasm Interaktiv xizmatlar
6-rasm Onlayn kalkulyator
E-kommunal portalida nazarda tutilgan yana bir interfaol xizmat – «Kommunal xizmatlar kalkulyatori». Bunda foydalanuvchi, hatto ro’yxatdan o’tmasdan turib, elektr energiya, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, isitish, chiqindi uchun qancha to’lashi kerakligini hisoblashi mumkin. Dasturda hisoblagichning mavjudligini hisobga olib, xonadonda yashovchi kishilarning sonidan kelib chiqib turli tariflar qo’yilgan. Bu faqat jismoniy shaxslar uchun mo’ljallangan.
7-rasm Savol berish bo’limi
Murojaat bo’limida murojaat formasini to’ldiriladi, zarur hollarda esa unga qo’shimcha fayllarni qo’shish imkoniyati mavjud. So’ngra foydalanuvchi tomonidan tanlangan soha va toifaga qarab, tizim uning murojaatini tegishli davlat organiga jo’natadi.
To’lov varaqasi xizmatida tanlangan kommunal turi bo’yicha to’lov varaqa xosil bo’ladi, to’lov varaqa to’ldirilib, chop etish imkoniyati xam mavjuddir
Do'stlaringiz bilan baham: |