2-amaliy. Tevarak atrofni tasvirlash orqali bolalarning tasviriy qobiliyati. Reja



Download 30,73 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi30,73 Kb.
#317983
  1   2
Bog'liq
2-amaliy. Tevarak atrofni tasvirlash orqali bolalarning tasviriy qobiliyati.


2-amaliy.

Tevarak atrofni tasvirlash orqali bolalarning tasviriy qobiliyati.

Reja

1. Tevarak atrofni tasvirlash asosida bolalarning tasviriy faoliyati.

2. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari jarayoni.

Tarbiyachi bolalarni predmet yoki tevarak atrofni kuzatishda kelib chiquvchi estetik his-tuyg‘u orqali, tevarak-atrofga, kishilar mehnatiga to‘g‘ri baho berish, Vatanga nisbatan muhabbat kabi sifatlarni tarbiyalash mumkin. Bolalarni o‘z ishini yana ham chiroyli va yaxshi bajarish, boshqalarga yoqadigan, ular ko‘rganda quvonadigan qilib yaratish - bu badiiy, axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifasi hisoblanadi. Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyat katta ahamiyat kasb etadi. Rasm, loy, qurish materiallari bo‘yicha bilim, malakalarini egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va mehnat darslarini muvaffaqiyatli egallashlariga asos bo‘ladi.

Mavzu bo`yicha savollar

1. Bolalarning tevarak atrofni tasvirlash orqali tasviriy qobiliyatlari.

2. «Ilk qadam» dasturida tasviriy faoliyat talablari

3. Mashg‘ulotga tarbiyachining tayyorlanishi

4. Bolalarning tasviriy faoliyatlarini rivojlantirish vazifalari



Javoblar

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida tasvirlash texnikasining noan’anaviy vositalari va didaktik materiallar bilan ularning tasviriy faoliyatida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Rasm chizish va tasvirlash jarayonida bolalarda kuzatuvchanlik, estetik qabul qilish, estetik hissiyotlar, badiiy did, mustaqil holda yetarlicha vositalar bilan go‘zallikni yaratish malakasi rivojlanadi. Tasviriy san’at mashg‘ulotlari bolalarda atrof-muhit va san’at asarlaridagi ajoyibotlarni ko‘ra olish malakasini rivojlantiradi, o‘quvchilarda san’atga ishtiyoq uyg‘onadi. Ular asta-sekin tasviriy san’at, chizmachilik, haykaltaroshlik, amaliy-dekorativ san’at asarlarini tushuna boshlaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy san’at fanini o‘rganishi uchun avvalo, ularga tarbiyachi-pedagogning ko‘magi kerak bo‘ladi. Bolaning qo‘llarini yozishga o‘rgatishda, avvalo, chizish, tasvirlash va didaktik o‘yinli rasmlar bilan ularni maktab ta’limiga tayyorlab borish lozim. Shunday bo‘lishiga qaramay, kuzatishlarimiz natijasiga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablariga o‘qishga qabul qilingan birinchi sinf o‘quvchilari tasvirlashning o‘ziga yarasha qonun-qoidalariga rioya qilgan holda uddalashlari biroz qiyin kechadi. Chunki ular tasvirlashning boshlang‘ich qoidalarini tushunmaydilar va qo‘llari unga deyarli moslashmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham bolalarni maktabgacha yoshdan boshlab turli badiiy va tabiiy materiallar bilan tasvirlash texnikasini o‘rgatishda bosqichma-bosqich uzviylik asosida mashg‘ulotlar to‘g‘ri olib borilsa, umumiy o‘rta ta’lim maktabining birinchi sinfiga borgach, ular albatta yaxshi natijaga erishishi mumkin. Shu sabab, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun rasmlarning chizilish, bo‘yalish xarakteri va sifatini belgilaydigan kerakli materiallar(qalam, flomaster, ruchka va mo‘yqalam)ni ushlash ko‘nikmalari, rasm chizishning turli usullari, harakat ko‘nikmasi va xususiyati, rasmda turli xil shakldagi predmetlar, ularning qism mutanosibligini ko‘rsatishni ta’minlovchi malakalar rasm chizish texnikasi tushunchasiga kiritildi. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi kuzatishlardan ma’lum bo‘ldiki, bolalarni turli badiiy va tabiiy materiallar bilan tasvirlash texnikasiga o‘rgatish to‘laqonli emas, chunki tarbiyachi-pedagoglar bolalarning bu boradagi materiallar va ular bilan ishlash texnikalariga e’tibor bermaydilar. Avvalo, bolalar biror narsa yoki buyumni tasvirlashda qalamni noto‘g‘ri ushlaydilar va bosim bilan chizadilar. Mushaklarni haddan ortiq zo‘riqtirish qo‘lning tez charchashiga, tasviriy harakatlarning siqiqligiga olib keladi. Har bir o‘quvchi asbobni ushlashning ratsional usullarini to‘g‘ri egallamaydi, shuning uchun rasm chizish jarayonida qo‘l harakati ba’zan ishonchsiz va noaniq bo‘ladi. Chizayotgan bola qo‘li bilan o‘zidan tasvirni bekitadi va tabiiyki, ko‘z qarashi bilan qo‘l harakatini nazorat qila olmaydi. Bularning hammasi tasviriy topshiriqning hal qilinishiga, rasmning sifatiga salbiy ta’sir qiladi.Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarga tasviriy-texnik usullarni o‘rgatishda, avvalo, rasm chizishning boshlang‘ich alifbosidan boshlash kerak. Bu esa turli yoy, vertikal, gorizontal, to‘g‘ri va egri, to‘lqinsimon chiziq turlarini mashq qildirishdan iborat. Bu maktabgacha yoshdagi bola qo‘llarining mustaqil harakat qilishi, chizishi va yozishiga tayyorlaydi hamda qo‘lning mayda motorikalarini rivojlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri chiziq, kvadrat, aylana, doira, to‘g‘riburchak (o‘rtasi, burchak va tomonlari), ritmik izchillik va simmetriyasiga rioya qilgan holda, naqsh elementlarini chizishi, asosan, boshlang‘ich tasviriytexnik usullarni bilishiga bog‘liq.

  2. Ilk qadam - Maktabgacha ta'lim muassasasi Davlat o’quv dasturi O’zbеkiston Rеspublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan mе‘yoriy-huquqiy hujjat bo’lib, unda maktabgacha ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, o`quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy qoidalari ifodalangan, shuningdеk, bolaning ta'limning kеyingi bosqichiga o’tishidagi asosiy kompеtеntsiyalari bеlgilangan. Haqiqatan ham ta‘lim olish jarayoni yildan yilga shunchalar rivojlanib bormoqdaki, 1-sinfga borayotgan bolalar uchun yangidan yangi talablar qo’yilmoqda. Ilgari bolalar maktabga chiqib, alifboni o’rgansalar, hozirgi bolalar bog’cha davridanoq o’qish ko’nikmalarini bilishi maqsadga muvofiq etib belgilandi. Mazkur dastur bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo`rlik qilish, erkin ijodiy o’z-o’zini ko’rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni ko`zda tutadi. Shu sababli, rеjalashtirish bilan bir qatorda, bola rivojlanishini kuzatib borish pеdagog faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Pеdagog bolani va uning o’zini tutishi sabablarini yaxshiroq tushunish, bola rivojini, uning ichki dunyosini ko`rish, qo’llab-quvvatlash, rivojlanish yo’llarini bеlgilash, ehtiyoj va manfaatlarini aniqlash uchun bola hayotini sistеmatik kuzatib boradi. Pеdagogik kuzatuvlar asosida ta'lim faoliyatini rеjalashtirish ishlab chiqiladi va takomillashtirib boriladi. Bolaning individual rivojlanishini kuzatish uchun O’zbеkiston Rеspublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalar rivojlanishiga oid Davlat talablarida aks ettirilgan sohalar va soha ostilari hamda kutilayotgan natijalar olingan (malaka va ko’nikmalar).

  1. Tasviriy faoliyat bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasi dasturi va maktabda tasviriy san’at dasturi bolalarda tevarak-atrofga nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va badiiy tasvirlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar hal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning tahlil, sintez, takrorlash, aniqlashtirish kabi jihatlari shakllanadi. Shuningdek, bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysindirishga o‘rganadilar. Bolalar bog‘chasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarda, o‘quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantiradi.

Bunday malaka va ko‘nikmalarga: topshiriqni tinglash va yodda tutish, ma’lum vaqt orasida bajarish, o‘z ishini rejalashtirish va baholash, boshlangan ishni oxiriga etkazish, xato va kamchiliklarini topish va uni tuzatish, material, ish qurollari va ish joyini tartibli saqlash va boshqalar kiradi.

Pedagoglarning olib borgan tekshirishlari shuni ko‘rsatadiki, bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiyaning bunday tuzimi bolalarni maktabga tayyorlashga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, psixologlardan E.A.Labunskiy va boshqalar tomonidan maktab o‘quvchilarining tasviriy faoliyatini o‘rganish jarayonlari shuni ko‘rsatib o‘tadiki, maktabda tasviriy san’at darslarining tuzilishi, bolalar bog‘chasida olgan bilim, malaka va ko‘nikmalari asosida, ularni hisobga olgan holda tashkil etiladi.



Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san’at asarlari bilan rasmga qarab hikoya qilish, kitobdagi illustratsiyalarni ko‘rib chiqish jarayonida tanishadilar. Maktabda tasviriy san’atning turlari - rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar. Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyal mashg‘ulotlari xilma-xildir. Masalan, rasm, mazmunli dekorativ va loy applikatsiya mashg‘ulotlari. Maktabgacha ta’lim muassasalarida barcha mashg‘ulotlarga katta ahamiyat beriladi. Maktabda esa tasviriy san’at darslarida rasm (naturaga qarab) mavzu asosida va dekorativ turlari o‘tkaziladi. Bunda predmetli rasm bo‘yicha naturaga qarab rasm chizish o‘quv predmeti alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Loy applikatsiya, qurish-yasash bo‘yicha amaliy ishlar maktabda qo‘l mexnatiga kiritiladi. Boshlang‘ich sinf tasviriy san’at dasturining tahlili shuni ko‘rsatadiki, predmetli, rasm bo‘yicha o‘quv vazifalari ancha murakkab tarzda kiritilishidan tashqari, bolalar bog‘cha dasturi bo‘yicha ayrim takrorlash ishlari kiritildi. 1-sinfda bolalar doira, kvadrat, to‘rtburchak, oval kabi tuzilishga ega bo‘lgan predmetlarni aniqlashga o‘rganadilar, bog‘chada bolalar oldiga qo‘yilgan vazifa rasm chizish texnikasini egallashdir. Bunga sabab, hamma bolalar bog‘chadan maktabga kelmaydilar va shu bois bolalar bilan ishni maktabga kelguncha, tayyorlov guruhda olgan bilimlardan boshlash lozim. Mavzu asosida rasm chizish maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan mazmunli rasmning davomi sifatida o‘tkaziladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hodisa va predmetlarni kuzatib, ko‘rib chiqadilar, so‘ng xotiralariga asoslanib, ularni chizadilar. O‘quvchilar ob’ektlar o‘rtasidagi mazmunli bog‘lanishlarda uzoqdagi predmetlarni kichiklashtirib tasvirlaydilar. Dekorativ rasm bo‘yicha maktabda texnik tartibga doir vazifalar qo‘yiladi, ya’ni naqsh tuzilishi ketma-ketligida tasviri bilan birgalikda, yordamchi chiziqlardan foydalanish va o‘z ixtiyorlari bilan xalq amaliy-dekorativ san’at elementlaridan foydalanish va san’at haqida o‘tkaziladigan dars-suhbat jarayonida o‘rganadilar. Bolalarni tasviriy san’atga o‘rgatish metodlari bolalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va kichik o‘quvchilarning ish xususiyatlari o‘rtasida ancha yaqinlik bor. Shuning uchun u yoki bularni o‘rgatish metodikasi o‘rtasida ham ko‘p o‘xshashlik bor. Maktabda o‘qituvchining rasmini ba’zi bir elementini ko‘rsatish va shu jarayonida tushuntirish tarbiyachining ish usullarini ko‘rsatib berishga yaqin turadi. Maktabda ishning ketma-ketligi tartibli ko‘rinishda bo‘ladi. Agar tasvirlanayotgan predmetning tuzilishi sodda bo‘lsa, tartib tushuntirilgandan so‘ng, o‘chirib tashlanadi. Agar murakkab tuzilishga ega bo‘lgan predmet tasvirlansa, o‘qituvchining doskada ko‘rsatib berishi bilan ketma-ket tasvirlanadi. O‘qituvchi predmetning umumiy konturini qalamning uchi bilan yengilgina belgilab chiqadi hamda uning kengligini, balandligini ham ko‘rsatadi. So‘ng o‘quvchi predmetining xomaki rasmi bilan naturani solishtirib, uning qismlarini, shaklini aniqlaydi, tuzatadi. Ish jarayonida ko‘rsatish va tahlil qilish uchun rasmlar to‘plarni, bolalar kitobchalaridagi rangli rasmlar, shuningdek, o‘quv xarakteriga ega bo‘lgan alohida rasmlardan foydalanadi. Rasm bo‘yicha o‘tkaziladigan har bir dars o‘qituvchining suhbatidan va rasmni nimadan boshlash kerakligini tushuntirishdan boshlanadi. Ishning amaliy bajarilishiga o‘tishda o‘qituvchi bolalarning tartibli ravishda chizish qoida va yo‘llarni eslatib turadi. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar va kichik maktab o‘quvchilarining ishiga yoki rasmiga qo‘yilgan talablar bir-biriga juda yaqin. Bolalar ishini tahlil qilishda diqqatni predmet proportsiyasi, konstniksiyasi, qismlarining bog‘liqligi, rang va kompozitsion tuzilishiga tortish lozim. Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, bolalar bog‘chasida olib boriladigan tasviriy faoliyati mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi. Bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida katta guruhdagi kuzatishlar bo‘yicha rasm chizishga katta e’tibor beriladi, chunki bu narsa bolalarni naturaga qarab rasm chizishga tayyorlashda dastlabki bosqich hisoblanadi. Bu narsa bolalarda ko‘rish xotirasini rivojlantiradi, ba’zida predmet bolalarda natura sifatida to‘g‘ri tasvirga yordam beradi. Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyati mashg‘ulotlarida, qalamdan, mo‘yqalamdan erkin foydalanishga o‘z xarakterini va qo‘l kuchini idora etishga o‘rganadilar.

Bu malakani egallash, bolalarda qo‘lini yengil, erkin, bir tekisdagi harakat qilish xususiyatlari rivojlanadi. Bolalar turli shakldagi, kattalikdagi, turli proportsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo‘nalishni saqlash zarurligiga, harakatini, predmetning uzunligiga mos ravishda harakatlanishga o‘rganadilar. Maktabgacha ta’lim muassasasida olib boriladigan tasviriy faoliyati materialdan toza va tartibli foydalanishga o‘rganadilar, ularni toza saqlashga, faqat zarur materiallardan foydalanishga, ularni ishlatish yo‘llarini rejalashtirishga o‘rganadilar, katta ahamiyat beriladi. Bu mashg‘ulot bolalarda diqqatni, ko‘rish xotirasini rivojlantiradi. Bolalar bog‘chasining tayyorlov guruhida naturaga qarab rasm chizish yoki tasvirga nisbatan talablar oshadi va bu talablar maktab talabiga yaqinlashadi. Bolalar naturani tahlil qilishga butun umumiy shaklni qog‘ozga xomaki tushirib olishga, rasmni naturaga solishtirishga, xato va kamchiliklarini to‘g‘rilashga, naturaga o‘xshatishga urinadilar. Naturaga qarab tasvirda ishning kclma-ketligini ko‘rsatish, maktabgacha ta’lim muassasining tayyorlov va katta guruhida o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidagina amalga oshiriladi. Ko‘rsatishdan doimo foydalanish, bolalarni rasmni mcxanik ravishda ishlashga odatlantirib qo‘yadi. Bolalarning tasviriy faoliyati mashg‘ulotlari geometrik shakllarni topa yoki ko‘ra olishga, ularni terminlar bilan atashga, kengligi, kattaligi, balandligini, qismlarning bir-biriga nisbatan fazoviy joylashishi bilan tnnishishni bolalarni maktabning 1-sinfida elementar matcinatik tushunchalarini puxta egallashlariga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim muassasasida kerakli materiallardan qurish-yasash bolalarda ko‘z bilan chamalashni shakllantiradi va bolalarni maktabdagi Icxnik darslarni cgallashiga yoki o‘zlashtirishiga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim muassasasining katta guruhidagi naturaga qarab rasm chizish mashg‘ulotlarda mantiqiy fikr yuritishga, kuzatishga, asosiy ajratib ko‘rishgn predmetning fazoviy xususiyatlarini tahlil qilishga, o‘zlari mustaqil ravishda tasviriy vositalarni tanlashga o‘rganadilar. Biilarning hnmmasi esa maktabda o‘qish jarayonida zarurdir. Shunday qilib, bolalarning tasviriy faoliyati mashg‘ulotlarida maktabda o‘qishga tayyorlash axloqiy, estetik tarbiyalab, ularda badiiy va ijodiy qobiliyitlarni o‘stiradi.



  1. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari boshqa ta’lim-tarbiyaviy ish bo‘limlarining vazifalari bilan chambarchas bog‘liq. Mashg‘ulot o‘tishda tarbiyachi bolalarning boshqa faoliyatlarida olgan bilimlariga ham tayanadi. Bolalar tasvirlamoqchi bo‘lgan predmet haqida tasavvurga ega bo‘lsalar, rasm, loy, applikatsiya ishlarida samarali natijalarga erishish mumkin. Tasviriy faoliyat turlari bolalar o‘yini bilan ham bog‘liq bo‘ladi. O‘yin bola hayotida katta o‘rin egallaydi. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi turli xil - mazmunli-rolli, dramalashtirish, didaktik va harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi. Har qanday o‘yin bolaga zavq bag‘ishlaydi. Shunday ekan, tasviriy faoliyat ham o‘yin bilan bog‘lab borilsa, u bolalarga qiziqarli va yoqimli bo‘ladi va emotsional holatni uyg‘otadi, bu esa bolalar ishlarining sifatiga yaxshi ta’sir etadi. Mashg‘ulotlarda o‘yinli holatlarni tashkil etish yaxshi natijalar beradi. Bolalar bunday mashg‘ulotlarda erkin harakat qiladilar. O‘yin usuli barcha guruhlarda qo‘llaniladi. Bu usul yordamida yengil, quvnoq muhit yaratadi. Bolalarning mashg‘ulotga qiziqishi ortadi, tasviriy faoliyatida ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladi. O‘yin shaklida o‘tadigan mashg‘ulot bolalar e’tiborini qamrab oladi, ularning estetik, axloqiy jihatdan tarbiyalanishlariga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Rasm, loy, qirqib yopishtirish o‘yinchoq orqali o‘yin bilan bog‘langan bo‘ladi. O‘yinchoqni chizish, yasash, qirqib-yopishtirish barcha yosh guruh bolalarida zavq uyg‘otadi, o‘yinchoqlarni tasvirlash bo‘yicha mashg‘ulotlar yil davomida bir necha bor Lekin ularning shakli turlicha bo‘lishi zarur. Bolaning hayotida mazmunli-rolli o‘yinlar muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun tasviriy faoliyatning o‘yin bilan bog‘lanishi bolalar tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Mazmunli-rolli o‘yinlarni mashg‘ulot mazmuniga kiritish bolaning tasvirlash faoliyatga qiziqishini, bajarayotgan ishining sifatini yaxshilaydi.


Download 30,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish