2-amaliy mashq topshiriqlari
1. Tasodifiy sonlardan hosil qilingan ro’yhatning maksimal elementini ekranga chiqarish dasturini tuzing.
2. Ixtiyoriy (10-70gacha) yoshni kiriting va unga mos keluvchi ijtimoiy statusni aniqlash dasturini tuzing, ya’ni 10-18 o’quvchi; 19-35 talaba; 36-60 ishchi; 61-70 nafaqada.
3. Foydalanuvchidan 3 ta son kiritishni so'rang. Bu sonlardan uchburchak yasash mumkinligini aniqlash dasturini tuzing. (Eslatma: Uchburchakning ixtiyoriy ikkita tomoni yig’indisi uchunchi tomonidan katta bo’lishi kerak)
4. Foydalanuvchi kiritgan son musbat bo'lsa, uning ildizini hisoblovchi, aks holda, "Musbat son kiriting" degan xabarni chiqaruvhci funksiya hosil qilish dasturini tuzing.
5. Foydalanuvchidan 3 ta son kiritishni so'rang, kiritilgan sonlar nechtasi tengligini topish dasturini tuzing(masalan 10,15,10 kiritilsa 2ta son teng deb chiqarilsin, agar uchta teng son kiritilsa, hammasi teng deb chiqarilsin; agar hech biri teng bo’lmasa, kiritilgan sonlar teng emas degan javob chiqarilsin)
6. Foydalanuvchidan 3 ta son kiritishni so'rang, kiritilgan sonlarning minimali va maksimalini topish funksiyasini tuzing
7. Foydalanuvchidan 1-1000 diapazonda son kiritishni so'rang, kiritgan soningiz raqamlar yig’indisi hisoblang. Raqamlar yig’indisi 3 ga bo’linishini tekshirish dasturini tuzing.
8. 0 dan 1 gacha bolgan tasodifiy N ta son hosil qiling va ularning o’rt arifmetigini ekranga chop qilish dasturini tuzing.
9. Foydalanuvchidan tug’ilgan yili yoki yoshini kiritishni so’rash dasturini tuzing va agar tug’ilgan yili kiritilsa, yoshi chiqarilsin, agar Yoshi kiritilsa, tug’ilgan yili chiqarilsin.
10. -30 dan 70 gacha bolgan oraliqda tasodifiy K ta sonlarni ekranga chiqarish dasturini tuzing va ularning nechtasi manfiy, nechtasi musbat son ekanligini ekranga chiqaring.
11. Elementlari soni 10tadan kam bo’lmagan ro’yhat hosil qiling va toq o’rinda turgan elementlar yig’indisini hisoblash dasturini tuzing.
12. 15 ta elementdan iborat ro’yhat tuzing va uning 3ga karrali elementlarini o’chirish dasturini tuzing.
13. 2 ta bir hil tipdagi ro’yhat hosil qiling. Ularning minimal va maksimal elementlaridan yangi 3-ro’yhatni tashkil qilish dasturini tuziing.
14. Hayvonot bog’iga kirish 10 yoshgacha 5000 so’m, 17 yoshgacha 10000 so’m, 18 yoshdan yuqorilarga 15000 so’m etib belgilandi. Yo’ldoshlaringiz yoshlariga asoslanib, qancha to’lov amalga oshirilishi kerakligini aniqlash dasturini tuzing.
15. 100-200 oraliqda hosil qilingan tasodifiy 10 ta sonning manfiylaridan alohida ro’yhat va juftlaridan alohida ro’yhat tashkil qilish dasturini tuzing.
16. Viloyatlar ro'yxatini tuzing va ro'yxatni teskari tartibda saralash funksiyasini tuzing.
17. Kiritilgan familiyaga ko’ra, jinsini aniqlash dasturini tuzing.
18. Talabalar ism, familiyalaridan iborat ro’yhat hosil qiling va har bir elementda nechinchi o’rinlarda ‘a’ harfi turganligini aniqlash dasturini tuzing.
19. 100 dan 999 gacha bo'lgan sonlarni K ga karralilaridan ro'yxat hosil qilish dasturini tuzing.
20. Ro'yxatning butun yoki kasrli sonlari sonini aniqlash funsiyasini tuzing.
21. Ro'yxatning maksimal va minimal elementlari o’rnini aniqlash va ularni o’rin almashtirish dasturini tuzing.
22. Belgilardan iborat ro’yhat hosil qiling. Klaviaturadan kiritilgan belgi ro’yhatda nechi marta ishtirok etishini aniqlash va ularni o’chirish dasturini tuzing.
23. Fanlar nomli ro'yxat yarating va unga kiritilgan fanlarni kiriting. Ro’yhat elementlarini teskari tartibda ekranga chiqaring va uzunligi maksimal elementni o’chirish dasturini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |