2 amaliy mashg‘ulot



Download 44,38 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi44,38 Kb.
#352371
Bog'liq
2 5213226330312675865

2 - AMALIY MASHG‘ULOT.


ELEKTR ZANJIRINING BIR QISMI UCHUN OM QONUNI. BUTUN ZANJIR UCHUN OM QONUNI. ODDIY ELEKTR ZANJIRLARNI HISOBLASH

Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga elektr zanjirining bir qismi uchun Om konuni va unga oid ma’lumotlarni berish, hamda bilim va ko‘nikmalarni masalalar yordamida shakllantirishdan iborat.

Mashg‘ulotning rejasi: 1. Nazariy qism.

2. Amaliy mashg‘ulotga doir namunaviy masalalar echish.

3. Amaliy mashg‘ulotni bajarishga oid mustaqil variantlar.

4. Nazorat savollari.



Tayanch so‘zlar va iboralar: o‘tkazgich, elektr zanjiri, tok kuchi, kuchlanish, qarshilik.

1. Nazariy qism.

G eorg Simon Om. Nemis fizigi - Georg Simon Om 16-mart 1787 yil Bavariya qirolligida tug‘ilgan. Uning otasi - Iogann Volfgang Om chilangar edi.

Georg Simon Om Bavariya Fanlar akademiyasining a’zosi bo‘lgan (1845), A.N.Berlinskoy jurnalistlar a’zosi, London qirollik jamiyatining hurmatli xalqaro a’zosi (1842). U Kopli ordeni bilan taqdirlangan.



Om qonuni - elektr zanjiri, tok kuchi va elektr zanjiri orasidagi o‘zaro bog‘liqlik, kuchlanish va qarshilik kabi bog‘lanishlardan iboratdir. Kristall optikasi va akustiklar ustida ilmiy ishlar olib borilgan, hamda buning nomini elektrotexnikada elektr qarshiligi deb atalib, o‘lchov birligi olim nomi bilan Om deb yuritilgan.

Taniqli olim va kashfiyotchi - Georg Simon Om 1854 yil vafot etdi.



Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. Zanjirdan o‘tayotgan tok-ning kuchi uning uchlaridagi kuchlanishga to‘g‘ri, qarshiligiga teskari proporsionaldir, ya’ni:

; ;

bunda, - o‘tkazgich uchidagi potensiallar ayirmasi yoki kuchlanish, (V); R – o‘tkazgichning qarshiligi, (Om).



2. Amaliy mashg‘ulotga doir namunaviy masalalar echish.

3.1-masala. Ko‘ndalang kesim yuzasi S=150 mm2 bo‘lgan alyuminiy simdan tortilgan o‘zgarmas elektr uzatish liniyasining uzunligi l=120 km. Agar o‘zatilayotgan tokning kuchi I=160 A bo‘lsa, liniyaning kuchlanish tushuvi nimaga teng bo‘ladi? Sim materialining solishtirma qarshiligi .

Echish: Liniyadagi kuchlanish tushuvi Om qonuniga binoan bo‘lib, bunda o‘tkazgichning qarshiligi bo‘lganligi uchun:



(V)

3.2-masala. Xonada 220 V kuchlanishli elektr zanjiriga uzgich yordamida bitta cho‘g‘lanma lampochka ulangan. Uzgich qo‘shilganda zanjir-dagi tok I=0,91 A bo‘ladi. Bu lampochkaning qarshiligi va quvvatini hisoblang.

Echish: Zanjirning bir qismi uchun Om qonuniga ko‘ra tok ga teng, bundan ni topish mumkin. Qarshilikni topish formulasiga ko‘ra:



(Om)

Lampochkaning quvvati esa:



R=UI=220·0,91=200,2 Vt ≈ 200 Vt

Lampochkani zanjirga ulanish sxemasini o‘zingiz chizing va parametrlarini yozing.



3. Amaliy mashg‘ulotni bajarishga oid mustaqil variantlar.

3.3-masala. Ko‘ndalang kesim yuzasi S=120 mm2 bo‘lgan alyuminiy simdan tortilgan o‘zgarmas elektr uzatish liniyasining uzunligi l=120 km. Agar o‘zatilayotgan tokning kuchi I=160 A bo‘lsa, liniyaning kuchlanish tushuvi nimaga teng bo‘ladi? Sim materialining solishtirma qarshiligi .

3.4-masala. Xonada 220 V kuchlanishli elektr zanjiriga uzgich yordamida bitta cho‘g‘lanma lampochka ulangan. Uzgich qo‘shilganda zanjir-dagi tok I=0,61 A bo‘ladi. Bu lampochkaning qarshiligi va quvvatini hisoblang.

3.5-masala. Ko‘ndalang kesim yuzasi S=75 mm2 bo‘lgan alyuminiy simdan tortilgan o‘zgarmas elektr uzatish liniyasining uzunligi l=120 km. Agar o‘zatilayotgan tokning kuchi I=160 A bo‘lsa, liniyaning kuchlanish tushuvi nimaga teng bo‘ladi? Sim materialining solishtirma qarshiligi .

3.6-masala. Xonada 220 V kuchlanishli elektr zanjiriga uzgich yordamida bitta cho‘g‘lanma lampochka ulangan. Uzgich qo‘shilganda zanjir-dagi tok I=0,71 A bo‘ladi. Bu lampochkaning qarshiligi va quvvatini hisoblang.

3.7-masala. Ko‘ndalang kesim yuzasi S=50 mm2 bo‘lgan alyuminiy simdan tortilgan o‘zgarmas elektr uzatish liniyasining uzunligi l=120 km. Agar o‘zatilayotgan tokning kuchi I=160 A bo‘lsa, liniyaning kuchlanish tushuvi nimaga teng bo‘ladi? Sim materialining solishtirma qarshiligi .

3.8-masala. Xonada 220 V kuchlanishli elektr zanjiriga uzgich yordamida bitta cho‘g‘lanma lampochka ulangan. Uzgich qo‘shilganda zanjir-dagi tok I=0,81 A bo‘ladi. Bu lampochkaning qarshiligi va quvvatini hisoblang.

3.9-masala. Ko‘ndalang kesim yuzasi S=25 mm2 bo‘lgan alyuminiy simdan tortilgan o‘zgarmas elektr uzatish liniyasining uzunligi l=120 km. Agar o‘zatilayotgan tokning kuchi I=160 A bo‘lsa, liniyaning kuchlanish tushuvi nimaga teng bo‘ladi? Sim materialining solishtirma qarshiligi .

3.10-masala. Xonada 220 V kuchlanishli elektr zanjiriga uzgich yordamida bitta cho‘g‘lanma lampochka ulangan. Uzgich qo‘shilganda zanjir-dagi tok I=0,9 A bo‘ladi. Bu lampochkaning qarshiligi va quvvatini hisoblang.
Download 44,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish