2-amaliy mashg`ulot:
Mavzu: Kompyuterni tashkil etishda xalqaro standartlar. Bir yoki bir nechta komponentlararo ulanish standartlarida mavjud bo'lgan ma'lumot turlari.
Nazariy ma`lumotlar:
Kompyuterni tashkil etishda xalqaro standartlar.
Kompyuter tizimlarini o`zaro ulanish interfeyslari.
Ma`lumotlarni uzatish standartlari.
Amaliy qism:
Amaliy topshiriqlar:
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
Kompyuterni tashkil etishda xalqaro standartlar.
Kompyuter texnikasi va texnologiyalarining rivojlanishi davomida, keng va ko‘p vaqtlar davomida qo‘llanib kelingan, hamda hozirda ham keng qo‘llanilib kelayotgan shinalar sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: Omnibus (PDP-8), Unibus (PDP-11), Multibus (8086), IBM PC (PC/XT), ISA (PC/AT), EISA (80386), MicroChannel (PC/2), PCI (turli xildagi shaxsiy kompyuterlarda), SCSI (turli xildagi shaxsiy kompyuterlarda va ishchi stansiyalarda), Nubus (Macintosh), Universal Serial Bus (zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda), Fire Wire (maishiy elektronika qurilmalarida), VME (fizika xonalaridagi qurilmalarda) va Samas (yuqori energiyalar fizikasi qurilmalarida). Ushbu o‘quv qo‘llanmada ISA, PCI, PCI Express va USB shinalariga oid ma’lumotlar keltirilgan. Avval ta’kidlaganimizdek, zamonaviy kompyuterlarda ma’lumotlarni parallel va ketma-ket tarzda uzatuvchi shinalardan foydalanilmoqda [1,2].
Ma’lumotlarni parallel tarzda uzatuvchi shinalar:
- boshqarish signallari uchun mo‘ljallangan liniyalar (chiziqlar);
- adreslar uchun mo‘ljallangan liniyalar;
- ma’lumotlar uchun mo‘ljallangan liniyalardan iborat bo‘ladi.
Ushbu jarayon sinxron va asinxron tarzda amalga oshirilishi mumkin, ya’ni kompyuter shinalarining sinxron va asinxron xillari mavjud. 2.2 va 2.3-rasmlarda sinxron va asinxron shinalar orqali ma’lumotlarni o‘qish jarayonining vaqt diagramalari keltirilgan.
2.1-rasm. Pentium 4 protsessori asosida qurilgan kompyuter parallel
shinasining tarkibiga kirgan liniyalar.
Sinxron shinada bu jarayon kvarsli generator hosil qilgan taktli impulslar yordamida boshqariladi. Generator hosil qilayotgan impulslarning chastotalari 5 MGs dan, 100 MGs gacha bo‘lishi mumkin. Asinxron shinalarda taktlar impulslari generatori ishlatilmaydi.
ISA shinasi IBM PC/AT kompyuterlarida qo‘llanilgan, u 8,33 MGs chastotada ishlaydi. Shina orqali bitta sikl davomida ikki bayt uzatiladi, bu esa uning maksimal tezligi 16,7 Mbayt/sek ga teng degani bo‘ladi.
EISA shina ham 8,33 MGs chastotada ishlaydi va u orqali bitta sikl davomida to‘rt bayt uzatiladi. Demak uning tezligi 33,3 Mbayt/sek ni tashkil qiladi.
2.2-rasm. Sinxron shinadagi o‘qish jarayoning vaqt diagrammasi.
ISA va EISA shinalari asosan matnli axborotni ishlash uchun mo‘ljallangan, avvalgi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan edi. Keyinchalik, kompyuterlarda Windows operatsion tizimlari ishlatila boshlagandan so‘ng, grafik va rangli video axborotlarni ishlash uchun ISA va EISA shinalarining tezliklari etarli bo‘lmay qoldi.
Dastlabki PCI shinasi 33 MGs chastota bilan ishlab, har bir sikl davomida 32 bitdan ma’lumot uzata olgan, ya’ni uning umumiy o‘tkazish qobiliyati 4 bayt x 33 = 133 Mbayt/sek bo‘lgan. 1993 yili PCI 2.0, 1995 yili PCI 2.1, PCI 2.2 shinalarini ishlab chiqdi. PCI 2.2 shinasi bitta sikl davomida 64 bit uzunlikka ega bo‘lgan ma’lumotni 66 Mgs chastota bilan uzata olish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ya’ni uning tezligi 8x66 = 528 Mbayt/sek ga etkazilgan edi. PCI va ISA shinalari birgalikda qo‘llanilgan Pentium rusumidagi dastlabki kompyuterning arxitekturasi keltirilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |