Muzey turlari.
Respublikamiz hududida uch turdagi muzeylar mavjud bo`lib,
birinchi turdagi muzeylarga ilmiy-tatqiqot va madaniy-ma’rifiy ishlarini olib boradigan muzeylar kiradi. Ular bir vaqtning o`zida ilmiy-tatqiqot va madaniy-ma’rifiy hamda ta’lim–tarbiyaviy ishlarini olib boradi.
Ikkinchi turdagi muzeylarga faqat bir soha bo`yicha ilmiy–tatqiqot ishlari olib boradigan, muzey labaratoriyalariga ega bo`lgan maxsus muzeylar (masalan, O`zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi bakteriologiya va mineralogiya muzeyi) kiradi va nihoyat,
Uchinchi turdagi muzeylarga faqat o`quv turidagi muzeylar kiradi. Bu muzeylarningning asosiy maqsadi o`quv jarayonini yaxshilashdan iborat. Muzey turlari ko`p jihatdan unda saqlanayotgan kolleksiya fondlarining tavsiflariga va ular faoliyatining yo`nalishiga bog`liqdir.
Shuningdek, turli fan sohalariga bo`lingan muzeylar ham bor. Bu muzeylar orasida ko`proq ma’lum bo`lganlari yoki faqat o`sha soha mutaxassisligagina ravshan bo`lgan ma’lum tarmoqni aks ettiruvchi muzeylar ham mavjud. Masalan, Toshkentdagi O`zbekiston tarixi Davlat muzeyini, Tasviriy san’at muzeyini, Alisher Navoiy nomli Adabiyot muzeyini, Turkiston Harbiy Okrugi muzeyini, Tabiatshunoslik muzeylarini ko`pchilik omma yaxshi biladi, ammo arxeologiya, etnografiya, harbiy-tarixiy, memorial, regional, san’atshunoslik, texnik yo`nalishdagi muzeylarni ko`proq o`sha soha mutaxassislarigina biladilar. Bulardan tashqari yana Toshkentda murakkab va kompleks sohali muzeylar ham mavjud.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, muzey materiallari o`lkamizdagi qadimgi zamonlardan buyon yaratilgan eng noyob yodgorliklar va keyingi davrlarda qo`lga kiritilgan turli sohalardagi yutuqlar, muvaffaqiyat natijalarini namoyish qilish bilan keng mehnatkash ommani, shu jumladan o`quvchi va talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga xizmat qiladi.
Rivoj topgan muzeylar tarix va madaniyat yodgorliklarini targ`ib qiladigan muhim maskanlarga, oqil va fozil kishilar asarlarining, eng nodir qo`lyozmalarining, xalq ustalari yasagan buyumlarning xazinalariga aylanadi. Hozir Respublikada 30 dan ortiq davlat va 150 dan ortiq xalq muzeylari bor. Ularning fondida O`zbekiston xalq ustalarining nodir asarlari alohida o`rin egallab turibdi. Samarqand, Buxoro, Xivadagi ulug`vor me’morchilik yodgorliklari, O`zbekistonning hozirgi zamon me’morchiligi, muzeylarimizning boy fondi fuqarolarimiz uchunggina emas, ko`plab sayyohlik yoxud boshqa sabablar bilan o`lkamizga tashrif buyurayotgan chet ellardagi kishilar uchun ham katta jozibador kuch bo`lib qoldi. Keyingi yillarning o`zida O`zbekistonni 500 mingdan ziyod ajnabiy va 800 mingdan ortiq turistlar kelib ko`rdilar. Shu vaqt ichida davlat muzeylarining o`zini 19 millionga yaqin kishi kelib tomosha qildi (1996 yil.). Yodgorliklar mafkura ishining ta’sirchan vositasidir. Bu yodgorliklar hamisha safda, ko`z o`ngimizda, ularni istagan vaqtda borib ko`rish mumkin. Binobarin, har bir yodgorlik to`g`risida g`amxo`rlik qilish, unga e’tibor berilishi yaxshi holatda saqlanishi va o`rganilishi lozim. Bu ishga ko`proq maktablarda o`lkashunoslik ishi olib boruvchi raxbar tarix, geografiya va inson va jamiyat fanlari o`qituvchilari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |