7.3-rasm. Neftni termokimyoviy suvsizlantirish prinsipial sxemasi.
1-nasos; 2-isitib bergich; 3-aralashtirgich; 4-tindirgich; I va II-xom ashyo va suvsizlantirilgan neft; III-suv; IV-deemulgator.
suv tomchilari atrofiga adsorbirlangan emulgatorlarning solvat qobiqchalariga:
- solvat qobiqchaning deemulgatorlarini adsorbsion sitib chiqarish (¢rin olish) xisobiga;
- emulgator komponentlari bilan kimyoviy ¢zaro tasirlashuv va solvat qatlamning parchalanishi xisobiga;
- qarama-qarshi tipdagi emulsiya xosil b¢lishi, ya’ni fazalar inversiyasi xisobiga tasir k¢rsatadi.
Natijada suv tomchisi atrofidagi emulgiyalovchi moddalardan tuzilgan yupqa parda parchalanadi, uning mustaxkamligi va ximoya xossalari keskin pasayadi, bu esa suv tomchisi koalessensiyasiga yordam beradi.
Termokimyoviy usul toza xolda odatda quruq oldida (PV2 ni ajratishda, 7.1. rasmga qarang) katta b¢lmagan chuqurlikda tuzsizlanish bilan neftni suvsizlantirish usuli sifatida q¢llaniladi.
Ushbu usulda asosiy tasirni deemulgator taminlagani uchun, unga q¢yiladigan asosiy talablarni xamda uning xarakteristikasini qisqa k¢rib chiqish lozim.
Deemulgatorlar – quyidagi talablarni qoniqtiruvchi kimyoыiy moddalardir:
- neftning asosiy moddasi bilan ¢zaro tasirlashmasligi va uning tarkibini ¢zlashtirmasligi lozim;
- apparaturani korroziyaga uchratmasligi;
- kam sarflarda yuqori deemulgirlovchi faollikni taminlashi;
- neftdan ajratib olingan oqava suvdan engil ajratib olinishi;
- insonlar uchun zaxarsiz b¢lishi;
- nisbatan arzon b¢lishi va kamyob b¢lmasligi lozim.
YUqorida ta’kidlanganidek, emulgatorlarning tarkibi neftning kimyoviy tarkibi bilan xam, plast suviniki bilan xam boђlangan. Mos ravishda neftning emulsiyalik guruxiga boђliq xolda deemulgatorni tanlash va uning sarfi faqat tajribada va xar bir neft uchun yakka tartibda aniqlanadi.
Deemulgatorlarning ikki tipii mavjud-noelektrolit va kolloid tipli.
Noelektrolit deemulgatorlarga neft emulgatorlarini erituvchi vash u bilan birga uning qovushqoqligini pasaytiruvchi organik moddalar (benzol, spirtlar, benzin fraksiyalari, kerosin) kiradi. Bu esa suv tomchilarini tezda koalessensiyasini va ularni ch¢kishini osonlashtiradi. Ularni asosan laboratoriya va izlanish amaliyotida q¢llaydilar.
Neftni suvsizlantirish sanoat texnologiyasida noelektrolitlar ular sarfining kattaligi va yuqori qiymatlari, xamda suv ch¢ktirilgach ularni neftdan ajratib olishning murakkabligi bois q¢llanilmaydi. SHuning uchun sanoatda eng katta q¢llanilishga kolloid tipli sirt-faol moddalar (SAM) egadir. Ular uch k¢rinishda: anianoaktiv, kationoaktiv va noionogen b¢ladi.
Anionoaktiv deemulgatorlar (sulfanol, sulfoefir-lar, karbon kislotalar) suv mavjudligida uglevodorod qismining salbiy zaryadlangan ionlari va metalla ryoki vodorodning musbat ionlariga dissotsiyalaydilar.
Kotionoaktiv deemulgatorlar suv mavjudligida musbat zaryadlangan radikal va manfiy zaryadlangan kislota qoldiђiga parchalanadilar. Deemulgatorlar sifatida onda-sonda q¢llaniladi.
Noionogen deemulgatorlar suvli muxitlarda ionlar xosil qilmaydilar. Ular neftlarni suvsizlantirish texnologiyasida eng keng q¢llanilishga egadir. Suvda eruvchanligi b¢yicha ularni shartli ravishda suvda eruvchi, suv-neftda eruvchi va neftda eruvchilarga ajratish mumkin.
Suvda eruvchilarga oksietillangan suyuq organik kislotalar (OJK), alkilfenollar (OP-10 va OP-30), xamda organik spirtlar (neonol, sintanol, oksanol). Neftni deemulsatsiyasi jarayonida ushbu deemulgatorlarning 75-85%i drenaj suviga ¢tib ketadi.
Suv-neftda eruvchi noionogen deemulgatorlarga etilen va propilenoksidlarning blok-sopolimerlari (dissolvan 4411, proksanol 186 va 305 lar, proksamin 385, separol WF – 25 va boshqalar) kiritilgan. Ular emulsiyaning parchalanish jarayonida 30-60% gacha drenaj suviga ¢tib ketadilar, boshqa qismi esa neftda qoladi.
Neftda eruvchi deemulgator neftda chin va kolloid eritmalar xosil qiladilar va suvda deyarli erimaydilar. Ular drenaj suviga 10-15% ¢tib ketadi. Ushbu deemulgatorlarga diproksamin 157, oksafor 1107 va 43 lar, proxinor 2258 va boshqalar kiradi. Ushbu deemulgatorlarning xarakteristikalari 7.2.-jadvalda keltirilgan.
4-Jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |