2-amaliy mashg‘ulot. Metrologiya va standartlashtirish bo`yicha xalqaro tashkilotlar



Download 45,93 Kb.
bet3/5
Sana21.06.2022
Hajmi45,93 Kb.
#689977
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-amaliy mashg`ulot

IEC tashkiloti
Elektrotexnika sohasida xalqaro hamkorlik bo’yicha ishlar 1881 – yilda boshlangan. Bunda Elektr bo’yicha birinchi xalqaro kongress tuzildi. 1904 – yilda Sent-Luisda (AQSh) hukumat vakillarining Elektr bo’yicha xalqaro kongressi majlisida elektr mashinalar atamalarini va parametrlarini standartlashtirish masalalari bilan shug’ullanuvchi maxsus idora tuzish zarurligi to’g’risida qaror qabul qilindi.
Bunday idora – Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC) rasmiy ravishda 1906 – yilda Londonda 13 mamlakat vakillarining konferentsiyasida tuzildi.
1946 – yilda ISO tuzildi va unga IEC o’zining moliyaviy va tashkiliy masalalarda mustaqilligini saqlagan holda alohida huquqlar bilan qo’shildi.
Bu tashkilotlarning sekretariatlari hududiy jihatdan bir binoda Jenevada joylashgan.
ISO va IEC ning faoliyat sohalari aniq chegaralangan – IEC elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, priborsozlik sohasida, ISO esa qolgan barcha sohalarda standartlashtirish bilan shug’ullanadi.
Mamlakatlar o’zlarining milliy qo’mitalari bilan IEC da qatnashadi. Milliy qo’mitalar sanoatning barcha sohalari manfaatlarini ifodalaydi. Ko’pchilik mamlakatlarda bunday milliy tashkilotlar qatnashadi. Bu bilan bir qatorda ba’zi mamlakatlarning IEC da qatnashuvchi milliy qo’mitalar standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlardan mustaqil ravishda faoliyat yuritadi (masalan, bunday mamlakatlarga Frantsiya, GFR, Italiya, Belgiya va b. kiradi).
Xozirgi vaqtda 41 milliy qo’mita IEC a’zosidir. Bu mamlakatlarda jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 95 % ni iste’mol qiluvchi er sharining 80 % aholisi yashaydi. Bular asosan sanoati rivojlangan mamlakatlar. Shuningdek sanoat tarmoqlariga ega bo’lgan rivojlanib kelayotgan qator mamlakatlardan iborat. IEC ning rasmiy tili – inglizcha, frantsuzcha va ruscha.
IEC ning asosiy vazifasi yuqorida nomi kelitirilgan sohalarda Xalqaro standartlarni yaratishdan iborat.
IEC ning oliy rahbar idorasi Kengash bo’lib, bunda mamlakatlarning barcha milliy qo’mitalari qatnashadi. Saylanuvchi lavozimli shaxslarga prezident uch yillik muhlatga saylanadi, vitseprezident, haznachi va bosh sekretar kiradi.
IEC texnik idoralarining tuzilmasi ISO dagi kabi: texnik qo’mitalar (TQ), kichik qo’mitalar (KQ) va ishchi guruhlar (IG) dan iborat. Umuman, IEC da 80 dan ortiq TQ bor bo’lib, bularning bir qismi xalqaro umumtexnik va tarmoqlararo xarakterdagi standartlarni (masalan, atamalar bo’yicha, grafik tasvirlar, standart kuchlanishlar va chastotalar, iqlim sinovlari va b.), boshqa qismi esa, mahsulotning muayyan turlari uchun (tarnsformatorlar, elektron texnika buyumlari, maishiy radioelektron apparatlari va b.) standartlarni ishlab chiqadi.
IEC standartlarini yaratish protsedurasi uning Ustavi, Protsedura qoidalari va texnik ishlar bo’yicha Umumiy direktivalar tomonidan belgilanadi. Har 1-1,5 yilda TQ (KQ) majlislarda o’z ishlarining dasturlarini tuzadi (yoki to’g’rilaydi). Har yili IEC dasturiga 500 gacha va bundan ham ortiq yangi, xalqaro standartlarni yaratishni ko’zda tutuvchi mavzular kiritiladi. ISOG’IEC ishlab chiqqan va 1990 yil 1 fevraldan amalga kiritilgan Direktivalarga muvofiq amaldagi standartni qayta ko’rib chiqish yangi mavzuni ishlab chiqish kabi qaraladi.
ISO kabi, 1972 yilda IEC o’z tavsiyanomalarini xalqaro standartlar deb nomladi.


IEC ning tashkiliy tuzilmas 2.1-rasmda keltirilgan bo’lib, IEC yuqori rahbariy idorasi Kengash hisoblanadi. Asosiy muvofiqlashtiriuvchi idorasi faoliyat Qo’mitalari bo’lib hisoblanib, unga quyidagi yo’nalishlar va maslahat guruhlari bo’ysunadi (2-ilova):



  • ACOS maslahat qo’mitasi – elektr xo’jalik asboblari, radioelektron apparatlar, yuqori kuchlanishli qurilmalar va boshqalarning elektr xavfsizligi masalalari bo’yicha maslahat qo’mitasi;

  • ASET maslahat qo’mitasi – elektr xavfsizligi masalalari bilan shug’ullanuvchi ACOS singari elektronika va aloqa masalalari bo’yicha maslahat qo’mitasi;

  • Muvofiqlashgan guruh EMMMG – elektromagnit moslashuvchanlik bo’yicha muvofiqlashtiruvchi guruh;

  • Muvofiqlashgan guruh ATMG – axbarot texnikalari bo’yicha muvofiqlashtiruvchi guruh;

  • O’lchamlarni muvofiqlashtirish bo’yicha ishchi guruh.

Hozirgi vaqtda 2 mingdan ortiq xalqaro IEC standartlari yaratilgan, bunda IEC standartlari o’zlarida mahsulotga va mahsulotni sinov uslubiyatlariga texnik talablarning mavjudligi nuqtai nazardan ISO standartlariga nisbatan ancha to’liq tuzilgan bo’ladi. Buni, bir tomondan, IEC ning faoliyat sohasiga kirgan mhsulotga talablarda xavfsizlikka oid talablar asosiy hisoblanishi bilan tushuntirish mumkin, boshqa tomondan esa, ko’p o’n yilliklar davomida to’plangan ish tajribasi standartlashtirish masalalarini ancha to’liq hal qilishga imkon beradi.

Download 45,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish