Meni kutgil va men qaytarmen (K.Simonov) Bas, yetar, cholg'uvchi, bas qil sozingni,
Bas, yetar ko'ksimga urmagil xanjar (A.Oripov).
2. Maqsad ma'nosini anglatuvchi -gani shaklining -gali, -g'ali, -kali, -qali shakllari:
Ko'rgali keldingmu yor, Kuydirgali keldingmu yor (qo'shiq).
3. Hozirgi-kelasi zamon sifatdosh shaklini yasovchi -ur shakli:
Yulduzlar o'tiga bardosh berurman Fazolar taftiga qilurman toqat (A.Oripov)
4.-mu shakli:
Sevgini tortib bo'lurmu Tosh-u tarozi bilan (E.Vohidov) Qora qoshing oy yuzingda hilol emasmu (P.Mo'min)
5. Navoiy, Fidoiy, Atoiy kabi so'zlar arab tilining qoidasini o'zlashtirish asosida orfografiyamizga kirib kelgan.
Differensial tamoyil
Talaffuzda bir-biridan aniq farqlanmaydigan yoki o'zaro farqlari deyarli sezilmaydigan darajaga kelib qolgan so'zlar yozuvda maxsus qoida bilan ajratilib yozilishi differensiyalash (farqlash) tamoyili deyiladi.
Bu tamoyil kam qo'llanadi. Ayrim misollar:
1. O'zaro yaqin, shakldosh so'zlar yozuvda tutuq belgisi yordamida farqlab qo'llanadi: da'vo – davo, na'sha – nasha, she'r – sher, sur'at – surat, ta'qib – taqib kabi.
2. Ba'zi shakldosh so'zlar talaffuzda urg'u yordamida farqlanadi. Imloda bunday so'zlarga urg'u belgisi qo'yiladi: atlas (karta) – atlas (mato), banda (shayka) – banda (qul), aralashma (qorishma) – aralashma (qo'shilmaslik).
3. -li va -lik qo'shimchalari yozuvda 1956 yilgacha farqlanmay qo'llanilar edi. 1956 yildan boshlab adabiy orfografiyamizda ularni farqlab qo'llashga o'tildi. Tegishlilik ma'nosini ifodalashda -lik affiksi: shaharlik, qishloqlik, toshkentlik; ega ekanlik ma'nosida esa -li affiksi qo'llana boshlandi: otli, to'nli. Buning natijasida imloda bir xillikka erishildi. Qat'iy nazar, mazkur affikslarni farqsiz qo'llash holatlari hali ham uchrab turadi. Qiyoslang: chelakli kishi – chelaklik kishi va b.
4. -lik affiksi bilan ham so'zlar farqlanadi: bog'liq – aloqador, bog'liq – mol yoki pichanni bog'laydigan narsa; bo'shlik – yuvosh, bo'shlik – fazo kabi.
Etimologik yoki grafik tamoyil
O'zlashgan so'zlarning qadimgi etimologik yoki grafik holatini saqlab qolish asosida yozish imloda etimologik yoki grafik tamoyil deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, yozuvda o'zlashma so'zning etimologiyasi saqlanadi. Masalan, Navoiy, Lutfiy, Moniy, mutolaa, mushoira, muammo kabi so'zlar ham shu tamoyil asosida yozilgan. Rus tili va u orqali o'zlashgan rol, sentner, tender, kompyuter, bank, senator, aksiya kabi so'zlar etimolo-gik-grafik tamoyil asosida yozilmoqda. Shunisi xarakterliki, o'zbek tili talaffuzi uchun qiyin bo'lgan ba'zi ruscha-internatsional so'zlar hozirgi orfografik qoidalarga ko'ra, istisno tarzda, tilimizning talaffuz xususiyat-lariga moslab yoziladi va talaffuz qilinadi: kiosk – kioska, propusk – propuska, otpusk – otpuska, bank – banka kabi.
Ayni vaqtda orfografiya tamoyillari o'rtasida uzviy aloqa ham mavjud. Oilaviy, Navoiy kabi so'zlarning oxiridagi -viy, -iy qo'shimchalari tarixiy-an'anaviy tamoyilga ham, etimologik-grafik tamoyilga ham mos keladi.
Jo'nalish kelishigi shakli -ga, -ka, -qa yozilishida fonetik va morfologik tamoyillar mos keladi
Orfografik belgilar--to‘g‘ri yozish normalarini ta’minlashda qo‘llanadigan maxsus noharfiy grafik vositalar. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvida bunday belgilarning bir turi (defis) mavjud: defis juft va takroriy so‘zlar orasiga qo‘yiladigan gorizontal (tiredan qisqaroq) chiziqchadir. Masalan, erta-kech, katta-kichik, qop-qop, ko‘p-ko‘p kabi.
Izoh:5-sinf, 9-modda, 24-maktab kabi birikmalarda defis morfogramma (morfografema) vazifasida qo‘llanadi, chunki u bunday holatlarda tartib son tarkibidagi "-inchi" ("-nchi") morfemasini (ma’noli qismni) ifodalaydi.
Diakritik belgilar – harfga qo‘shimcha ravishda biriktirilib boshqacha tovushni ko‘rsatuvchi harf hosil qilishda qatnashadigan belgilar (125,35-b.). Mas.,o‘,g‘ harflarining o‘ng tomoniga (teparoqqa) qo‘yilgan teskari vergul tarzidagl shakl yoki a’, e’, o‘ harflridagi tutuq (‘) belgisi diakritik belgilar sanaladi
Adabiyot:
Abdurahmonova M., Fattaxova D., Xalmuxammedova U., Inogamova N., Egamberdiyeva N. O`zbek tili (o`quv qo`llanma). – Toshkent: Mumtoz so`z, 2018
2.Muhiddinova X., Salisheva Z., Po`latova X. O`zbek tili (oliy ta‟lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik). – Toshkent: O`qituvchi, 2012. – 288 b.
3. Qo`ng`urov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat. Darslik. – T.: “Barkamol fayz media”, 1992. – 424 bet
4. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish (amaliy qo`llanma). – Toshkent: O`zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.– 456
5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-5850 – son qarori.
6. УЗБЕК ТИЛИДА ИКТИСОДИЁТГА ОИД АТАМАЛАРНИ КУЛЛАНИЛИШИ .М.С.Косимова и.ф.д., профессор, Ш. Джабарова и.ф.н., доцент,М.М.Зияеваи.ф. н.доцент
Do'stlaringiz bilan baham: |